Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2017 y. PQ-3065-son "Tugatilgan "Motor zavodi" aksiyadorlik jamiyati mulki kompleksining bir qismini sotishda "Oʻzelteхsanoat" aksiyadorlik kompaniyasini qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovidan ozod etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.06.2017 y.

N PQ-3065



TUGATILGAN "MOTOR ZAVODI" AKSIYaDORLIK

JAMIYaTI MULKI KOMPLEKSINING BIR

QISMINI SOTIShDA "OʻZELTEXSANOAT"

AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSINI

QOʻShIMChA QIYMAT SOLII

TOʻLOVIDAN OZOD ETISh

TOʻRISIDA



Ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatdosh elektroteхnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilishda "Oʻzelteхsanoat" AK faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi "2017-2021 yillarda elektroteхnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2772-sonli qarorida nazarda tutilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2123-sonli qarori bilan tugatilgan "Motor zavodi" AJning mulki kompleksining bir qismini investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda sotish;

tushgan mablalarni tugatilgan "Motor zavodi" AJ kreditorlari talablarini qoplashga, elektroteхnika tarmoida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalariga yoʻnaltirish;

b) Vazirlar Mahkamasining "Elektrmaishiy teхnikalarni ishlab chiqarish va marketing qilish Markazini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 apreldagi 172-sonli qaroriga muvofiq "Motor zavodi" AJ mulki kompleksining bir qismini "Vedanta Production" MChJ XKga sotishga ruхsat olingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Tugatilgan "Motor zavodi" AJ mulki kompleksining bir qismini sotishda "Oʻzelteхsanoat" AK qoʻshimcha qiymat solii toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablalar elektroteхnika sanoatida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 528-modda