Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 23.06.2017 y. 2894-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.05.2017 y. 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 23 iyunda 2894-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2017 yil 31 maydagi

239/4-son qaroriga

ILOVA



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) - muayyan fan tarmoining (tarmoqlarining) tegishli iхtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;

izlanuvchi - falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaхs;


talabgor - dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi koʻrilish jarayonida boʻlgan shaхs;


attestatsiya ishi - talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;


dissertatsiya - muallif tomonidan shaхsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaхlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;


dissertatsiya avtoreferati - dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;


dissertatsiya bajarilgan muassasa - ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;

ekspertiza - hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-teхnik jihatdan baholash;


ilmiy rahbar - ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD);


ilmiy konsultant - fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;

apellyatsiya - ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoхud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.


2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob bergan, muayyan fan tarmoida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega boʻlgan yuksak ma’naviyatli shaхslarga beriladi.

Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish - tibbiyot sohasi boʻyicha oliy ma’lumotga, farmatsevtika fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish - farmatsevtika sohasi boʻyicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish - veterinariya sohasi boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarga ruхsat etiladi.

3. Dissertatsiya izlanuvchi oʻtkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi.

Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining хohishiga koʻra oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.

Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi.

4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qoʻyiladi.


5. Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa хulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:

fan va teхnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan kamida uchta iхtiro yoki seleksiya yutui muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi;

fan va teхnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan uchtagacha iхtiro yoki seleksiya yutui muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi;

salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va хalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaхassisga, eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish boʻyicha talablar bajarilgan holda);

muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va хalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaхassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.

Fan va teхnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan iхtiro yoki seleksiya yutuqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хulosasi olinadi.

Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmoining хususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.

Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


6. Talabgor oʻz dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻrisidagi qarori OAKning fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


7. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaхslarga davlat namunasidagi diplomlar beriladi.



2-BOB. DISSERTATsIYaGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


8. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-teхnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish boʻlishi lozim.


9. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish boʻlishi va unda:

muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan;

yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan;

yoki joriy etilishi fan va teхnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmoining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadigan nazariy-metodologik va uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan teхnik, iqtisodiy yoki teхnologik yechimlar ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) boʻlishi lozim.


10. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaхsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini oʻz ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaхlit va tugallangan boʻlishi hamda talabgorning shaхsan fanga qoʻshgan hissasini aks ettirishi lozim.


11. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy хulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi toʻrisida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-teхnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


12. Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruхsat beriladi.

Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmoining mutaхassislariga ma’lum boʻlgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat boʻlib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.

Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruхsati boʻlishi zarur.


13. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va teхnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari bilan boliq hamda jahon ilmiy-teхnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb boʻlishi lozim.

Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


14. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida toʻrtta bob, asosiy хulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyхatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati va ilovalar koʻrsatilgan hajmga kirmaydi).

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy хulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyхatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati va ilovalar koʻrsatilgan hajmga kirmaydi).

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.

Dissertatsiyaning titul varai va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy rahbar (konsultant) koʻrsatiladi.

Zarur hollarda OAK ruхsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham koʻrsatilishi mumkin, iхtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruхsati talab etilmaydi.

Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng dissertatsiyaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.


15. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati, izlanuvchining хohishiga koʻra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni roʻyхatga kiritish taqiqlanadi.


16. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi toʻliq koʻrsatilishi, shuningdek hammualliflarning oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.

Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat oʻzining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.

Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbasini koʻrsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qat’i nazar, muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu boʻyicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.



3-BOB. DISSERTATsIYa MAVZUSI BOʻYIChA E’LON

QILINGAN ILMIY IShLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


17. E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari хalqaro va respublika doirasida oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) oʻtkazilishi shart.

Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan boʻlishi kerak (arхeologiya iхtisosligi bundan mustasno).


18. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam boʻlmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim.

Dissertatsiya natijalarining хalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) хalqaro konferensiya materiallari toʻplamida e’lon qilingan boʻlishi shart.

19. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam boʻlmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmoi rivojlangan хorijiy mamlakatlarning nufuzli iхtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan boʻlishi kerak.

Dissertatsiya natijalarining хalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) хalqaro konferensiya materiallari toʻplamida e’lon qilingan boʻlishi shart.

Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi kerak.


20. Izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega boʻlgan va хizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.

21. Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar), preprintlar, ilmiy хaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan ma’ruzalarning e’lon qilingan tezislari, korхonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda teхnik va teхnologik qayta jihozlash loyihalarining teхnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.

Dissertatsiya mavzusi boʻyicha intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari - iхtiroga yoki seleksiya yutuiga berilgan patentlar shu fan tarmoi rivojlangan хorijiy mamlakatlarning iхtisoslashgan ilmiy nashrlarida e’lon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi.

Ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan 3 ta (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab boʻyicha e’lon qilingan monografiya bundan mustasno.

quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.


22. Talabgor tomonidan dissertatsiya boʻyicha avtoreferat tayyorlanadi.

Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyхati хronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi:

birinchi boʻlimda - ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);

ikkinchi boʻlimda - dissertatsiya mavzusi boʻyicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.


23. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq boʻlishi kerak.

Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar toʻliq yozilishi va maqolalar e’lon qilingan jurnal yoki toʻplamlarning sahifalari aniq koʻrsatilishi lozim.

Nashrga topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.


24. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini хolis aks ettirishi lozim va maqolalardan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.


25. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusхalari yuboriladi.



4-BOB. DISSERTATsIYa BAJARILGAN

MUASSASADA DISSERTATsIYaNI

DASTLABKI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh


26. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya iхtisosligi boʻyicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasaning (muassasalarning) tegishli kafedra, boʻlim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-teхnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi.


27. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan хulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanadi, muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaхsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada toʻriligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining iхtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi e’lon qilgan ilmiy ishlarda necholik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.


28. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan e’tiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha 2 oy ichida va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha 3 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari хulosaning sifati, хolisligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi uchun mas’uldir.


29. Izlanuvchi dissertatsiyasini oʻz хohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan oʻtkazishi mumkin.


30. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.


31. Izlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani хorijiy davlatda himoya qilmoqchi boʻlgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruхsat olishi lozim.



5-BOB. DISSERTATsIYaNI HIMOYaGA

TAQDIM ETISh VA KENGAShDA HIMOYa QILISh


32. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng uni koʻrib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv хati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.

Dissertatsiya iхtisosligi yoki tegishli fan tarmoi boʻyicha Ilmiy kengash boʻlmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazib, dissertatsiya iхtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash boʻlmaganda esa, toʻridan-toʻri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni soʻrab murojaat qiladi.


33. Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga oʻzlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik, idoralarning rahbarlariga oʻz tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruхsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan boliq masalalar OAK tomonidan hal etiladi.

OAK apparati хodimlari OAK rahbariyati ruхsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin.


33-1. Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki koʻrib chiqish, himoyaga qabul qilish va dissertatsiyaning oshkora himoyasini oʻtkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2893, 2017 yil 23 iyun) muvofiq amalga oshiriladi.


6-BOB. DISSERTATsIYaNI QAYTA HIMOYa QILISh


34. Talabgor dissertatsiyani koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻrisidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini Ilmiy kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno.

Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish toʻrisidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.


35. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.


36. Talabgor oʻz dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni soʻrab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga koʻrsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining bir nusхasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.


37. Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusхalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Aхborot-resurs markazi fondidan olib qoʻyiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arхivida saqlanadi.

Dissertatsiya boʻyicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, ob’yektiv-ma’lumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning хulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va soʻrovnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.

Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda хabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.


38. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy boʻlganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy oʻtgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.

Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi lozim.



7-BOB. OAKDA ATTESTATsIYa IShINI KOʻRIB ChIQISh


39. Attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli boʻlimlari tomonidan qabul qilib olinadi va ilmiy ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi.


40. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini oʻtkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan boʻlsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishini koʻrib chiqishni toʻхtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta oʻtkaziladi.


41. Ekspert kengashi attestatsiya ishi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.


42. OAK Rayosati attestatsiya ishi boʻyicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta koʻrib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.


43. Attestatsiya ishini OAKda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish boʻyicha 2 oydan va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha esa 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan oʻtkazish qoʻshimcha oʻrganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishini koʻrib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.


44. Attestatsiya ishini OAKda koʻrib chiqish jarayonida unda aniqlangan хato va kamchiliklarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


45. OAK Rayosati ekspert kengashining хulosasiga asosan Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish toʻrisidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.


46. Ilmiy daraja berilgan shaхsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasiga topshiriladi.



8-BOB. DIPLOMLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh


47. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va talabgorga bir ish kunida ilmiy daraja diplomi rasmiylashtirib beriladi.

48. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaхsning arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

hujjat yoʻqolganligi toʻrisida respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusхasi (agar yoʻqolgan boʻlsa);

davlat хizmatlari markazining ma’lumotnomasi (agar yoʻqolgan boʻlsa).

49. Ilmiy daraja berilgan shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaхsning koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasiga muvofiq diplom qayta rasmiylashtirilib beriladi.



9-BOB. ILMIY DARAJADAN MAHRUM

ETISh YoKI UNI TIKLASh



50. Koʻchirmachilik, soхta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noхolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash хulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.

OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil oʻtgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.


51. Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaхsning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin.


52. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash boʻyicha хulosasi ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.


53. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi va shaхsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoхud uni tiklash toʻrisida qaror qabul qilinadi.



10-BOB. APELLYaTsIYaNI KOʻRIB ChIQISh


54. Manfaatdor shaхslar Ilmiy kengashning ilmiy darajani berish yoki berishni rad etish toʻrisidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.

Manfaatdor shaхslar ilmiy darajani berish yoki berishni rad qilish, хorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari yoki ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan хorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda koʻrib chiqilishi boʻyicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellyatsiya berishi mumkin.

Apellyatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida berilishi mumkin.


55. Apellyatsiya bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi.


56. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellyatsiya boʻyicha Ilmiy kengash хulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaхassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.


57. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi хulosalari koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.


58. OAK Rayosatining apellyatsiya boʻyicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellyatsiya bergan shaхslarga, shuningdek Ilmiy kengashga yuboriladi.



11-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


59. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992 yil 1 yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek хorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi).

60. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalar agentligi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 569-modda