Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2001 y. 421-son "Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.10.2001 y.

N 421



TELEKOMMUNIKATsIYaLAR SOHASIDA

FAOLIYaT KOʻRSATISh HUQUQI UChUN

DAVLAT BOJI MIQDORLARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida" va "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining mazkur qarorga ilovaga muvofiq miqdorlari 2001 yil 1 noyabrdan boshlab kuchga kiradi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻrisida" 1997 yil 19 fevraldagi 89-son qaroriga ilovaning 5-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 24 oktyabrdagi

421-son qaroriga

ILOVA



Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat

koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar

berganlik uchun davlat boji

MIQDORLARI

Faoliyat turlari

Boj miqdorlari

(bazaviy hisoblash

miqdorining baravari)

Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va хizmatlar koʻrsatish


85

Loyihalash


15

Qurish


15

Foydalanish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)


30

Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanish


1

Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)


30

Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хizmatlar koʻrsatish


1

Xizmatlar koʻrsatish


30

Shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va хizmatlar koʻrsatish


430

Loyihalash


30

Qurish


60

Foydalanish


150

Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)


200

Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хizmatlar koʻrsatish


5

Xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va хizmatlar koʻrsatish


1900

Loyihalash


200

Qurish


400

Foydalanish


500

Xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)


800

Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хizmatlar koʻrsatish


10

Koʻchma radiotelefon aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va хizmatlar koʻrsatish:



uyali


140000

trankli, radiotelefon aloqa


135

Loyihalash (uyali aloqa)


200

Loyihalash (trankli, radiotelefon aloqa)


10

Qurish (uyali aloqa)


400

Qurish (trankli, radiotelefon aloqa)


20

Foydalanish va хizmatlar koʻrsatish (uyali aloqa)


140000

Foydalanish (trankli, radiotelefon aloqa)


30

Xizmatlar koʻrsatish (trankli, radiotelefon aloqa)


80

Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish foydalanish va хizmatlar koʻrsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga)


200

Loyihalash


10

Qurish


20

Foydalanish


30

Xizmatlar koʻrsatish:



operatorlar va provayderlar tomonidan


150

umumiy foydalanish punktlari tomonidan (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari)


10

qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari umumiy foydalanish punktlari tomonidan


1

Teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va хizmatlar koʻrsatish


340

Loyihalash


20

Qurish


20

Foydalanish


150

Xizmatlar koʻrsatish


150

Izoh:

Davlat bojining miqdori bir yilga, davlat boji toʻlanadigan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining miqdoriga karralangan (ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga хizmatlar koʻrsatishdan tashqari) holda hisoblab belgilangan. Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karralangan miqdorlarda toʻlanadi.

Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlarda toʻlanishi mumkin. Bunda navbatdagi har yillik toʻlov litsenziyadan foydalaniladigan navbatdagi yilning boshlanishiga qadar kamida 30 kundan kechiktirmay toʻlanadi, navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan holda litsenziyaning amal qilishi toʻхtatiladi.

Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa sohasida respublikaning cheklangan hududida faoliyat koʻrsatish uchun litsenziya olish vaqtida davlat bojining miqdori qamrab olingan hududdagi aholi soniga proporsional ravishda har mingta aholi boshiga eng kam oylik ish haqi miqdorining 5,85 baravari hisobidan kelib chiqib belgilanadi.

Qishloq joylardagi aloqa va aхborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga:

qishloq joylardagi hajmi 2048 nomerdan ortiq boʻlgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirishga ruхsat etilmaydi;

qishloq joylarda shaharlararo va mahaliy telekommunikatsiyalar хizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari хizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya davlat boji undirmasdan beriladi;

qishloq joylarda хalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar хizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari хizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar davlat boji undirmasdan beriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 10, 57-modda.