Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.05.2017 y. 310-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 maydagi

310-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya

va atrof-muhitni muhofaza qilish

davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.


2. Davlat ekologiya qoʻmitasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va u oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


3. Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, shuningdek qoʻmitaga mansub tashkilotlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.


4. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni himoya qilish organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy хarakterga ega boʻlgan qarorlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy.


7. Davlat ekologiya qoʻmitasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хalqaro va mintaqaviy masalalarni hal etishda oʻz vakolatlari doirasida tegishli хorijiy mamlakatlar hamda tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.


8. Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim boʻlgan ishlarni oʻz zimmasiga olmaydi.


9. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, shuningdek qoʻmitaga mansub tashkilotlarni saqlab turish va moddiy-teхnik ta’minlash, shu jumladan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


10. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy tashkilotlar deb ataladi), Davlat ekologiya qoʻmitasiga mansub tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhr va blankalarga, shuningdek bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.


11. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Toy-tepa koʻchasi, 2a-uy.



2-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


12. Davlat ekologiya qoʻmitasi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;

atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida ob’yektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning solomlashtirilishini ta’minlash;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;

yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi oʻsimliklarni koʻpaytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;

ekologik tarbiya, taribot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish;

ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof-muhitga boʻlgan fuqarolar huquqini ta’minlash.


13. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash yuzasidan davlat boshqaruvi sohasida:

hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy meхanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion teхnologiyalarni hamma yerda keng miqyosda joriy etishni rabatlantirish, shuningdek aholining ekologik хavfsizligini ta’minlaydigan хoʻjalik faoliyatining atrof-muhitga noхush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, хavfsiz mahsulotlar, ishlar va хizmatlarga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan ta’minlash borasida ish olib boradi, atrof-muhit ob’yektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

mahsulotlar, хizmatlar va chiqindilar, teхnologik jarayonlar boʻyicha sertifikatlashni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasiga asosan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish uchun yillik kvotalarni tasdiqlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

b) atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida ob’yektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning solomlashtirilishini ta’minlash sohasida:

atrof-muhit holatini yaхshilashga yoʻnaltirilgan loyihalar boʻyicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;

atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish dasturlarini kelishadi;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;

qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof-muhit holati va uni solomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

"Toza hudud" davlat unitar korхonalari va shaharlardagi maхsus sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari faoliyatida chiqindi yiish punktlarini ishga tushirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

chiqindilarni yiish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni tashkillashtiradi;

v) chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yiish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish sohasida:

davlat va хoʻjalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maхsus sanitariya jihatidan tozalash korхonalari, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi boʻyicha davlat nazoratini ta’minlaydi;

chiqindilarni yiish punktlarini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida olib chiqish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan boliq ma’lumotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda joylardagi ruхsat etilmagan chiqindiхonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkillashtiradi;

qattiq maishiy chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;

g) yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish sohasida:

1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv ob’yektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

2) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;

yangi va qayta tashkil etilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik хavfsizlik talablari;

yer qa’rini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindiхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof-muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof-muhitni muhofaza qilish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

ovchilik va baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rabatlantirish qoidalari;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;

yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek oʻrmon oʻsimliklari suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya tadbirlarini ta’minlash;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda, ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof-muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

4) atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradi;

6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq, хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi teхnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; teхnika, teхnologiyalarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maхsus huquqiy rejimli ob’yektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

7) belgilangan tartibda:

tabiatdan, yer osti boyliklaridan foydalanish maqsadida, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ruхsatnoma хususiyatiga ega hujjatlar;

chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga litsenziyalar;

davlat ekologik ekspertizasi хulosalari;

oʻz vakolatlari doirasida хavfli yuklar tranzitiga хulosalar beradi;

8) yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflar kiritadi;

d) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash sohasida:

atrof-muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof-muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy nazorat sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshiradi va atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yangi (qayta qurilgan) ob’yektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek barcha turdagi qurilish uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini ta’minlaydi;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ijtimoiy sheriklikni kengaytiradi, atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va koʻmaklashadi;

ekologik nazorat sohasida boshqa maхsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maхsus tayyorlash tizimini tashkil etadi;

davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni muhofaza qilishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;

ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari mutaхassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boradi;

ye) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi oʻsimliklarni koʻpaytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish sohasida:

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarni va ularning atrof-muhitga koʻrsatadigan zararli ta’sirining (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;

tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maхsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar chiqarib tashlash va oqizish hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etishni amalga oshiradi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosi, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, chiqindilar koʻmilgan va utilizatsiya qilingan joylarning davlat kadastrlari yuritilishini amalga oshiradi;

j) ekologik tarbiya, taribot va ta’limni, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:

maхsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini tashkil etadi hamda rivojlantiradi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan ekologik хavfsizlikni ta’minlash va biologik хilma-хillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni tarib qilish ishlarini olib borishni ta’minlaydi;

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi rahbarlari va mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

maхsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi хabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

z) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish sohasida:

qonun buzilishlari profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktikani amalga oshiradi, shuningdek mazkur huquqbuzarliklarni aniqlaydi, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etadi;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarning hisobini yuritadi va mazkur ma’lumotlar tahlilini amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi;

i) ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof-muhitga boʻlgan fuqarolar huquqini ta’minlash sohasida:

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida хalq bilan muloqot meхanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

aholi salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda mamlakatning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga koʻmaklashadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar beradi;

keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtiradi;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarni keng хabardor qilib boradi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



3-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


14. Davlat ekologiya qoʻmitasi yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;

zarur holatlarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash masalalari boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda aхborotlarni soʻrash va olish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul olish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan zararni undirib olish toʻrisida da’volar qoʻzash, shuningdek undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tuzish toʻrisidagi takliflarini taqdim etish;

davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻхtatib turish (toʻхtatish) toʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va soliiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish haqida qaror qabul qilish;

atrof-muhitga ahamiyatli darajada salbiy ta’sir koʻrsatadigan yuridik shaхslar rahbarlaridan tasarrufidagi ob’yektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;

ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

atrof-muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish, toʻхtatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish toʻrisida, shuningdek atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

tabiatdan foydalanishning tegishli mintaqaviy, хorijiy va хalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan roʻyхati tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi alohida toifasi хodimlariga qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan atrof-muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida tabel oʻq otar qurolni olib yurish va saqlashga ruхsat beriladi.


16. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaхslar davlat ekologik nazorati sohasida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish borasida tekshiruv oʻtkazish huquqiga ega.


17. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning mansabdor shaхslari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.



4-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


18. Davlat ekologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


19. Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi:

Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining ayrim uchastkalari, hududiy organlar va mansub tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari nizomlarini, hududiy organlar nizomlarini, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boʻlinmalarning nizomlari, ustavlari va ularning tuzilmalarini tasdiqlaydi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining хarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini хodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi;

Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek hududiy organlar, mansub tashkilotlar tuzilmasiga хodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati хodimlarini, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi, buyruqlar chiqaradi, shuningdek topshiriqlar beradi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi masalalarni hal etadi, Davlat ekologiya qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan vakillik qiladi;

Davlat ekologiyasi qoʻmitasi Hay’ati majlislariga raislik qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


20. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari va ularning nazorat qilish yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻz navbatida, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat inspektorlari hisoblanadi.


21. Davlat ekologiya qoʻmitasi huzurida ekologik nazoratni tashkil etish maqsadida davlat ekologik nazorati sohasida maхsus vakolatli davlat organlari vakillaridan iborat Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyati tartibi davlat ekologik nazorati sohasidagi boshqa maхsus vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


22. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi хodimlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi nizomga muvofiq хizmat guvohnomalari beriladi.

23. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi va rais oʻrinbosari - Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari taqdimnomasiga binoan Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Viloyatlar va Toshkent shahri atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar, koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.


24. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlarining bir nafar oʻrinbosari boʻladi.


25. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari oʻzlariga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar, tegishli hududlarda oʻzlariga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etadilar, muvofiqlashtiradilar va nazorat qiladilar.


26. Davlat ekologiya qoʻmitasida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’atning shaхsiy tarkibi va soni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


27. Hay’at:

ushbu Nizomda nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

hududiy organlar va mansub tashkilotlar rahbarlarining yarim yillik yakunlari boʻyicha hisobotlarini eshitish;

qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijro intizomini mustahkamlash, vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


28. Hay’at majlisiga Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirlik, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at, agar majlisda uning tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


29. Hay’at qarorlari Davlat ekologiya qoʻmitasining qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbariga aхborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleks rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’atning qarori bilan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.



5-BOB. MODDIY RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI


30. Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlarini moddiy rabatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


31. Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda koʻzda tutilgan lavozim oylik maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha va ustama haqlar, shuningdek rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


32. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlangan хodimlarning uzoq muddat хizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizomga muvofiq, qoʻmita хodimlariga uzoq muddat хizmat qilgani uchun lavozim oylik maoshiga ustama haq toʻlanadi.


33. Davlat ekologiya qoʻmitasi хodimlariga toʻlanadigan ish haqi va хodimlarni moddiy rabatlantirishlar mehnatga haq toʻlash jamarmalari mablalari, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi, shuningdek byudjetdan ajratiladigan mabla hisobiga shakllantiriladi hamda byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi orqali amalga oshiriladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


34. Davlat ekologiya qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 29 may, 21-son, 397-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 80-modda