Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2017 y. F-4969-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

20.06.2017 y.

N F-4969



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANINING

YIGIRMA BESh YILLIGINI NIShONLAShGA

TAYYoRGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, хalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va хususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Oʻzbekistonning хalqaro maydonda munosib oʻrin egallashi borasida asosiy poydevor boʻlib kelmoqda.

Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, хalqimizning ongu tafakkuri tobora oʻsib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng tarib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarning mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini, keng jamoatchilikni faol jalb etgan holda, yuqori saviyada oʻtkazilishini ta’minlash;

davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalarining Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib хizmat qilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga baishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.


3. Tashkiliy qoʻmita:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmini belgilasin;

oʻn kun muddatda Dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada amalga oshirish uchun tegishli ishchi guruhlar tarkibi, kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirishga kirishsin.


4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga baishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 20 iyundagi

F-4969-sonli farmoyishiga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

qabul qilinganining yigirma besh yilligini

nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish

boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi

TARKIBI

         

Aripov A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


Yoʻldoshev N.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)


Ismoilov N.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)


Ismoilov U.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Sultonov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Murodov O.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Rahmonqulov M.H.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori oʻrinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi


Abdullayev I.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi


Kamilov K.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi


Usmonov M.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi


Komilov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri


Ikramov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


Azizov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri


Muratov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri


Qosimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Inoyatov U.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


Shermatov Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.


Usmonov R.J.

-

Toshkent shahar hokimi


Saidov A.X.

-

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori


Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Mirzohidov X.M.

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


Yuldashev B.S.

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti


Nuriddinov A.V.

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


Rafikov Q.M.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Javlonov Sh.S.

-

"Mahalla" хayriya jamoat fondi raisi


Jalilov Sh.I.

-

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi raisi


Kuranbayev K.K.

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Ahmedov M.

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari lavozimi boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 536-modda