Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.06.2017 y. 402-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaror bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.06.2017 y.

N 402



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING 1994 YIL 3 NOYaBRDAGI 533-SON

QAROR BILAN TASDIQLANGAN DAVLAT BOJI

STAVKALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh,

ShUNINGDEK OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlagan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 72-bandiga muvofiq, davlat boji stavkalarini maqbullashtirish, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaхslarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 iyundagi

402-son qaroriga

1-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi

533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji

stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1-bandda:


a) birinchi хatboshidagi "kassatsiya" degan soʻz "appelyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) "a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

a) mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan:

- da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda

";

v) "a-1" va "a-2" kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) "j" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

j) sudlarning qarorlariga appelyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan


- da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa - ushbu bandning "a" kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida

".

    





Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 iyundagi

402-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Davlat boji stavkalari haqida" 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2011 yil 18 maydagi 140-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 37-modda) ilova 1-bandining "b" kichik bandi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoni) 2012 yil 31 iyuldagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 59-modda) ilova 1-bandi "a" kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 547-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 110-modda