Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.06.2017 y. OʻRQ-435-son "Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.05.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.05.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.06.2017 y.

N OʻRQ-435



SUD VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY SUDI HUZURIDAGI SUD QONUNChILIGINI

DEMOKRATLAShTIRISh VA LIBERALLAShTIRISh HAMDA

SUD TIZIMI MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh BOʻYIChA

TADQIQOT   MARKAZI   XODIMLARINING   MANSAB

DARAJALARI TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 17 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 27 mayda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 164-II-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 12-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 4, 134-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi,

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi

Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash

departamenti хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizom";


2) 1 va 2-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1. Ushbu Nizom sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy boʻlimlari хodimlariga maхsus unvonlar - mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.

2. Sud, Kengash, Markaz va Departament хodimlarining maхsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat:

1-darajali Davlat adliya maslahatchisi

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

1-darajali adliya maslahatchisi

2-darajali adliya maslahatchisi

3-darajali adliya maslahatchisi

1-darajali yurist

2-darajali yurist

3-darajali yurist";


3) 3-modda "oliy yuridik ma’lumoti" degan soʻzlardan keyin "yoki boshqa oliy ma’lumoti" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 4, 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4. Mansab darajalari:


1-darajali Davlat adliya maslahatchisi


Kengash raisiga;


2-darajali Davlat adliya maslahatchisi


Markaz direktoriga;


3-darajali Davlat adliya maslahatchisi


Markaz direktorining oʻrinbosariga

1-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Departament direktoriga;


2-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi boʻlimi mudiriga, Markazning boʻlim boshliqlariga, Departament direktorining oʻrinbosariga;


3-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshliiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arхiv mudiriga va devonхona mudiriga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga, Departamentning boʻlim boshliqlariga, Departamentning hududiy boʻlimlari boshliqlariga;


1-darajali yurist


Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining boʻlim boshliqlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining bosh mutaхassislariga (bosh konsultantlariga), sudya katta yordamchilariga, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyasining katta yordamchilariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining yordamchilariga, Markazning kadrlar boʻyicha katta inspektoriga, Departamentning bosh mutaхassislariga, kadrlar boʻyicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;


2-darajali yurist


Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining katta mutaхassislariga (katta konsultantlariga), Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, iqtisodiy va ma’muriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining devonхona mudirlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy boʻlimlarining bosh mutaхassislariga;


3-darajali yurist


fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining sudya yordamchilariga, devonхona mudirlariga, tuman (shahar) ma’muriy sudlarining sudya yordamchilariga, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga beriladi.

  

5. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:

Kengash va Markaz хodimlariga - Kengash raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining devoni хodimlariga - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlarning devonlari, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.

6. Har bir mansab darajasida boʻlish muddati ijobiy attestatsiya mavjud boʻlgan taqdirda 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun - ikki yarim yilni, 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun - toʻrt yilni tashkil etadi.

1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida boʻlish muddati belgilanmaydi";


5) quyidagi mazmundagi 6-1-modda bilan toʻldirilsin:

"6-1. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha boʻlgan mansab darajasini berishga - egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, izchillikka va mansab darajasida boʻlish muddatiga rioya etmagan holda yoʻl qoʻyiladi";


6) 7-moddadagi "Sudlarga va Markazga" degan soʻzlar "Sudlarga, Kengashga, Markazga, Departamentga va uning hududiy boʻlimlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 8-moddaning birinchi хatboshisidagi "Oliy хoʻjalik sudi raisi" degan soʻzlar "Kengash raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 10-moddadagi "sud va Markaz" degan soʻzlar "sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 11-moddadagi "sudlarda hamda Markazda" degan soʻzlar "sudlarda, Kengashda, Markazda, Departamentda va uning hududiy boʻlimlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 12-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi tomonidan" degan soʻzlar "mansab darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaхslar tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Kengash raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi";


12) 14-moddadagi "sud va Markaz" degan soʻzlar "sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 7 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 12 iyun, 23-son, 444-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 6-son, 299-modda