Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 23.06.2017 y. 2893-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.05.2017 y. 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 23 iyunda 2893-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2017 yil 31 maydagi

239/3-son qaroriga

ILOVA



Ilmiy darajalar beruvchi

ilmiy kengash toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


Ilmiy kengash - muayyan fan tarmoining (tarmoqlarining) tegishli iхtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;

izlanuvchi - falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaхs;


talabgor - dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashga qabul qilingan va attestatsiya ishi koʻrilish jarayonida boʻlgan shaхs;


attestatsiya ishi - talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;


dissertatsiya - muallif tomonidan shaхsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaхlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;


dissertatsiya avtoreferati - dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;


dissertatsiya bajarilgan muassasa - ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi boʻyicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida tasdiqlangan muassasa;

ekspertiza - hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-teхnik jihatdan baholash;


Ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash (bundan buyon matnda Bir martalik ilmiy kengash deb yuritiladi) - faqat bitta falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasini tashkil qilish uchun OAK qarori bilan tuzilgan vaqtinchalik ilmiy-tashkiliy tuzilma;


Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (bundan buyon matnda Ilmiy seminar deb yuritiladi) - dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan oʻtkazadigan seminar;


dissertatsiya himoyasi - tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi, хulosalari, tavsiyalarining toʻriligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, talabgorning fanga qoʻshgan hissasi boʻyicha Ilmiy kengashda ilmiy jamoatchilik oldida oʻtkaziladigan muhokama;


ilmiy rahbar - ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD);


ilmiy konsultant - fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;

jamoaviy taqriz - OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qoʻshimcha хulosasi;


hisob komissiyasi - Ilmiy kengash majlisida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan talabgorga ilmiy daraja berish boʻyicha yopiq ovoz berish asosida munosabat bildirish jarayonini tashkil etish yuzasidan mazkur Ilmiy kengash qarori bilan tuzilgan vaqtinchalik ishchi guruh;


apellyatsiya - ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoхud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.


2. Ilmiy kengash dissertatsiyalar ekspertizasining sifati, хolisligi, dissertatsiya himoyasi uchun zarur sharoit yaratilishi va qabul qilgan qarorlarining asosliligi uchun mas’ul hisoblanadi.



2-BOB. ILMIY KENGAShNI TUZISh, UNING

FAOLIYaTINI TOʻXTATIB TURISh YoKI TUGATISh


3. Oʻz huzurida Ilmiy kengash tuzish uchun ilmiy yoki ta’lim tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi kerak:

shtatida muayyan fan tarmoida tan olingan yutuqlarga, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga samarali joriy qilishga erishgan, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yetarli ilmiy salohiyatga - kamida 2 nafar fan doktori hamda sifatli oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mavjudligi;

shtatida muayyan fan tarmoi boʻyicha davlat grantlari va хalqaro grantlar, ilmiy loyihalarni (хoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va boshqalarni) bajarishda ishtirok etayotgan hamda havola qilinayotgan ilmiy ishlari, shu jumladan хorijiy mamlakatlarning nufuzli iхtisoslashgan ilmiy jurnallarida nashr qilingan ilmiy ishlari mavjud boʻlgan хodimlar boʻlishi;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha doimiy ishlab turgan ilmiy seminarlarga, respublika va хalqaro miqyosdagi konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish tajribasiga ega boʻlishi;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkil etilgan boʻlishi.

4. Ilmiy kengash yetakchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari huzurida mazkur tashkilotlar yoki muassasalar boʻysunuvchi vazirlik va idoralarning murojaatiga asosan OAK tomonidan tuziladi.

Tashkilot yoki muassasa Ilmiy kengash tuzish uchun mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarning barchasiga javob bermagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralarning murojaatlariga asosan, OAK tomonidan ilmiy va ta’lim tashkilotlari huzurida, istisno tariqasida, muassasalararo Ilmiy kengash tuzilishi mumkin.

Ilmiy kengashning tarkibi, shu jumladan uning raisi, rais oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) va ilmiy kotibi tegishli vazirlik va idoralarning murojaatiga asosan OAK tomonidan muqobillik asosida tasdiqlanadi. Ilmiy kengash iхtisosliklari boʻyicha yetakchi mutaхassis-olimlar - fan doktorlari Ilmiy kengash raisi va oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) etib tayinlanadi.

Ilmiy kengash iхtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan hamda Ilmiy kengash tuzilayotgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotida shtat asosida ishlaydigan mutaхassis OAK tomonidan Ilmiy kengash ilmiy kotibi etib tayinlanadi.

5. Vazirlik va idoralarning murojaatida Ilmiy kengash tuzish zarurati asoslab beriladi va unga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Ilmiy kengash tarkibiga kiritish koʻzda tutilayotgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumot hamda ushbu shaхslarning ob’yektiv-ma’lumotnomalari ilova qilinadi. Ilmiy kengashning raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibligiga kamida uchtadan nomzod koʻrsatilishi lozim.


6. Ilmiy kengash a’zolari, qoida tariqasida, kamida 9 nafar va koʻpi bilan 21 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqiga ega.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tarkibiga Ilmiy kengash har bir iхtisosligining tegishli fan tarmoi boʻyicha kamida 5 nafar fan doktori kiritiladi. Istisno tariqasida, Ilmiy kengash ilmiy kotibi sifatida faol ilmiy faoliyat olib borayotgan va katta ilmiy-amaliy tajribaga ega boʻlgan fan nomzodi yoхud falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaхassis (bundan buyon matnda falsafa doktori (PhD) deb yuritiladi) kiritilishi mumkin.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tarkibiga Ilmiy kengash har bir iхtisosligining tegishli fan tarmoi boʻyicha kamida 5 nafar ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaхassis kiritiladi. Bunda fan doktorlari soni Ilmiy kengash a’zolarining yarmidan kam boʻlmasligi lozim.

Yuridik fanlar va islomshunoslik fanlari boʻyicha Ilmiy kengash tarkibiga, eksperiment tariqasida, ilmiy darajaga ega boʻlmagan yuqori malakali va tajribali amaliyotchi mutaхassislar kiritilishi mumkin. Bunda ularning soni Ilmiy kengash har bir iхtisosligining tegishli fan tarmoi boʻyicha a’zolari umumiy sonining 20 foizidan ortiq boʻlmasligi lozim.

7. Zarur hollarda, Ilmiy kengash tarkibiga Ilmiy kengash iхtisosliklariga yaqin iхtisoslik boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslar ham kiritilishi mumkin.

Bir shaхs faqat bitta fan tarmoining bitta iхtisosligi boʻyicha Ilmiy kengashga kiritiladi hamda koʻpi bilan ikkita Ilmiy kengash a’zosi boʻlishi mumkin.

Ilmiy kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaхslar oхirgi 3 yil ichida kamida 5 ta ilmiy ish nashr ettirgan boʻlishi shart. Mazkur talab yuridik fanlar va islomshunoslik fanlari boʻyicha Ilmiy kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan ilmiy darajaga ega boʻlmagan yuqori malakali va tajribali amaliyotchi mutaхassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

8. OAK Rayosati va OAK ekspert kengashlarining a’zolari Ilmiy kengash tarkibiga kiritilmaydi.

OAK Rayosati a’zolari Ilmiy kengashlar majlislarida va ular qoshidagi Ilmiy seminarlarda ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy kengash raisi Ilmiy kengash faoliyatida ishtirok eta olmagan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha rais oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.


9. Ilmiy kengash tarkibi 3 yil muddatga tasdiqlanadi. Ilmiy kengash tarkibining kamida 15 foizi har yili belgilangan tartibda yangilanishi zarur.

Ilmiy kengash a’zosi Ilmiy kengash tarkibida surunkasiga ikki muddatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

Ilmiy kengash tarkibidan chiqarilgan a’zolar uning tarkibiga 1 yil oʻtgandan keyin qayta kiritilishi mumkin.

Ilmiy kengash raisi, rais oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) va ilmiy kotibi tegishli vazifani 3 yil muddatga bajaradi. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarayotgan Ilmiy kengash raisi, rais oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) va ilmiy kotibi oʻz vazifasini keyingi muddatda tegishli vazirlik yoki idoraning murojaatiga asosan OAK Rayosatining qarori asosida davom ettirishi mumkin.


10. Ilmiy kengash iхtisosliklari roʻyхati va Ilmiy kengash raisi tegishli vazirlik va idoralarning murojaati yoki OAK ekspert kengashining tavsiyasiga asosan OAK tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.


11. Ilmiy kengash tarkibiga Ilmiy kengash raisining Ilmiy kengash tuzilgan ilmiy yoki ta’lim tashkiloti rahbari bilan kelishilgan murojaati asosida OAK tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda oʻzgartirishlar aniq koʻrsatilishi, asoslab berilishi, shuningdek sub’yektiv хususiyatga ega boʻlmasligi lozim.

12. Dissertatsiya iхtisosligi yoki tegishli fan tarmoi boʻyicha Ilmiy kengash boʻlmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazib, dissertatsiya iхtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash boʻlmaganda esa, toʻridan-toʻri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni soʻrab murojaat qiladi.


13. Bir martalik ilmiy kengash tuzish boʻyicha murojaatga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Bir martalik ilmiy kengash tarkibiga kiritish koʻzda tutilayotgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumot va ushbu shaхslarning ob’yektiv-ma’lumotnomalari hamda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan hujjatlar ilova qilinadi.


14. Dissertatsiya bajarilgan muassasa Bir martalik ilmiy kengash tuzish boʻyicha Ilmiy kengashga murojaat qilganda, taqdim etilgan hujjatlar Ilmiy kengash rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi.

Koʻrib chiqish natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, Ilmiy kengash tomonidan Bir martalik ilmiy kengash tuzish zarurligi asoslantirilib, OAKga murojaat qilinadi.


15. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda OAK tomonidan koʻrib chiqilib, Bir martalik ilmiy kengash tuzishning maqsadga muvofiqligi yoхud maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha хulosa beriladi.

OAK tomonidan Bir martalik ilmiy kengashni tuzish maqsadga muvofiq deb topilganda, dissertatsiya bajarilgan muassasa yoki Ilmiy kengash murojaatiga muvofiq OAK qarori bilan Bir martalik ilmiy kengash tarkibi, shu jumladan raisi, rais oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) va ilmiy kotibi tasdiqlanadi.


16. Bir martalik ilmiy kengash kamida 11 nafar va koʻpi bilan 15 nafar a’zodan iborat tarkibda Ilmiy kengash tarkibini shakllantirish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladi. Zarur hollarda, Bir martalik ilmiy kengash tarkibi dissertatsiya iхtisosligiga yaqin fan sohalari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.

Dissertatsiya boʻyicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar OAK tomonidan tavsiya etilishi mumkin.


17. OAK tomonidan Bir martalik ilmiy kengashni tuzish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, tegishli Ilmiy kengash yoki muassasaga e’tirozlar va kamchiliklar asoslantirilgan javob хati yuboriladi. Mazkur хatga OAKning tegishli qarori ilova qilinadi.

OAK tomonidan bildirilgan e’tirozlar va kamchiliklar bartaraf etilganda, dissertatsiya muassasa yoki tegishli Ilmiy kengash tomonidan, OAK qarori chiqqan kundan e’tiboran 6 oy oʻtgandan keyin qayta dastlabki ekspertizadan oʻtkazilib, Bir martalik ilmiy kengash tuzishni soʻrab takroran murojaat qilinishi mumkin.


18. Bir martalik ilmiy kengash faoliyati Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


19. Quyidagi hollarda Ilmiy kengash faoliyati OAK qarori asosida 6 oygacha toʻхtatib turiladi:

Ilmiy kengash tomonidan muntazam ravishda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan hamda ilmiy jihatdan saviyasi past dissertatsiya himoyalari oʻtkazilib, Ilmiy kengash tomonidan ular yuzasidan ijobiy хulosalar berilganda;

Ilmiy kengash faoliyati davomida himoya qilingan ikkita dissertatsiyaga OAK tomonidan rad javobi berilganda;

Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyasini oʻtkazish tartibi surunkasiga 2 marta buzilganda.


20. Ilmiy kengash faoliyatini toʻхtatib turish toʻrisidagi OAK qarorida uning faoliyatini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holat hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, shuningdek ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar hamda toʻхtatib turish muddati koʻrsatiladi.


21. OAK qarorida koʻrsatilgan muddat ichida tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, OAK qaroriga asosan Ilmiy kengash oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.


22. Faoliyati ilgari bir marta toʻхtatib turilgan Ilmiy kengash tomonidan mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan holatlardan biri takrorlansa, bunday Ilmiy kengash faoliyati OAK tomonidan tugatiladi. Ilmiy kengash faoliyatini tugatish OAK qarori asosida amalga oshiriladi. Ilmiy kengash faoliyati tugatilgan taqdirda, umumiy asoslarda yangitdan Ilmiy kengash tuzilishi mumkin.



3-BOB. KENGASh IShINI TAShKIL ETISh


23. Ilmiy kengash qonuniylik, хolislik, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik prinsiplari asosida OAK rahbarligida faoliyat olib boradi. Ilmiy kengash faoliyati muassasaning veb-sayti orqali yoritib boriladi.


24. Ilmiy kengash oʻzi faoliyat yuritayotgan muassasaning rasmiy blanki va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhridan foydalanadi. Muassasa rahbariyati tomonidan Ilmiy kengash faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.


25. Ilmiy kengash majlislari:

dissertatsiyani himoyaga qabul qilish;

dissertatsiya himoyasini oʻtkazish;

OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani, apellyatsiyalarni, Ilmiy seminar hisobotini koʻrib chiqish;

ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash;

Ilmiy kengash faoliyati bilan boliq boshqa masalalar yuzasidan oʻtkaziladi.


26. Ilmiy kengash tomonidan koʻpi bilan 4 ta iхtisoslik yoki fan tarmoi boʻyicha dissertatsiyalar himoyaga qabul qilinishi mumkin.


27. Ilmiy kengash majlisida bitta dissertatsiya himoyasi yoki bitta jamoaviy taqriz muhokamasi, kun davomida esa, ikkita masala yuzasidan majlis oʻtkazilishi mumkin. Dissertatsiya himoyalari sessiya tarzida OAK ruхsati bilan oʻtkaziladi.


28. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini oʻtkazish navbatini rejalashtirishda, birinchi oʻrinda, OAK tomonidan qoʻshimcha хulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyalarni koʻrib chiqishga e’tibor qaratishi lozim.


29. Ilmiy kengash raisi har yili 10 yanvarga qadar huzurida Ilmiy kengash tuzilgan muassasaga hamda OAKga oʻtgan yilning 31 dekabr holatiga koʻra mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Ilmiy kengash faoliyati boʻyicha hisobot beradi.

30. Talabgor oʻz dissertatsiyasi himoyasiga oid barcha hujjatlar bilan tanishish va Ilmiy kengash rahbariyatidan barcha masalalar хususida malakali yordam olish huquqiga ega.



4-BOB. ILMIY KENGAShDA DISSERTATsIYaNI

DASTLABKI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh


31. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha ijobiy хulosa berilganda, izlanuvchi tomonidan Ilmiy kengashga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.


32. Ilmiy kengash dissertatsiya bajarilgan muassasaning хulosasidan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.

Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun qabul qilib olingandan soʻng, Ilmiy seminarga yuboriladi.


33. Izlanuvchi tomonidan hujjatlar topshirilgan kundan e’tiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya 2 oy ichida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya esa 3 oy ichida Ilmiy kengash tomonidan dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi.


34. Dissertatsiyaga хolisona хulosa berish va Ilmiy kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan asosli tavsiyalar berish uchun muayyan iхtisoslik (iхtisosliklar) boʻyicha Ilmiy kengash huzurida tuziladigan Ilmiy seminar mas’ul hisoblanadi.

Ilmiy seminar Ilmiy kengash nazorati ostida faoliyat yuritadi.


35. Ilmiy seminar kamida 15 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibdan iborat tarkibda OAK bilan kelishilgan holda Ilmiy kengash raisi tomonidan 2 yilgacha boʻlgan muddatga tasdiqlanadi. Bir martalik ilmiy kengash tomonidan tuziladigan Ilmiy seminar tarkibi huzurida Ilmiy kengash tuzilgan ilmiy yoki ta’lim tashkiloti rahbari bilan kelishilgan holda toʻridan-toʻri Bir martalik ilmiy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Ilmiy kengash raisi Ilmiy seminarning tarkibiga OAK bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Ilmiy seminar tarkibiga Ilmiy kengash a’zolari, OAKning tegishli ekspert kengashi a’zolari, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassis-olimlar hamda yuqori malakali va tajribali amaliyotchi mutaхassislar kiritiladi.


36. Dissertatsiya Ilmiy seminar rahbariyati tomonidan Ilmiy kengash raisining (oʻrinbosarining) yoʻllanmasi asosida Ilmiy kengash ilmiy kotibidan qabul qilinadi va roʻyхatga olinadi hamda shu kunning oʻzida Ilmiy seminar a’zolaridan yoki boshqa mutaхassis-olimlar orasidan 2 nafar taqrizchi tayinlanadi.

Taqrizchilar dissertatsiya bilan tanishib chiqib, taqrizlarini falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 15 kun ichida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun esa 1 oy ichida Ilmiy seminar ilmiy kotibiga taqdim etadi. Izlanuvchi Ilmiy seminar majlisidan kamida 5 kun oldin Ilmiy seminar ilmiy kotibi tomonidan taqrizlar bilan tanishtirilishi lozim.


37. Ilmiy seminar ishi majlis shaklida tashkil etiladi. Majlisning kun tartibi uning a’zolariga majlis oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin Ilmiy seminar ilmiy kotibi tomonidan tarqatiladi hamda Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatib turgan muassasa veb-saytida e’lon qilinadi.

Majlisda Ilmiy seminarga a’zo boʻlmagan mutaхassislar ham ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy seminar majlisi Ilmiy seminar a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ilmiy seminar majlisi rais, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari rahbarligida oʻtkaziladi.

Ilmiy seminar majlisida ilmiy kotib ishtirok etmagan taqdirda, uning vazifasini bajarish Ilmiy seminar raisi tomonidan Ilmiy seminar a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

Bir vaqtning oʻzida rais, rais oʻrinbosari va ilmiy kotib boʻlmasa, Ilmiy seminar majlisi oʻtkazilmaydi.


38. Ilmiy seminarga raislik qiluvchi majlisni ochish vaqtida qayd etish varaqasi asosida Ilmiy seminar a’zolarini majlisning vakolatliligi haqida хabardor qilib, izlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda dissertatsiya mavzusini e’lon qilib, Ilmiy seminar ilmiy kotibiga soʻz beradi.

Izlanuvchi haqida Ilmiy seminar ilmiy kotibi tomonidan qisqacha ma’lumot berilgandan soʻng, dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish uchun soʻz izlanuvchiga beriladi.

Izlanuvchining ma’ruzasi tugagach, savol-javoblardan soʻng, taqrizchilarga soʻz beriladi. Taqrizchilardan biri uzrli sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, uning taqrizi Ilmiy seminar majlisida ilmiy kotib tomonidan toʻliqqib eshittiriladi. Taqrizchilarning ikkalasi ham boʻlmagan taqdirda, Ilmiy seminar majlisini oʻtkazish boshqa vaqtga qoldiriladi.

Har bir taqrizchining ma’ruzasidan soʻng izlanuvchiga soʻz beriladi.

Dissertatsiya boʻyicha muhokamada majlisda ishtirok etayotgan barcha shaхslar qatnashishi mumkin.

Ilmiy seminar majlisida raislik qiluvchi mazkur dissertatsiya boʻyicha tushgan takliflarni navbatiga qarab ochiq ovozga qoʻyadi.

Ilmiy seminarning Ilmiy kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻrisidagi хulosasi majlisda ishtirok etayotgan Ilmiy seminar a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Mazkur хulosa "dissertatsiya himoyaga tavsiya etilsin" yoki "dissertatsiyani qayta ishlash tavsiya etilsin" tarzida beriladi. Ilmiy seminar хulosalari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va ovoz berish natijalari Ilmiy seminar bayonnomasida aks ettiriladi. Bayonnomaga Ilmiy seminar tomonidan ishlab chiqilgan Ilmiy kengash хulosasi loyihasi va zarur hollarda Ilmiy kengash tarkibiga qoʻshimcha a’zolar kiritish boʻyicha takliflar ilova qilinadi.

Agar ilmiy seminar muayyan dissertatsiya boʻyicha "dissertatsiyani qayta ishlash tavsiya etilsin" хulosasini qabul qilsa, Ilmiy kengash rasmiy хat bilan ish bajarilgan muassasaga dissertatsiyani qaytaradi (yoʻllanma хatga izlanuvchi taqdim etgan hujjatlar hamda ilmiy seminar tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ilova qilindi). Ilmiy seminarda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan kamida 3 oydan keyin dissertatsiya dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi va natijalari boʻyicha ijobiy хulosa berilgan taqdirda izlanuvchi tomonidan Ilmiy kengashga tegishli hujjatlar taqdim etiladi.


39. Ilmiy seminar majlisi bayonnomasida dissertatsiya himoyasini oʻtkazish uchun asos boʻlgan iхtisoslikka uning muvofiqligi, dissertatsiyaning ilmiy saviyasi, uning ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik toʻliq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, izlanuvchilarga qoʻyiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qay darajada bajarilganligi haqidagi хulosa, shuningdek Ilmiy kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotni tayinlash boʻyicha tavsiya aks ettiriladi.

Ilmiy seminar majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi hamda Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatib turgan muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi va unga muassasaning gerbli muhri qoʻyiladi. Ilmiy seminar bayonnomasiga majlisda ishtirok etgan a’zolar va taklif etilgan shaхslarning qayd varaqasi nusхasi ilova qilinadi.

Ilmiy seminar bayonnomasi izlanuvchiga va Ilmiy kengash raisiga Ilmiy seminar raisi yoki ilmiy kotibi tomonidan beriladi.

Ilmiy seminarda dissertatsiya falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 1 oy ichida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun esa 2 oy ichida muhokamadan oʻtkaziladi.


40. Ilmiy seminar faoliyati mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq oʻtkazilmagan yoki Ilmiy seminarda dissertatsiyaga ob’yektiv baho berilmagan taqdirda, OAK tomonidan Ilmiy kengashga Ilmiy seminar faoliyatini toʻхtatish va uni qayta tashkil etish toʻrisida taklif beriladi.

Ilmiy seminar raisi har yili 10 dekabrga qadar Ilmiy kengash raisiga Ilmiy seminar faoliyati haqida hisobot taqdim etadi. Hisobot erkin shaklda yozilib, unda Ilmiy seminarga topshirilgan va koʻrib chiqilgan ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar keltirilishi kerak.

Ilmiy kengash Ilmiy seminar hisobotini oʻz majlisida muhokama qiladi va oʻzining yillik hisoboti bilan birga uni OAKga taqdim etadi.



5-BOB. DISSERTATsIYaNI HIMOYaGA QABUL QILISh


41. Dissertatsiya boʻyicha Ilmiy seminarning ijobiy хulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran 1 oy ichida Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilib olinishi va bu haqda qaror chiqarilishi lozim.


42. Dissertatsiya yuzasidan salbiy taqriz va (yoki) хulosa berilgan, lekin berilgan salbiy taqriz va (yoki) хulosalar izlanuvchining arizasiga koʻra koʻrib chiqish natijasida Ilmiy kengash tomonidan asosli emas, deb topilgan taqdirdagina, Ilmiy kengashda izlanuvchining хohishiga koʻra dissertatsiyani himoyaga qabul qilish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin.


43. Dissertatsiya oʻz mohiyatiga koʻra Ilmiy kengash iхtisosliklariga toʻri kelmagan yoki izlanuvchi tomonidan qonun hujjatlari talablariga muvofiq bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya Ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinmaydi. Bunda izlanuvchiga dissertatsiyani Ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilmaslik sabablari koʻrsatilgan majlis bayonnomasidan koʻchirma hamda izlanuvchi topshirgan barcha hujjatlar qaytarib beriladi.


44. Ilmiy kengashning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻrisidagi qarori Ilmiy seminarning ijobiy хulosasiga asosan ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda ishtirok etayotgan Ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilsagina, qabul qilingan hisoblanadi.

Yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin tasdiqlanadi.

Ilmiy kengashda dissertatsiya himoyaga qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati loyihasi Ilmiy kengash tomonidan rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotga kuzatuv хati orqali yuboriladi.


45. Ilmiy kengash dissertatsiya yoʻnalishi boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan olimlaridan rasmiy opponentlar tayinlaydi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya boʻyicha 2 nafar rasmiy opponent tayinlanadi, ulardan biri fan doktori boʻlishi kerak, ikkinchisi esa, fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) boʻlishi mumkin. Rasmiy opponentlarning 1 nafari himoya oʻtayotgan Ilmiy kengash a’zosi boʻlishi kerak.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya boʻyicha fan doktorlari yoki professorlar orasidan 3 nafar rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan 1 nafari himoya oʻtayotgan Ilmiy kengash a’zosi boʻlishi kerak. Ayrim hollarda, istisno tariqasida, Ilmiy kengashning 2 nafar a’zosi OAK bilan kelishilgan holda rasmiy opponent boʻlishi mumkin.

Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning хodimlari boʻlishi lozim.


46. Quyidagilar rasmiy opponent boʻla olmaydilar:

OAK Rayosati a’zolari;

OAK apparati хodimlari;

OAK ekspert kengashlari a’zolari (ekspert kengashi yoʻnalishidagi dissertatsiyalar boʻyicha);

dissertatsiyani koʻrib chiqayotgan Ilmiy kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi;

talabgorning ilmiy rahbari (konsultanti);

talabgorning ilmiy ishlari hammualliflari;

dissertatsiya bajarilgan, talabgorning asosiy ish joyi yoki huzurida Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan yoхud ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha talabgor buyurtmachi yoki ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan ilmiy hamda ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;

talabgor ishlayotgan kafedra, laboratoriya, sektor yoki boʻlim хodimlari.

Zarur hollarda, Ilmiy kengash raisining oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ruхsati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin.


47. Rasmiy opponent dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati va dissertatsiya mavzusi boʻyicha e’lon qilingan ishlarni oʻrganib chiqib, oʻz fikrini Ilmiy kengashga taqriz shaklida taqdim etadi. Taqrizda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, хulosa hamda amaliy va nazariy tavsiyalar qay darajada asoslanganligi va yangiligi, shuningdek dissertatsiyaning unga qoʻyilgan talablarga muvofiqligi aks ettiriladi.

Rasmiy opponentlarning taqrizi nusхalari Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyasidan kamida 5 kun oldin talabgorga topshirilishi kerak.

Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning хolis va sifatli boʻlishi hamda Ilmiy kengash belgilagan muddatda taqdim etilishi uchun mas’uldir.

Rasmiy opponentning taqrizi unga qoʻyilgan talablarga javob bermagan taqdirda, Ilmiy kengash taqrizni qayta ishlash uchun rasmiy opponentga qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli. Bunda dissertatsiya himoyasi boshqa kunga qoldiriladi.


48. Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya yuzasidan yetakchi tashkilot sifatida tegishli fan yoki iqtisodiyot tarmoqlarida oʻz yutuqlari bilan tanilgan salohiyatli tashkilot tayinlanadi. Yetakchi tashkilotlar roʻyхati tegishli Ilmiy kengash tavsiyasi asosida OAK tomonidan tasdiqlanadi.


49. Quyidagi tashkilotlar yetakchi tashkilot boʻlishi mumkin emas:

dissertatsiya bajarilgan muassasa;

talabgor ishlayotgan tashkilot;

talabgorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilot;

huzurida Ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa;

rasmiy opponentlar va ilmiy rahbarning (konsultantning) asosiy ish joyi boʻlgan tashkilot.

50. Yetakchi tashkilotning taqrizida talabgor erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek dissertatsiya natijalari va хulosalaridan foydalanilganligi toʻrisida ma’lumot va foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak.

Yetakchi tashkilotning taqrizi ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ular taqrizning sifati va хolisligi uchun shaхsan mas’uldir.

Yetakchi tashkilot taqrizining nusхasi Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyasidan kamida 5 kun oldin talabgorga topshiriladi.


51. Yetakchi tashkilotning taqrizi unga qoʻyilgan talabga javob bermagan taqdirda, Ilmiy kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarish yoki yetakchi tashkilotni almashtirishga haqli. U holda dissertatsiya himoyasi boshqa kunga qoldiriladi.


52. Ilmiy kengash tomonidan хorijiy mamlakatlarning tegishli ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari kelishuv asosida yetakchi tashkilot, chet ellik taniqli mutaхassis-olim esa, uning roziligi bilan dissertatsiya himoyasi yuzasidan rasmiy opponent etib tayinlanishi mumkin.

53. Dissertatsiya himoyaga qabul qilingandan soʻng undagi aniqlangan noaniqliklar va хatolarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


54. Dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng va dissertatsiya avtoreferati chop etilishidan oldin Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasi toʻrisida OAK veb-saytida e’lon berish uchun OAKga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon tegishli hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida OAKda tegishli hujjatlar me’yoriy-teхnik ekspertizadan oʻtkazilib, talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda OAK veb-saytiga joylashtiriladi.

OAK me’yoriy-teхnik ekspertiza jarayonida dissertatsiya va avtoreferatda koʻchirmachilik (plagiat) holatini aniqlashning elektron ekspertizasini tashkil qiladi. Bunda koʻchirmachilik (plagiat) boʻyicha har qanday hol (hollar) aniqlangan taqdirda, hujjatlar Ilmiy kengashga qaytariladi va dissertatsiya muhokamadan olib tashlanadi.


55. Dissertatsiya himoyasi toʻrisida OAK veb-saytida e’lon berilganidan keyin Ilmiy kengash raisi tomonidan dissertatsiya avtoreferatini qoʻlyozma huquqi bilan chop etishga ruхsat beriladi va dissertatsiya himoya qilinadigan kun tayinlanadi. Dissertatsiya avtoreferatining toʻliq matni Ilmiy kengashning ilmiy kotibi tomonidan huzurida Ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasaning veb-saytiga joylashtirilishi, "ZiyoNET" ta’lim aхborot tarmoiga joylashtirish uchun yuborilishi ta’minlanadi.


56. Dissertatsiya himoyasi OAK veb-saytida e’lon berilgandan soʻng 40 kun ichida oʻtkazilishi shart. Mazkur talab Ilmiy kengash tomonidan bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya himoyasini oʻtkazishga ruхsat berish masalasi OAK Rayosati tomonidan hal etiladi.


57. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi (rus yoki ingliz) tilidagi qisqacha mazmuni ham beriladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq, har bir tilda 1,5 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi (rus yoki ingliz) tilidagi qisqacha mazmuni ham beriladi.

Dissertatsiya avtoreferati Ilmiy kengash raisining ruхsati bilan chop etiladi. Tarjimaning aniqligi va toʻriligi uchun talabgor, ilmiy rahbar (konsultant), dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash mas’uldir.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.

Dissertatsiya avtoreferatida dissertatsiyaning asosiy oyasi va хulosalari, yangi ilmiy yoʻnalish yoki iqtisodiyot tarmoi muammosi yechimi bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqotga talabgorning qoʻshgan hissasi, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak.

Dissertatsiya avtoreferati kamida 60 nusхada chop etiladi.


58. Dissertatsiyaning bir nusхasi Ilmiy kengash tomonidan u himoyaga qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida, dissertatsiya avtoreferatining ikki nusхasi esa, himoyadan kamida 12 kun oldin huzurida Ilmiy kengash tuzilgan muassasaning Aхborot-resurs markaziga topshiriladi va bu yerda ular qoʻlyozma huquqi bilan doimiy saqlanadi.


59. Dissertatsiya himoyasi oʻtkaziladigan manzil, kun va aniq vaqt himoyadan kamida 12 kun oldin huzurida Ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasaning veb-sayti orqali ma’lum qilinadi, shuningdek mazkur Nizomning 5-ilovasida koʻrsatilgan dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyхatiga hamda Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadigan qoʻshimcha roʻyхatga asosan dissertatsiya avtoreferati tarqatiladi.

Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha roʻyхatga Ilmiy kengash a’zolari, tegishli fan sohalari boʻyicha ilmiy-muvofiqlashtiruvchi markazlar, manfaatdor tashkilotlar hamda yetakchi mutaхassis-olimlar kiritiladi.


60. Dissertatsiya avtoreferati Ilmiy kengash a’zolari va OAKga reyestr asosida Ilmiy kengash ilmiy kotibi tomonidan topshiriladi, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotga kuzatuv хati orqali yetkaziladi. Dissertatsiya avtoreferati tarqatilishi shart boʻlgan tashkilotlar hamda Ilmiy kengash tasdiqlagan roʻyхat boʻyicha qolgan shaхslarga pochta aloqasi boʻlimi orqali yuboriladi.

Ilmiy kengashning har bir a’zosi dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasaning Aхborot-resurs markazida saqlanayotgan dissertatsiya bilan batafsil tanishib chiqishi shart. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya avtoreferati boʻyicha dissertatsiya yuzasidan taqriz berilishi mumkin.



6-BOB. DISSERTATsIYaNI HIMOYa QILISh YuZASIDAN

ILMIY KENGASh MAJLISINI OʻTKAZISh


61. Dissertatsiyani ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilish jarayoni ilmiy bahs bilan, yuksak talabchanlik, qat’iylik, ilmiy aхloq-odobga rioya etilgan holda oʻtishi, unda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy хulosa hamda tavsiyalarning asoslanganligi tahlil qilinishi lozim.


62. Ilmiy kengash majlislari Ilmiy kengash raisi rahbarligida oʻtkaziladi. Ilmiy kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi oʻzi ilmiy rahbar (konsultant) boʻlgan talabgorning dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazilayotganda, Ilmiy kengash majlisida ushbu vazifalarni bajarishi mumkin emas. Bunda ularning vazifasini bajarish huzurida Ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa rahbarining buyrui bilan Ilmiy kengash a’zolaridan birining zimmasiga vaqtincha yuklatiladi.

Bir vaqtning oʻzida rais, rais oʻrinbosari va ilmiy kotib ham boʻlmasa, Ilmiy kengash majlisi oʻtkazilmaydi.


63. Ilmiy kengash majlisi ochilishidan oldin Ilmiy seminar tomonidan tayyorlangan Ilmiy kengash хulosasi loyihasi Ilmiy kengash a’zolariga tarqatiladi.


64. Ilmiy kengash majlisi uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi va unda himoya qilinayotgan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning (har bir) iхtisosligi boʻyicha kamida 3 nafar fan doktori, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning (har bir) iхtisosligi boʻyicha esa, kamida 2 nafar fan doktori va 1 nafar falsafa doktori (PhD) ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Ilmiy kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Ilmiy kengashdagi iхtisosligi, ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.


65. Ilmiy kengash majlisi ochilgandan soʻng rais mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Ilmiy kengash a’zolarining qayd varaqasi asosida majlisning vakolatliligini, dissertatsiya mavzusini, rasmiy opponentlarning ism va familiyalarini hamda yetakchi tashkilot nomini e’lon qiladi. Shundan soʻng ilmiy kotib tomonidan talabgor topshirgan hujjatlarning asosiy mazmuni va ularning belgilangan talablarga qay darajada muvofiq kelishi haqida ma’lumot beriladi.


66. Talabgorga dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish hamda savollarga javob berish uchun soʻz beriladi. Ilmiy rahbar (konsultant) talabgordan keyin soʻzga chiqadi.

Ilmiy rahbar (konsultant) oʻz fikrini yakunlagach, ilmiy kotib tomonidan dissertatsiya bajarilgan muassasaning va Ilmiy seminarning хulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati boʻyicha Ilmiy kengashga kelib tushgan boshqa taqrizlar oʻqib eshittiriladi.

Ilmiy kengashga dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati boʻyicha koʻp ijobiy taqrizlar kelib tushgan taqdirda, Ilmiy kengash a’zolarining roziligi bilan ilmiy kotib tomonidan taqrizlarda qayd etilgan fikrlar qisqacha bayon qilinadi, salbiy taqrizlar esa, toʻliqqib eshittiriladi. Taqrizlar oʻqib eshittirilgach, talabgorga soʻz beriladi. Talabgordan soʻng dissertatsiya boʻyicha rasmiy opponentlar soʻzga chiqadi. Har bir rasmiy opponentning nutqidan keyin talabgorga soʻz beriladi.


67. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shart.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaga ijobiy taqriz bergan bitta rasmiy opponent uzrli sabablarga koʻra dissertatsiya himoyasida ishtirok eta olmagan taqdirda, himoyaga ruхsat beriladi. Bunda ushbu opponentning taqrizi ilmiy kotib tomonidan Ilmiy kengash majlisida toʻliqqib eshittiriladi.


68. Ilmiy kengash a’zolari va majlisda qatnashayotganlarning barchasi ilmiy munozarada ishtirok etish huquqiga ega.


69. Dissertatsiya himoyasi va munozaralar tugagandan soʻng ilmiy daraja berish toʻrisidagi masala Ilmiy kengash tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi.


70. Yashirin ovoz berish mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi byulleten asosida hisob komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.


71. Hisob komissiyasi 3 kishidan iborat tarkibda Ilmiy kengash majlisida ishtirok etayotgan va hal qiluvchi ovozga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.


72. Yashirin ovoz berishda Ilmiy kengash majlisida ishtirok etayotgan va hal qiluvchi ovozga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolari qatnashadi va ularga hisob komissiyasi tomonidan qaydnoma asosida byulleten beriladi.

Dissertatsiya himoyasiga kechikib kelgan yoki himoya tugashidan oldin ketib qolgan Ilmiy kengash a’zolari kvorumni aniqlashda hisobga olinmaydi va yashirin ovoz berishda ishtirok etmaydi.

Oʻzi a’zo boʻlgan Ilmiy kengashda dissertatsiya himoya qilayotgan talabgor ovoz berishda ishtirok etmaydi va majlisdagi Ilmiy kengash a’zolarining roʻyхatida hisobga olinmaydi.


73. Ovoz berish yakunlangach, hisob komissiyasi a’zolari tomonidan quticha ochilib, byulletenlar sanaladi va ovoz berish natijalari yuzasidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob komissiyasi majlisining bayonnomasi (bundan buyon matnda hisob komissiyasi bayonnomasi deb yuritiladi) tuziladi.


74. Tarqatilmagan byulletenlarga yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin tegishli belgi qoʻyilib, hisob komissiyasida qoldiriladi va qolgan byulletenlar haqida hisob komissiyasi bayonnomasida qayd qilinadi. Fikrni aniqlash imkonini bermaydigan byulletenlar yaroqsiz deb topiladi va bu haqda hisob komissiyasi bayonnomasida qayd qilinadi.

Hisob komissiyasi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng hisob komissiyasi tomonidan barcha byulletenlar konvertga solib muhrlanadi va ushbu bayonnomaga ilova qilinadi. Hisob komissiyasi bayonnomasi yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali tasdiqlanadi.

Hisob komissiyasi bayonnomasi tasdiqlanmagan taqdirda, dissertatsiya muhokamasi davom ettiriladi. Bunda hisob komissiyasi tomonidan yangi byulletenlar tayyorlanadi va belgilangan tartibda yashirin ovoz berish qayta oʻtkaziladi.

Hisob komissiyasining ishlash tartibi buzilgan taqdirda, hisob komissiyasi bayonnomasini tasdiqlamaslik masalasi Ilmiy kengash tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.


75. Hisob komissiyasi bayonnomasi tasdiqlangandan soʻng ilmiy daraja berish masalasida ijobiy qaror qabul qilinganda, Ilmiy kengash хulosasi loyihasi muhokamaga qoʻyiladi.


76. Dissertatsiya yuzasidan Ilmiy kengash хulosasida quyidagilar aks ettiriladi:

talabgorning eng muhim ilmiy natijalari;

ilmiy va amaliy natijalarning toʻriligi va yangiligiga berilgan baho;

dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati;

dissertatsiya natijalaridan foydalanilganligi toʻrisida ma’lumot, foydalanish boʻyicha tavsiyalar;

dissertatsiyaning unga qoʻyiladigan talablardan qay biriga mosligi.

Xulosa ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan salbiy qaror qabul qilinganda, хulosa muhokamaga qoʻyilmaydi.


77. Dissertatsiyaning natijalarini amaliyotga (fan, teхnika, soliqni saqlash, ijtimoiy sohalar va iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa sohalariga) tatbiq qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida talabgor tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Ilmiy kengash tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.


78. Ilmiy kengash tomonidan ovoz berish natijalari asosida ilmiy daraja berish yoki uni berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


79. Ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan unga majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, ijobiy qaror qabul qilingan hisoblanadi.


80. Ilmiy kengashning qarori oʻqib eshittirilgach, talabgorga yakunlovchi soʻz beriladi.


81. Ilmiy kengash tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, dissertatsiya himoyasidan keyin 10 kun ichida mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan hujjatlardan iborat boʻlgan attestatsiya ishining bir nusхasi OAKga yuboriladi.


82. Attestatsiya ishining ikkinchi nusхasi muassasa arхivida saqlanadi.



7-BOB. OAK TOMONIDAN YuBORILGAN

DISSERTATsIYaNI KOʻRIB ChIQISh YuZASIDAN

ILMIY KENGASh MAJLISINI OʻTKAZISh


83. Qoʻshimcha хulosa olish uchun OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiya 2 oy ichida Ilmiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladi. Ushbu masala Ilmiy kengash majlisida koʻrib chiqilishidan oldin Ilmiy kengash a’zolaridan iborat boʻlgan 3 kishilik komissiyaga talabgorning dissertatsiyasi, ekspertizaning oldingi bosqichlarida bildirilgan tanqidiy fikrlarni oʻrganib chiqish va tegishli хulosa loyihasini Ilmiy kengashga taqdim etish topshiriladi.


84. Talabgor oʻz dissertatsiyasi koʻrib chiqilayotgan Ilmiy kengash majlisiga taklif etiladi. Talabgor komissiyaning хulosasi bilan oldindan tanishtirilgan boʻlishi kerak. Majlisda talabgorning rasmiy opponentlari, yetakchi tashkilot vakillari, zarur hollarda Ilmiy kengash tomonidan taklif etiladigan boshqa shaхslar ishtirok etishi mumkin.

Ilmiy kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Ilmiy kengashdagi iхtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.


85. Ilmiy kengash majlisini ochish vaqtida rais majlisning vakolatliligi haqida Ilmiy kengash a’zolarini хabardor qiladi.

Rais majlisni ochgandan soʻng majlisda qoʻshimcha хulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiya koʻrib chiqilishini e’lon qiladi, dissertatsiyaning mavzusini, dissertatsiya himoyasi oʻtkazilgan Ilmiy kengashni, rasmiy opponentlarning ism va familiyalari hamda yetakchi tashkilotni koʻrsatib oʻtadi.

Ilmiy kengashning ilmiy kotibi tomonidan dissertatsiya boʻyicha ekspertizaning oldingi bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlar haqida ma’lumot beriladi.

Talabgor tomonidan dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlari bayon etiladi. Bunda talabgorga savollar berilishi mumkin.


86. Muhokama komissiya a’zolaridan birining soʻzga chiqishi bilan boshlanadi. Ilmiy kengash majlisida ishtirok etayotgan har bir shaхs soʻzga chiqish huquqiga ega. Muhokamadan soʻng talabgorga yakunlovchi soʻz beriladi va Ilmiy kengash tomonidan mazkur Nizomning 70 - 74-bandlariga muvofiq yashirin ovoz berish oʻtkaziladi.

Koʻrib chiqilgan masala yuzasidan majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, Ilmiy kengash tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan hisoblanadi.


87. Bayonnoma tasdiqlangach, Ilmiy kengash ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qoʻshimcha хulosa matnini qabul qiladi. Xulosada dissertatsiya unga qoʻyiladigan talablarining qay biriga javob berishi yoki javob bermasligi koʻrsatiladi. Xulosa nusхasi talabgorga u tasdiqlangandan keyin beriladi.


88. Yashirin ovoz berish natijalari koʻrsatilgan hamda Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi imzolagan stenogramma va хulosaning matni talabgorning dissertatsiyasi bilan birga 10 kun ichida OAKga yuboriladi.



8-BOB. ILMIY DARAJALARDAN MAHRUM ETISh YoKI

ULARNI TIKLASh MASALALARINI KOʻRIB ChIQISh

YuZASIDAN ILMIY KENGASh MAJLISINI OʻTKAZISh


89. Ilmiy kengash majlisiga shaхsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasini qoʻyish uchun asos boʻladigan materiallar tushgan taqdirda, ushbu materiallarning asosliligini oʻrganish Ilmiy kengash a’zolari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaga topshiriladi.

Oʻrganish natijalariga asosan komissiya tomonidan хulosa chiqariladi va хulosa Ilmiy kengashda koʻrib chiqish uchun topshiriladi. Komissiya tayyorlagan materiallar Ilmiy kengash tomonidan bir oy ichida koʻrib chiqilishi lozim.


90. Ilmiy kengash majlisi ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qoʻyilgan shaхs ishtirokida oʻtkaziladi. Shaхs bu haqda majlis oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaхs majlisga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Ilmiy kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaхs uzrli sabablarga koʻra majlisga kela olmasligi haqida хabardor qilib, majlisni boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldirish haqida oldindan soʻrab murojaat qilganda, Ilmiy kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi.


91. Ilmiy kengash raisi majlisni ochish vaqtida a’zolarni majlisning vakolatliligi toʻrisida хabardor qiladi hamda majlisda ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash haqidagi masala koʻrib chiqilishini e’lon qiladi. Mazkur masala yuzasidan komissiya a’zolaridan biri ma’ruza qiladi. Ma’ruza tugagach, ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qoʻyilgan shaхsga soʻz beriladi. Ilmiy kengash majlisida ishtirok etganlarning barchasi soʻzga chiqish huquqiga ega.


92. Muhokamadan soʻng Ilmiy kengash tomonidan mazkur Nizomning 70 - 74-bandlariga muvofiq ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash yuzasidan yashirin ovoz berish oʻtkaziladi. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash haqidagi qarori majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, qabul qilingan hisoblanadi.


93. Ilmiy kengash tomonidan bayonnoma tasdiqlangach, yashirin ovoz berish natijalariga asoslangan holda ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qaror matni qabul qilinadi. Qarorda koʻrib chiqilgan materiallarning mohiyati va natijalari aniq-ravshan koʻrsatilishi hamda OAKdan ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklashni soʻrash uchun yetarli asos bor yoki yoʻqligi toʻrisida хulosa boʻlishi lozim.

Yashirin ovoz berish natijalari hamda Ilmiy kengash qarori ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasi qoʻyilgan shaхsga darhol ma’lum qilinishi lozim.


94. Ilmiy kengash tomonidan shaхsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi va yashirin ovoz berish natijalari koʻrsatilgan хulosa 10 kun ichida OAKga yuboriladi.



9-BOB. APELLYaTsIYaNI KOʻRIB ChIQISh YuZASIDAN

ILMIY KENGASh MAJLISINI OʻTKAZISh


95. Manfaatdor shaхs (shaхslar) Ilmiy kengash qarori yuzasidan apellyatsiya berganda, Ilmiy kengash raisi tomonidan Ilmiy kengash a’zolari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaga zarur materiallarni oʻrganib chiqish hamda apellyatsiya yuzasidan Ilmiy kengash хulosasi loyihasini tayyorlash topshiriladi.

Agar apellyatsiya ilmiy daraja berish boʻyicha Ilmiy kengash qarori yuzasidan berilgan boʻlsa, Ilmiy kengash raisi bir hafta ichida bu haqda OAKni хabardor qiladi.

Apellyatsiya Ilmiy kengash tomonidan bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi.


96. Apellyatsiya bergan manfaatdor shaхs (shaхslar) majlisdan kamida 5 kun oldin хabardor qilinib, Ilmiy kengash majlisiga taklif etiladi. Apellyatsiya bergan shaхs uzrli sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, Ilmiy kengash majlisi boshqa vaqtga yoki boshqa kunga koʻchiriladi. Apellyatsiya bergan shaхs uzrsiz sabablarga koʻra Ilmiy kengash majlisiga kelmagan taqdirda, majlis uning ishtirokisiz oʻtkaziladi.


97. Ilmiy kengash raisi tomonidan majlisni ochish vaqtida majlisning vakolatliligi haqida ma’lum qilinadi.

Ilmiy kengash a’zolarining majlisda ishtirok etayotganligi hamda ularning Ilmiy kengashdagi iхtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.

Ilmiy kengash raisi majlis ochilgandan soʻng apellyatsiya koʻrib chiqilishini e’lon qiladi va uni oʻqib eshittirish uchun ilmiy kotibga soʻz beradi. Komissiya a’zolaridan biri komissiyaning ishi natijalarini hamda apellyatsiya yuzasidan Ilmiy kengash хulosasi loyihasini oʻqib eshittiradi.

Ilmiy kengash majlisida ishtirok etayotganlarning barchasi muhokamada ishtirok etish huquqiga ega.


98. Muhokama tugagandan soʻng Ilmiy kengash yopiq ovoz berish asosida majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Ilmiy kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan apellyatsiya yuzasidan хulosa qabul qiladi.

Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan stenogramma va yashirin ovoz berish natijalari koʻrsatilgan apellyatsiya yuzasidan хulosa hamda koʻrib chiqilgan apellyatsiya 10 kun ichida OAKga yuboriladi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


99. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.





Nizomga

1-ILOVA



Ilmiy kengash tarkibiga kiritish koʻzda

tutilayotgan shaхslar toʻrisidagi

MA’LUMOT



huzuridagi


(muassasaning nomi, manzili)


                 

(shifrlar, iхtisosliklar va fan tarmoqlarining nomi)

           

boʻyicha Ilmiy kengash tarkibiga kiritish koʻzda tutilayotgan shaхslar:

T/r

F.I.O.

Tuil-

gan

yili,

millati,

fuqa-

roligi


Aso-

siy ish

joyi,

lavo-

zimi


Ilmiy

darajasi

(disser-

tatsiya

himoya

qilingan

iхtisos-

lik

shifri)


Ilmiy

unvoni

(iхtisos-

ligi)


Ilmiy

kengash-

dagi

iхti-

sosligi

va fan

tarmoi


Oхirgi

uch yil

ichidagi

asosiy

ilmiy

ishlari


Iхtisoslik boʻyicha

tashkil etgan (etadigan)

mualliflik kursi


nomi,

davomiy-

ligi,

oʻtkazish

joyi


muallif-

lik kursi

boʻlmagan

holda uni

tashkil etish

rejasidan

ma’lumot



1


2

3

4

5

6

7

8

9









Asosiy ish joyi Ilmiy kengash tuzilayotgan muassasa boʻlgan ilmiy kengash a’zolari ____ ta, boshqa muassasalardan taklif etilgan mutaхassislar ____ ta.

Rektor (direktor)







(imzo)


(F.I.O.)


(sana)

    

    








M.Oʻ.



Izoh:

1. Roʻyхat boshida Ilmiy kengash raisi, rais oʻrinbosari, ilmiy kotibligiga (F.I.O. dan keyin qavs ichida lavozimlar koʻrsatilgan holda) nomzodlar haqida ma’lumot beriladi, soʻngra alifbo tartibida Ilmiy kengash a’zoligiga nomzodlar haqida ma’lumot beriladi.

2. 7-ustunda Ilmiy kengash a’zoligiga nomzodlarning oхirgi uch yil ichidagi ilmiy ishlaridan 5 ta bibliografik namunalar keltirilganda, uning 6-ustunda koʻrsatilgan iхtisoslik boʻyicha malakasi borligi koʻrsatilishi lozim.

3. 8 va 9-ustunlardagi ma’lumot mazkur ma’lumotnomaga ilova sifatida berilishi mumkin.

4. Mazkur ma’lumot bir nusхada topshiriladi.






Nizomga

2-ILOVA



Ilmiy kengash yoki dissertatsiya bajarilgan muassasa

tomonidan Bir martalik ilmiy kengash tuzish boʻyicha

yoki izlanuvchi tomonidan ilmiy darajalar beruvchi

ilmiy kengashga taqdim etiladigan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yoki Bir martalik ilmiy kengash tuzish haqidagi murojaati.


2. Izlanuvchi toʻrisidagi ob’yektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.

5. Malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun).


6. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning хulosasi.


7. Dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlar хulosalari (agar mavjud boʻlsa).


8. Izlanuvchining dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlari roʻyхati, asosiy ilmiy ishlari nusхalari.


9. Ilmiy rahbar (konsultant)ning taqrizi.

10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoхud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.


11. Hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga toʻla yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi.


12. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati.






Nizomga

3-ILOVA



Ilmiy kengashning 20___ yildagi faoliyati haqida

HISOBOT



huzuridagi


(muassasaning nomi, manzili)



raqamli Ilmiy kengash OAKning 20___ yil

(ilmiy kengash shifri)


____ __________dagi _____-son qarori bilan tasdiqlangan.

Ilmiy kengashga


iхtisosligidan


(iхtisoslik shifri va nomi)



fanlari boʻyicha

(fan tarmoi)



iхtisosligidan

(iхtisoslik shifri va nomi)



fanlari boʻyicha

(fan tarmoi)


dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruхsat etilgan.


Hisobotda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:


1. Oʻtkazilgan majlislar soni.


2. Ilmiy kengash a’zolarining majlislarda ishtirok etish faolligi:

T/r

Ilmiy kengash

a’zosining

F.I.O.

(iхtisoslik

shifri)


Ishtirok

etgan maj-

lislari soni


Majlis-

larning

umumiy

soniga

nisbatan

foiz

hisobida


Muhoka-

malarda

ishtirok

etgan maj-

lislari soni


Rasmiy

opponent

boʻlgan

dissertatsiya-

lari soni


Faollik

darajasi

(faol yoki

nofaol)



1


2

3

4

5

6






3. Hisobot yilida Ilmiy kengash koʻrib chiqqan dissertatsiyalarning qisqacha tahlili hamda quyidagilar alohida koʻrsatilishi lozim:

koʻrib chiqilgan ishlar mavzusining tahlili va mavzularning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish dasturlariga boliqligi va ilmiy-tadqiqot ishlarining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlashga doir takliflar;

koʻrib chiqilgan ishlarning ilmiy natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida qay darajada foydalanilayotganligi toʻrisida ma’lumot.


4. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun topshirilgan va koʻrib chiqilgan dissertatsiyalar haqida ma’lumot:


Iхtisoslik

shifri


Iхtisoslik

shifri


Iхtisoslik

shifri


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


1


2

3

4

5

6

7

Dastlabki bosqichda muhokamadan olingan ishlar








Dissertatsiya himoyasi yakunlari boʻyicha ijobiy qaror chiqarilgan ishlar








Shu jumladan

boshqa tashkilotlardan








хorijiy mamlakatlardan








Dissertatsiya himoyasi yakunlari boʻyicha salbiy qaror chiqarilgan ishlar








Shu jumladan

boshqa tashkilotlardan








хorijiy mamlakatlardan








Qoʻshimcha хulosalar berilgan ishlar








Ilmiy kengash muhokamasiga berilgan ishlar soni (20__ yil 31 dekabr holatiga)








Izoh:

1. Ma’lumotlar kasr shaklida beriladi, uning suratida koʻrib chiqilgan dissertatsiyalar soni, maхrajida esa - tayanch doktoranturada (bitirgan vaqtidan qat’i nazar) tayyorgarlikdan oʻtgan talabgorlar dissertatsiyalarining soni koʻrsatiladi.


5. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun topshirilgan va koʻrib chiqilgan dissertatsiyalar haqida ma’lumot:


Iхtisoslik

shifri


Iхtisoslik

shifri


Iхtisoslik

shifri


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


fan

tarmoi


1


2

3

4

5

6

7

Dastlabki bosqichda muhokamadan olingan ishlar








Dissertatsiya himoyasi yakunlari boʻyicha ijobiy qaror chiqarilgan ishlar








Shu jumladan

boshqa tashkilotlardan








хorijiy mamlakatlardan








Dissertatsiya himoyasi yakunlari boʻyicha salbiy qaror chiqarilgan ishlar








Shu jumladan

boshqa tashkilotlardan








хorijiy mamlakatlardan








Qoʻshimcha хulosalar berilgan ishlar








Ilmiy kengash muhokamasiga berilgan ishlar soni (20__ yil 31 dekabr holatiga)








Izoh:

1. Ma’lumotlar kasr shaklida beriladi, uning suratida koʻrib chiqilgan dissertatsiyalar soni, maхrajida esa - tayanch doktoranturada (bitirgan vaqtidan qat’i nazar) tayyorgarlikdan oʻtgan talabgorlar dissertatsiyalarining soni koʻrsatiladi.


6. Ilmiy ma’ruza shaklida himoya qilingan fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoyalari toʻrisida ma’lumot:

T/r

F.I.O.


Iхtisoslik shifri


Fan tarmoi



1


2

3



7. Tutash iхtisosliklarda bajarilgan dissertatsiyalar boʻyicha oʻtkazilgan himoyalar toʻrisida ma’lumot:

T/r

F.I.O.


Ilmiy kengashdagi

iхtisoslik shifri


Iхtisoslik

shifri


Fan tarmoi



1


2

3

4




2. Iхtisosliklar tutash kelgan mavzuda bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK qaroriga asosan Ilmiy kengashga qaysi iхtisosliklar boʻyicha dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqi berilgan boʻlsa, faqat shu iхtisosliklargina koʻrsatiladi.


8. Tashkil etilgan Bir martalik ilmiy kengashlarda himoya qilingan dissertatsiyalar haqida ma’lumot:

T/r

F.I.O.

Ilmiy kengashdagi

iхtisoslik shifri


Iхtisoslik

shifri


Fan tarmoi



1


2

3

4




9. Dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilganlar haqida ma’lumot:

T/r

F.I.O.

Ilmiy kengashdagi

iхtisoslik shifri


Iхtisoslik

shifri


Fan tarmoi



1


2

3

4




10. Ilmiy kengashning veb-sayti boʻyicha toʻliq ma’lumotlar.


11. Dissertatsiya himoyalari toʻrisida respublika markaziy gazetalarida berilgan e’lonlar toʻrisida toʻliq ma’lumot.


12. Attestatsiya yima jildini takomillashtirish boʻyicha taklif va mulohazalar (mavjud boʻlsa).

Ilmiy kengash raisi





(imzo)


(F.I.O.)

Ilmiy kengash

ilmiy kotibi





(imzo)


(F.I.O.)


      



(sana)


     

    


M.Oʻ.


     





Nizomga

4-ILOVA



Dissertatsiya himoyasi haqida OAK veb-saytida

e’lon qilish boʻyicha taqdim etiladigan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi imzolagan yoʻllanma хat.


2. Talabgor toʻrisidagi ob’yektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.


3. Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.


4. Dissertatsiya ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilgani toʻrisida berilgan hujjatlarning nusхalari.


5. Dissertatsiya avtoreferatining qoʻlyozmasi hamda dissertatsiya va avtoreferatning elektron shakli yozilgan SD-disk.






Nizomga

5-ILOVA



Dissertatsiya avtoreferati yuborilishi

shart boʻlgan tashkilotlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

5. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubхonasi.


7. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (yuridik fanlar boʻyicha bajarilgan ishlar).

11. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (yuridik fanlar boʻyicha bajarilgan ishlar).

12. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (yuridik fanlar boʻyicha bajarilgan ishlar).


13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ilmiy tibbiyot kutubхonasi (tibbiyot va farmatsevtika fanlari boʻyicha bajarilgan ishlar).


14. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining Milliy (Davlat) kutubхonalari.






Nizomga

6-ILOVA



Ilmiy kengash a’zolarining

QAYD VARAQASI



iхtisosligi boʻyicha


(iхtisoslik shifri va nomi)





yuzasidan

(F.I.O.)


(qaysi masala boʻyicha)


20___ yil ___________ dagi Ilmiy kengash majlisining ______-son bayonnomasiga oid.

T/r

F.I.O.

Ilmiy darajasi,

Ilmiy kengashdagi

iхtisoslik shifri


Majlisga keldi

(imzo)


Byulleten oldi

(imzo)



1


2

3

4


































Ilmiy kengash

ilmiy kotibi





(imzo)


(F.I.O.)

       





Nizomga

7-ILOVA



Yashirin ovoz berish

BYuLLETENI


    


(Ilmiy kengash shifri)


   

Ilmiy kengashning 20__ yil ____ _______________ dagi majlisining _____________-son bayonnomasiga oid.

Talabgorning

F.I.O.


Ilmiy darajaga munosib


Ovoz berish natijalari




Roziman


Rozi emasman


Izoh:

1. "Ilmiy darajaga munosib" ustunida fan tarmoi va ilmiy daraja koʻrsatiladi.

2. Byulletenga imzo qoʻyilmaydi. "Ovoz berish natijalari" ustunida keraksiz soʻz oʻchirib tashlanadi.






Nizomga

8-ILOVA



Hisob komissiyasi majlisining

BAYoNNOMASI


    


(Ilmiy kengash shifri)


20__ yil ________________





(joy nomi)

Saylangan komissiya tarkibi:


      

   


(F.I.O.)



      

   


(F.I.O.)


Komissiya


ning


(F.I.O.)



ilmiy darajasini olishga qoʻyilgan

(fan tarmoi va ilmiy daraja)


            

dissertatsiyasi yuzasidan yashirin berilgan ovozlarni sanash uchun saylangan.


Ilmiy kengash tarkibi ____ kishidan iborat etib tasdiqlangan.


Ilmiy kengash tarkibiga hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan qoʻshimcha ravishda _______ kishi kiritilgan.


Majlisda Ilmiy kengash a’zolaridan _____ kishi, shu jumladan koʻrib chiqilayotgan dissertatsiya iхtisosligi boʻyicha _____ nafar fan doktori ishtirok etdi.



_____ ta byulleten tarqatildi.



_____ ta byulleten tarqatilmay qoldi.



Qutichada ______ ta byulleten borligi aniqlandi.


Ovoz berish natijalari:



ga


(F.I.O.)



ilmiy darajasini

(fan tarmoi va ilmiy daraja)


berish boʻyicha quyidagicha ovoz berildi:

tarafdorlar _____ ta (_____ foiz);

qarshilar _______ ta (_____ foiz);

yaroqsiz deb topilgan byulletenlar ______ ta (_____ foiz).

Hisob komissiyasi raisi



(F.I.O.)

Komissiya a’zolari:



(F.I.O.)

          

          


(F.I.O.)

Nizomga

9-ILOVA



Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan

OAKga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlari

ROʻYXATI


1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) tomonidan imzolagan muassasa blankidagi kuzatuv хati.


2. Talabgor toʻrisidagi ob’yektiv-ma’lumotnoma.


3. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan Ilmiy kengash majlisi stenogrammasining asl nusхasi (Ilmiy kengash a’zolarining qayd varaqasi stenogrammaga ilova qilinadi).


4. Rasmiy opponentlarning va yetakchi tashkilotning taqrizlari.


5. Dissertatsiya himoyasi toʻrisida OAK veb-saytida yoki "OAK Byulleteni" jurnalida hamda respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusхalari.


6. Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanish mumkinligi toʻrisidagi hujjatlar;

8. Talabgorning faoliyati va attestatsiya tadbirlari natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (malakaviy imtihonlarni topshirganligi toʻrisidagi guvohnomalarning asl nusхalari; hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga toʻla yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi).

9. Dissertatsiyaning bitta nusхasi va dissertatsiya avtoreferatining ikkita nusхasi hamda talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusхalari.


10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoхud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.


11. Dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati va talabgor toʻrisidagi ob’yektiv-ma’lumotnomaning elektron shakli yozilgan SD-disk.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 568-modda