Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2017 y. 324-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2017 y.

N 324



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSINING HAQIQIY

A’ZOLARINI QOʻLLAB-QUVVATLAShNI YaNADA

KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmoniga muvofiq hamda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining salomatligini sanatoriy-solomlashtirish va kurort-solomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari yashash joyidagi soliqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra solomlashtirishning tavsiya etilgan yoʻnalishini koʻrsatgan holda sanatoriy-kurort kartasi ochilishi va kurort-solomlashtirish hamda sanatoriy-solomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar ajratish uchun ularning roʻyхatlari bir oy muddatda shakllantirilishini;

2017 yilda yoʻllanmalarni ajratish rejasini, sanatoriylar kesimida solomlashtirish uchun har oyda ajratilgan yoʻllanmalar sonini koʻrsatgan holda, ishlab chiqib ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;

2017 yilda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-solomlashtirish muassasalari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "Oʻzbekiston" kurort-solomlashtirish aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga yoʻllanmalar berilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari aхborot-tahlil departamenti hamda Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 429-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 84-modda