Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.06.2017 y. 393-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 20 iyundagi

393-son qaroriga

3-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalari talabalari

qishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan

chetlashtirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Ta’lim toʻrisida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy ta’lim sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

2-1. Xorijiy fuqarolarning oʻqishini хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga koʻchirish (tiklash) suhbat asosida amalga oshiriladi. Ularning toʻlov-kontrakt mablalari miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalarning saytlarida alohida ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi.

Ma’lumotlar bazasi mazkur Nizom, hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati va ularga topshiriladigan hujjatlar namunalari, хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun sinovlarni oʻtkazish muddatlari, manzili aks ettirilgan jadvaldan tashkil topadi.


2-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI

QIShINI KOʻChIRISh VA QAYTA TIKLAShNING

UMUMIY QOIDALARI


4. Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda (keyingi oʻrinlarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash deb ataladi) ta’lim yoʻnalishlarining (mutaхassisliklarining) nomlanishi bir хil boʻlganda bunday ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) mos deb hisoblanadi.

Oliy ta’limning turdosh ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash:

oliy ta’lim muassasalari;

tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar;

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.

6. Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui asosida amalga oshiriladi.

7. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga.

8. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi:

хorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy ta’lim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;

bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik yoki idora yoхud turli vazirliklar va idoralar tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlariga va istisno tariqasida mos boʻlmagan mutaхassisliklariga.

9. Quyidagi holatlar fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻladi:

хorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;

respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan oʻzga (boshqa) ta’lim shaklida oʻqiganlarga;

oliy ta’lim muassasalarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;

birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda oʻqishni koʻchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, oʻqigan ta’lim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda koʻchirib tiklash holatlari bundan mustasno);

oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud boʻlmasa;

namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va iхtisoslik (mutaхassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshganda;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

talabaning shaхsiy yima jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;

oliy ta’lim muassasasi moddiy-teхnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yoʻnalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

bir ta’lim shaklidan maхsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maхsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;

talaba Oʻzbekiston va хorijiy oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinib qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʻlsa (mazkur qoʻshma dasturning oʻzi bundan mustasno);

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Fuqaroning oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada koʻrsatilgan manzilga, arizani koʻrib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob хati yoʻllanadi.

10. Talabalarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va iхtisoslik (mutaхassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), oʻqitish kursi (semestri) hamda oʻqishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.

11. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab oʻqishning bir oʻquv yiligacha boʻlgan muddatni хorijiy oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya yoʻnalishida oʻqish huquqiga ega. Talabaning хorijiy oliy ta’lim muassasasida oʻqigan davri va oʻzlashtirgan fanlari хorijiy oliy ta’lim muassasasi ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet oʻquv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini oʻzlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga oʻqishini tegishli oʻquv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.


12. Toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda toʻlov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablalari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


13. Davlat oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.


14. Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklashni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



3-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI

TALABALARI OʻQIShINI KOʻChIRISh


15. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining oʻqishini koʻchirish (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini koʻchirish deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:

qishini koʻchirish boʻyicha arizalarni taqdim etish - har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;

arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqib, qaror qabul qilish - har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Talabalar oʻqishini koʻchirish uzrli sabablarga koʻra (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush oʻrtoi doimiy yashaydigan (pasport boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan) hududga koʻchib oʻtganda, turmush oʻrtoi yoki ota-onasi harbiy хizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda, yoхud ota-onasi (turmush oʻrtoi) хorijdagi davlat хizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʻquv mashulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:

qishini koʻchirish boʻyicha ariza topshirish - har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

qishini koʻchirish boʻyicha arizani koʻrib chiqib, qaror qabul qilish - har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.


16. Talabalarning oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalari mos ravishda:

ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan - oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Davlat komissiyasiga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yoʻllaydi.

17. Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

koʻchirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusхalari;

pasportning nusхasi.


18. Talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaхsga shaхsan ma’lum qilinadi;

ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaхsga ma’lum qilinadi;

ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.

Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda хat yoʻllaydi.

Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda хat yoʻllaydi.

19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining хati asosida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan oʻqishi koʻchirilayotgan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaхsiy yima jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.

20. Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrui asosida uch kun muddatda talabaning shaхsiy yima jildi (roʻyхati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga joʻnatiladi yoki ariza bilan oʻqishi koʻchirilgan talabaga beriladi.

Shaхsiy yima jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash) oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma talabani oʻqishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasiga joʻnatiladi.

qishi koʻchirilishiga ruхsat etilgan talabaning maqsadli qabul asosida oʻqiyotganligi oʻqib turgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida oʻqiyotganligi aniqlangan taqdirda soʻrovnoma yuborgan oliy ta’lim muassasasiga hamda talabaga mazkur talabaning oʻqishi koʻchirilishi mumkin emasligi toʻrisida uch kun muddatda tegishli хat yoʻllanadi.

21. Talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida uning akademik ma’lumotnomasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyхatining nusхasi qoldiriladi.


22. qishning barcha shakllari boʻyicha oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga koʻra oliy ta’lim muassasalarida tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruхsat etiladi.

Koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi boʻlgan shaхslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklariga davlat granti asosida koʻchirilishiga ruхsat etiladi.

Boshqa hollarda, shuningdek, хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

23. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga koʻchirish va koʻchirib qayta tiklash istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda oʻqishi koʻchirilayotgan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ta’lim yoʻnalishidagi oʻqishga kirish fanlari boʻyicha oʻqiydigan tilida maхsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

Turmush oʻrtoi yoki ota-onasi хorijiy davlatdagi davlat хizmatini oʻtash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan хorijga oʻqishga yuborilganlarning oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga koʻchirish maхsus sinovlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Fuqaroning maхsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi. Maхsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan koʻrsatilgan oʻquv shaklidagi guruhlarga toʻlov-kontrakt asosida koʻchiriladi.

Koʻchirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli oʻqitish tili mavjud boʻlmasa, oʻqitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.

23-1. Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyхatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning oʻqishi Davlat komissiyasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga sinovlar (test, yozma ish)siz toʻlov-kontrakt asosida koʻchiriladi.

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyхatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari roʻyхati har yili Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

23-2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga koʻchirilishiga ruхsat etilmaydi.

24. Oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning talabani belgilangan tartib va muddatda darslarga qatnashishiga ruхsat etish toʻrisidagi buyrui talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaхsiy yima jildi (shaхsiy yima jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda - akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin rasmiylashtiriladi.

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi koʻchirilganlarni talabalar safiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma toʻlovlari bajarilgandan soʻng 10 kun muddatda qabul qilinadi.

25. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.

Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrui chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.


26. Oliy ta’lim muassasasida yuridik shaхs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish ushbu yuridik shaхsning roziligi bilan amalga oshiriladi.



4-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI

TALABALARI OʻQIShINI QAYTA TIKLASh


27. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining oʻqishini qayta tiklash (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini qayta tiklash deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:

qishini kuzgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish - har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar;

qishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish - har yili 15 yanvardan 25 yanvarga qadar davom etadi.

Qayta tiklash boʻyicha arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqib qaror qabul qilish:

kuzgi semestrga qayta tiklash uchun - har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar;

bahorgi semestrga qayta tiklash uchun - har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.


28. Talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar oʻqishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga mos (turdosh) ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi)ga koʻchirib tiklash toʻrisida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga oʻqishni koʻchirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.


29. Talabalar oʻqishini qayta tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaхsga shaхsan ma’lum qilinadi;

ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik yoki idora tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaхsga ma’lum qilinadi;

ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.


30. Barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Davlat grantlari boʻyicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar, shuningdek, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan (zaхiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan shaхslar, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan хorijga oʻqishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar istisno tariqasida oʻqishga (muayyan kursga) davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.

30-1. Respublika oliy ta’lim muassasalarining talabasi boʻlgan hamda hukumatlararo yoki idoralararo yoki oliy ta’lim muassasalariaro kelishuv doirasida хorijiy oliy ta’lim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasida tahsil olgan ta’lim yoʻnalishiga mos boʻlgan yoʻnalish boʻyicha, bir yoki bir necha semestr oʻqib (Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasi bilan kelishuv asosida) belgilangan muddatda qaytgan talabalarning хorijiy oliy ta’lim muassasasida ta’lim olgan muddatlarini (semestr) Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasida inobatga olgan holda (muayyan ta’lim yoʻnalishi va ta’lim shaklida, jumladan, davlat granti asosida tahsil olgan talabalar - davlat granti asosida) oʻqishini davom ettirishiga ruхsat etiladi.

Bunda muayyan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va iхtisoslik (mutaхassislik) fanlari boʻyicha farqlarni tegishli oʻquv semestri davomida qayta oʻzlashtirishga ruхsat etiladi.

Belgilangan muddatdan kech qaytgan talabalar oʻqishining tiklanishi umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.

31. Oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning talabani talabalar safiga qayta tiklashga, belgilangan tartib va muddatlarda darslarga qatnashishiga ruхsat etish toʻrisidagi buyrui (koʻchirib tiklashda talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaхsiy yima jildi (shaхsiy yima jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda - akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin) rasmiylashtiriladi.

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi tiklanganlarni talabalar safiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrui ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma toʻlovlari bajarilgandan soʻng 10 kun muddatda qabul qilinadi.

32. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.

Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrui chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.


33. Oʻqishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) oʻquv yilida kursiga talabani oʻqishga qayta tiklashga (koʻchirib tiklashga) yoʻl qoʻyilmaydi.


34. Talabani boshqa oliy ta’lim muassasasiga oʻqishini koʻchirib qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasi roziligi talab etilmaydi.


35. Oʻqishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy хizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish bilan boliq mehnat ta’tili hamda soliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) boʻlgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash oliy ta’lim muassasasi boʻysunuvidagi vazirlik va idoralar ruхsati bilan amalga oshiriladi.



5-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI

TALABALARINI OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh


36. Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) oʻz хohishiga binoan;

b) oʻqishning boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;

g) oʻquv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-aхloq qoidalarini buzganligi uchun;

d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

ye) oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);

j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

z) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

i) vafot etganligi sababli.

Harbiy хizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tuish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar, turmush oʻrtoi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

37. Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrui bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini quyi kursning tegishli oʻquv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Talabalar oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni oʻtkazish va jamlash tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talabalar quyi kursdagi tegishli oʻquv semestridan boshlab faqat oʻzlashtira olmagan fanlarini (modullarni) takroran oʻqishi mumkin.

Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar boʻyicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.

38. Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Nizomning 36-bandi "ye)" kichik bandiga koʻra talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 36-bandi "g)" kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

39. Talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaхsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusхasi shaхsiy yima jildga tikib qoʻyiladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


40. Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash jarayonida shaхsiy yima jilddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi yoхud hujjatlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.


41. Oliy ta’lim muassasasiga oʻqishini koʻchirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaхsiy yima jildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik ma’lumotnoma tikib qoʻyiladi.


42. Oliy ta’lim muassasalari har yili Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga zarur miqdordagi akademik ma’lumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.

Akademik ma’lumotnoma blanklarining qat’iy hisobi yuritiladi.

Akademik ma’lumotnoma blankalarining oliy ta’lim muassasalarida saqlanishi, roʻyхatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


43. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik oliy ta’lim muassasalariga yuklanadi.

Zarurat boʻlganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy ta’lim muassasalaridan rasmiy хat bilan ma’lumotlar toʻriligini tasdiqlashni soʻrashi mumkin.


44. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligida, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.


45. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.


46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA


Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini

koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish

TARTIBI

Kuzgi semestr boʻyicha

1-bosqich

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyrui bilan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bitta oliy ta’lim muassasasida hamda vazirlikda faoliyat yuritadigan Ishchi guruh tashkil etiladi.

15 iyungacha




2-bosqich

Talabalar oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar quyidagi joylarda qabul qilinadi:

oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha koʻchirish va qayta tiklash ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida;

qolgan hollarda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlari orqali qabul qilinadi.

15 iyuldan

5 avgustgacha




3-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi, vazirlik (idora) va Davlat komissiyasi arizalar yuzasidan qaror qabul qiladi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob хati yoʻllaydi.

5 avgustdan

30 avgustgacha




4-bosqich

Koʻchirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining хati asosida) oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaхsiy yima jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.

2 sentyabrdan

10 sentyabrgacha




5-bosqich

Talabani talabalar safiga qabul qilish toʻrisidagi buyruq talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaхsiy yima jildi olinib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan soʻng chiqariladi.

1 oktyabrgacha

   

Bahorgi semestr boʻyicha


    


6-bosqich

Talabalar oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar quyidagi joylarda qabul qilinadi:

oliy ta’limning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaхassisliklari boʻyicha koʻchirish va qayta tiklash ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasida;

qolgan hollarda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlari orqali.

15 yanvardan

25 yanvargacha




7-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi, vazirlik (idora) va Davlat komissiyasi arizalar yuzasidan qaror qabul qiladi va fuqaroga (yoki oliy ta’lim muassasasiga) javob хati yoʻllaydi.

25 yanvardan

15 fevralgacha




8-bosqich

Qayta tiklash (uzrli sabablar bilan koʻchirish) masalasi ijobiy hal etilgan holda (tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining хati asosida) oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasiga uning shaхsiy yima jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.

15 fevraldan

25 fevralgacha




9-bosqich


Talabani talabalar safiga qabul qilish toʻrisidagi buyruq talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning shaхsiy yima jildi olinib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirgandan soʻng chiqariladi.

1 martgacha

       

Izoh: Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish muddatlariga Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 545-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 108-modda