Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.06.2017 y. 12/1-son "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 22.06.2017 y. 2709-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.06.2017 y.

N 2709-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.06.2017 y.

N 12/1


QARORI



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                      M.Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"43. Banklar majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini ta’minlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik me’yorlarini bajarishlari lozim.".


2. Quyidagi tahrirdagi 43-1 va 43-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"43-1. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi va 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim.

43-2. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari hamda bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablalari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaхira hisobvarai va majburiy zaхiralar depozitlaridagi mablalar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi roʻyхatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari - talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.

Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablalar inobatga olinadi.

Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 2017 yil 1 avgustdan boshlab 10 foizdan, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab 15 foizdan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab 20 foizdan kam boʻlmasligi lozim.".


3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 3-ilova bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA



Tijorat banklarining talab qilib

olinguncha majburiyatlar hisobvaraqlari

ROʻYXATI

        

T/r

Talab qilib olinguncha majburiyatlar


Balans hisobvaraqlari


A


B


1.

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar


20200

2.

Boshqa banklarning hisobvaraqlari


21002, 21008

3.

Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar


22402, 22403, 22405, 22406, 22476

4.

Mijozlarning boshqa depozitlari


22600 minus 22602, 22628

5.

Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablalari boʻyicha tranzit hisobvaralari


23100

6.

Kliring transaksiyalari


23200 minus 23206

7.

Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari


23400 minus 17500

8.

Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum


23500 minus 17400

9.

Boshqa majburiyatlar

29800 minus 29822, 29826, 29830, 29842, 29846


".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 559-modda