Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 y. 419-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.06.2017 y.

N 419



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA

KOʻMAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 iyundagi

419-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 12-son, 94-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga ilova.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qarori) 2013 yil 23 oktyabrdagi 287-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 10-son, 76-modda) ilovaning 3-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2015 yil 21 maydagi 134-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 5-son, 39-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2015 yil 30 iyundagi 173-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 6-son, 52-modda) 2-ilovaning 11-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 3 iyuldagi 180-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 7-son, 55-modda) ilovaning 3-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2015 yil 3 iyundagi OʻRQ-387-sonli hamda "Investitsiya va pay fondlari toʻrisida" 2015 yil 25 avgustdagi OʻRQ-392-sonli qonunlari) 2015 yil 23 sentyabrdagi 274-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 9-son, 84-modda) ilovaning 13-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 588-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 118-modda