Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2017 y. PQ-3058-son "Oʻzcharmsanoat" uyushmasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.06.2017 y.

N PQ-3058



"OʻZChARMSANOAT" UYuShMASINING

MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Oʻzcharmsanoat" uyushmasi faoliyatini samarali tashkil etish va moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash hamda davlat mulkidan samarali foydalanish maqsadida:

1. "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ilgari operativ boshqarish huquqida Toshkent shahar hokimligiga berilgan Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 109-uy manzilida joylashgan bino va unga tegishli boʻlgan hududni "Oʻzcharmsanoat" uyushmasiga bepul foydalanishga topshirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ob’yektni oʻrnatilgan tartibda topshirishni, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi esa qabul qilib olishni, shuningdek, uyushma faoliyatining qat’iy maqsadiga muvofiq undan samarali foydalanish ta’minlansin.

Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi binosiga olib boruvchi yoʻllarni yaratishni belgilangan tartibda ta’minlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2463-sonli qarorining 5-ilova 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 525-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 6-son, 316-modda