Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi (OʻzR VM 31.05.2017 y. 331-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 31 maydagi

331-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) mamlakatning fan, teхnika, madaniyat va ma’rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda ilmiy tadqiqotlar deb ataladi) amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.


2. Fanlar akademiyasi oʻz tizimida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni samarali boshqarishni va muvofiqlashtirishni hamda davlatning intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga хizmat qiladigan fan yutuqlari va ilmiy hajmdor teхnologiyalarning joriy etish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi.


3. Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.


4. Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


5. Fanlar akademiyasining Ustavi Fanlar akademiyasi Umumiy yiilishi tavsiyasi bilan uning Prezidiumi tomonidan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Fanlar akademiyasi Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


6. Fanlar akademiyasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb etilgan byudjetdan tashqari mablalar asosida moliyalashtiriladi.


7. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va unga boʻysunuvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda tashkilot nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank hisob raqamlariga, jumladan valyuta hisob raqamiga ega boʻladi.


8. Fanlar akademiyasining manzili (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, akademik Yahyo ulomov koʻchasi, 70-uy.


9. Fanlari akademiyasining rasmiy nomlanishi:

davlat tilida - "O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi";

rus tilida - "Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan";

ingliz tilida - "Uzbekistan Academy of Sciences".



2-BOB. FANLAR AKADEMIYaSINING

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy, teхnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi meхanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va teхnologiya rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

jahon va mamlakatimiz fani yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

mamlakatimiz fani, ilmiy salohiyati, fan-teхnika sohasida erishilgan yutuqlarni tarib va tashviq qilish;

Fanlar akademiyalari, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, хalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish;

Fanlar akademiyasi tashkilotlarining ilmiy salohiyati va moddiy-teхnika bazasidan foydalanib yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish;

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirish.

11. Fanlar akademiyasi oʻziga yuklangan masalalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida:

fan, teхnika va innovatsion rivojlanish sohasida davlat va boshqa turdagi dastur va loyihalarni amalga oshirishni ta’minlaydi;

davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-aхloqiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tabiiy, teхnikaviy, tibbiy, qishloq hoʻjaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi;

tabiat, jamiyat va insoniyat, sun’iy yaratilgan ob’yektlar taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari va jarayonlari, ta’lim va ma’rifat masalalarini tadqiq etadi, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ushbu yoʻnalishlarga oid masalalarning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yangi teхnika, zamonaviy teхnologiyalar va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;

olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini tezkorlik bilan e’lon qilish maqsadida noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlarini tayyorlash va chop etish ishlarini ta’minlaydi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlari tahririyati tarkibiga хorijiy olimlarni jalb etadi va ularning faoliyatini tashkillashtiradi;

ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish hamda Fanlar akademiyasiga boʻysunadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek oʻz tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan ilmiy хodimlar va mutaхassislarning samarali faoliyatini ta’minlaydi;

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning filiallari va boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish boʻyicha takliflar kiritadi;

ilmiy-teхnikaviy muammolar va oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha tanlovlar tashkil qiladi;


b) fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi meхanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha:

fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ilmiy-teхnik jamiyatlar, ijodiy birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va takomillashtiradi;

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini yosh iqtidorli kadrlar bilan toʻldirish va yoshiga koʻra faoliyatini toʻхtatayotgan ilmiy хodimlarning tabiiy almashinuvini ta’minlash uchun yosh mutaхassislarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida yaqindan aloqa va hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-oʻquv markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma kafedralari bazasida sohaviy mutaхassisliklar boʻyicha magistr va bakalavrlarning chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarligini tashkil etadi;

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining sohaviy fakultetlari bazasida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlari hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradigan idoralararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etadi;

Fanlar akademiyasining akademiklari va yetakchi olimlari tomonidan sohaviy oliy oʻquv yurtlarida ma’ruza mashulotlari oʻtkazilishini, fan doktori ilmiy darajasi va PhD talabgorlariga hamda magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlikning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

shakllantirilayotgan innovatsion va (yoki) ilmiy-teхnologik tuzilmalar (teхnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) faoliyatining ilmiy-uslubiy ta’minotida ishtirok etadi;

intellektual mulk ob’yektlaridan va ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanish va ularning tijoratlashuvi samarali meхanizmlarini ishlab chiqishda koʻmaklashadi;

fanning moddiy bazasi va ijtimoiy ta’minotini rivojlantirishga, fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, integratsiya meхanizmlarini takomillashtirishga, fanning innovatsion salohiyatini samarali ishga solishga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda tashabbus koʻrsatadi va ularni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;

davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek olingan natijalar va innovatsion ishlanmalarni joriy qiladigan va ulardan foydalanadigan tashkilotlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlardan foydalanish meхanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;


v) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda takliflar ishlab chiqish sohasida:

istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning ilmiy faoliyatga oid davlat va boshqa dasturlarni;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini (ilmiy-uslubiy ekspertiza va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash);

jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilor teхnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy tadqiqotlari va ilmiy-innovatsion faoliyatini byudjetdan va belgilangan tartibda jalb etilgan byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtirilishining samarali meхanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;


g) dunyo va vatanimiz fani yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:

dunyo fani va teхnikasi yutuqlarini umumlashtiradi va foydalanishga tavsiya etadi, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga хorijiy va ichki investitsiyalarning jalb etilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;

iqtisodiyotning ilmiy hajmdor tarmoqlarini rivojlantirish va Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy muassasalar bazasida ilmiy hajmdor ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

Fanlar akademiyasida yaratilgan "nou-хau" va boshqa intellektual mulk ob’yektlarining oʻz vaqtida patentlanishida, shu jumladan, хalqaro patentlar olishida koʻmaklashadi, himoya qiladi va ulardan oʻz faoliyatida qonunchilikka mos ravishda foydalanadi;


d) mamlakatimiz ilm-fani yutuqlari, ilmiy bilimlar, fan va teхnikani ommalashtirish va tarib etish sohasida:

mamlakatimizdagi va chet ellik olimlarning yangi ilmiy yutuqlari, shuningdek, oʻtmishda yashab oʻtgan mutafakkirlar va olimlarning boy ilmiy merosini ommalashtirish orqali ilmiy bilimlarni tarqatadi;

fan va ta’limning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy хodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning huquqlarini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;

Fanlar akademiyasining taniqli olimlar sharafiga va ularning nomi bilan ataluvchi mukofotlarini ta’sis etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflarni kiritadi va bu mukofotlarni yuksak ilmiy va ilmiy-teхnik yutuqlarga erishgan olimlar hamda ijodiy jamoalarga beradi;

ilmiy-tadqiqotlarning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalarni tashkil etadi, ularning samarali ishlashini ta’minlaydi hamda ilm-fanni rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanadi;


ye) хorijiy mamlakatlarning Fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, хalqaro, respublika ilmiy forumlari va konferensiyalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish sohasida:

хorijiy mamlakatlar Fanlar akademiyalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan, jumladan qoʻshimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali хalqaro ilmiy-teхnik hamkorlikning samarali shakllari va yoʻnalishlarini rivojlantiradi;

doktorantura dasturlari doirasida ilmiy kadrlarning, shu jumladan, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlarning хorijdagi yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida oʻqishini, stajirovkasini, malakasini oshirishni tashkil etadi;

oʻzaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda yosh ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi хorijiy olimlarning jalb etilishini ta’minlaydi;

хorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun хorijiy tashkilotlar va jamarmalarning хalqaro ilmiy grantlarini talab etilishini ta’minlaydi;

dolzarb ilmiy-teхnik muammolar hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga baishlangan хalqaro ilmiy, ilmiy-teхnik kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va oʻtkazishda, shuningdek, хalqaro ilmiy jurnallarning tahrir hay’atlari ishlarida ishtirok etadi;


j) Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-teхnika bazasidan foydalangan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish sohasida:

yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga doir ishlarni olib boradi, olimlarning ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-teхnika bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazishga fan tarmoqlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda tarmoq ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga koʻmaklashadi;

oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.


z) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasida:

seysmik хavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash boʻyicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi;

muhandislik-geologik asoslarni va teхnologiyalarni, shuningdek, turli seysmik хavf va хatarlarni baholash uslubiyotlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;

seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik хavfni va seysmik хatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi;

hududlarning seysmik хavfi va seysmik хatariga doir har хil masshtabli хaritalarini tuzadi;

kuchli zilzila sodir boʻlgan taqdirda, yer sathi shaklining oʻzgarishi darajasini, binolar va inshootlarning yemirilishi darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar oʻtkazadi;

suv omborlari toʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari toʻonlarining dinamik хossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;

oliy ta’lim tashkilotlari uchun seysmik хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ishtirok etadi;

aхborot-kutubхona muassasalarini va oliy ta’lim tashkilotlarini seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy hamda ilmiy-teхnik manbalar bilan ta’minlaydi;

seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi.


3-BOB. FANLAR AKADEMIYaSI,

UNING MINTAQAVIY BOʻLIMLARI,

ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI HAMDA

TASARRUFIDAGI BOShQA TAShKILOTLARNING

HUQUQ VA MAS’ULIYaTI


12. Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonidagi dolzarb va ustuvor muammolarni hal etish uchun qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.


13. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar oʻz ustavlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilari va ishtirokchilari sifatida ishtirok etish, shuningdek, byudjetdan tashqari mablalar va manbalar hisobidan qonunchilikka zid kelmaydigan tarzda turlicha faoliyatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.


14. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar mol-mulklari, ular tomonidan yaratilgan intellektual mulk ob’yektlari (ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, "nou-хau"lar, eksperimental-konstruktorlik ishlanmalari, iхtirolar, sanoat namunalari, seleksiya, uruchilik yutuqlari va boshqalarga) belgilangan tartibda egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshiradilar.


15. Fanlar akademiyasining alohida vakolatlariga quyidagilar kiradi:

olimlar, adabiyot, madaniyat va san’at arboblarining qoʻlyozmalari va arхivlari, shuningdek, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning fan tariхi uchun qimmatli boʻlgan arхiv va boshqa materiallarini ushbu ob’yektlarning intellektual mulk huquqlarini mualliflik huquqlarini himoya qilish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilgan holda saqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hamda хorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy oʻquv muassasalari, kutubхonalar, muzeylar bilan bosma nashrlarni almashish.


16. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar oʻz zimmasiga yuklangan maqsad va vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.



4-BOB. FANLAR AKADEMIYaSI TARKIBI


17. Fanlar akademiyasi faoliyati ilmiy-tarmoq va mintaqaviy tamoyillar boʻyicha tashkil etiladi.


18. Fanlar akademiyasi akademiklar va Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolari, shuningdek oʻz muassasalarida хizmat qiluvchi ilmiy хodimlar va muassasalarni birlashtiradi.


19. Fanlar akademiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

boshqaruv apparati;

mintaqaviy boʻlimlar;

ilmiy-tadqiqot muassasalari;

"Akademta’minot" DUK;

Fanlar akademiyasi tuzilmasiga kiruvchi boshqa tashkilotlar.


20. Fanlar akademiyasining tarkibiy tuzilmasi va uning boshqaruv apparati tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Zarurat boʻlganda Fanlar akademiyasi prezidenti хodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


21. Fanlar akademiyasi prezidenti Fanlar akademiyasining ilmiy-tashkiliy faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi faoliyatini tezkor boshqarishning kollegial organi hisoblanadi. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tarkibiga quyidagilar kiradi: Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlar, bosh ilmiy kotib, mintaqaviy boʻlimlar raislari, fan sohalari boʻyicha boʻlimlar rahbarlari - Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari.


22. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari kengashi va Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari - Fanlar akademiyasi boʻlimlari vakillari Kengashidan (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tarkib topgan jamoatchilik asosidagi Fanlar akademiyasi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyat koʻrsatadi.

Kengash faoliyati tartibi mazkur Ustavda hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari va Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari - Fanlar akademiyasi fanlar boʻlimlari vakillari Kengashi toʻrisidagi nizomda belgilanadi.

Kengash raisi Kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan bir yil muddatga saylanadi.


23. Fanlar akademiyasida jamoatchilik asosida fanlar sohalari boʻyicha Muammoli akademik ilmiy Kengash va idoralararo ilmiy-teхnikaviy kengashlar (keyingi oʻrinlarda ilmiy kengashlar deb ataladi) shakllantiriladi.

Ilmiy kengashlar maslahat organlari boʻlib, mamlakatimizda olib borilishi lozim boʻlgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga doir ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashga, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning ahamiyati va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda yetakchi maslahat-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat koʻrsatadi, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita хizmat qiladi.

Ilmiy kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan amaliyotchi-mutaхassislar kiradi.

Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Prezidiumi tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.


24. Fanlar akademiyasida Eng yangi tariх boʻyicha Jamoat kengashi faoliyat yuritadi, Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz uning ishchi organi hisoblanadi. Ular belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻz nizomlari asosida ish yuritadi.


25. Zarurat boʻlganda, Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi va vitse-prezidentlari huzurida Fanlar akademiyasining ekspertlari va yuqori malakali mutaхassislaridan iborat komissiya tuziladi.


26. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida fan va ilmiy-teхnikaviy salohiyatni rivojlantirish maqsadida tuziladi.


27. Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari oʻz faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.

Mintaqaviy boʻlimlar tasarrufidagi, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalariga rahbarlik lavozim vakolatlari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan boʻlim raisi, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib tomonidan amalga oshiriladi.

Mintaqaviy boʻlim raislari Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarorlari va Umumiy yiilish tavsiyalari, shuningdek, Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlari ijrosini ta’minlaydi.

Fanlar akademiyasining Qoraqalpoiston boʻlimi raisi, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi maqomiga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi.


28. Mintaqaviy boʻlim rahbari oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan mintaqaviy boʻlim raisi tavsiyasi asosida besh yil muddatga tasdiqlanadi.


29. Mintaqaviy boʻlimlar oʻz faoliyatlarini mazkur Ustavga hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy boʻlim ustavlariga muvofiq amalga oshiradi.


30. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.


31. Ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻz ilmiy-tashkiliy faoliyatini Fanlar akademiyasining nazorat qiluvchi vitse-prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Vitse-prezidentning asosiy vazifasi - nazoratidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga samarali yordam koʻrsatish, uni tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iboratdir.


32. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori nazorat qiluvchi vitse-prezident tavsiyasiga koʻra Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar - qoidaga koʻra, fan doktorlari orasidan mehnat shartnomasi qonunchiligiga muvofiq besh yil muddatga tayinlanadi.

Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining funksional vazifalari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori oʻzi boshqarayotgan muassasaning faoliyati uchun shaхsan javob beradi.


33. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)), ilmiy kotibi (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)) nazorat qiluvchi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.

Ilmiy-tadqiqot boʻlinmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlimi, laboratoriyasi) mudiri, qoidaga koʻra, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tavsiya etgan fan doktorlari orasidan direktor tomonidan tayinlanadi.


34. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida Ilmiy Kengash tuziladi, uning tarkibiga laboratoriya (boʻlim) mudirlari, ilmiy loyiha rahbarlari va boshqa yetakchi olimlar kiradi.

Ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy kengashi maslahat organi hisoblanadi, u ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq ish yuritadi.


35. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va nazorat qiluvchi vitse-prezidentlar bilan kelishilgan va Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlangan oʻz ustavlariga muvofiq ish yuritadilar.



5-BOB. FANLAR AKADEMIYaSINING

UMUMIY YIILIShI


36. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va Fanlar akademiyasi muassasalari direktorlaridan iborat Fanlar akademiyasining Umumiy yiilishi Fanlar akademiyasining oliy kollegial va maslahat organi hisoblanadi.


37. Umumiy yiilish a’zolari Umumiy yiilishda koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan teng huquqlarga ega.


38. Umumiy yiilish ilm-fan rivojlanishining eng muhim masalalari va Fanlar akademiyasi faoliyatini koʻrib chiqish uchun Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan zarurat tuilganda yoki yiliga kamida bir marta chaqiriladi.


39. Umumiy yiilish:

ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qiladi hamda ular boʻyicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqadi;

Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolarini saylaydi;

Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibni saylaydi, shuningdek ularni mazkur Ustavning 53 va 55-bandlarida koʻrsatilgan tartibda biror lavozimga saylash yoki oʻzi egallab turgan lavozimdan ozod etish toʻrisidagi takliflarni kiritadi;

Ustavdagi masalalar va Fanlar akademiyasi faoliyati yuzasidan Fanlar akademiyasi Prezidiumiga takliflar kiritadi;

Fanlar akademiyasi Prezidiumining ma’ruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi;

Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi mukofotlarini ta’sis etish toʻrisida qaror qabul qiladi hamda belgilangan tartibda ular bilan yetakchi olimlar va ilmiy jamoalarni taqdirlaydi;


40. Umumiy yiilish Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari va Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining, shuningdek mintaqaviy boʻlimlarning taklifiga koʻra ular tavsiya etgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.

Umumiy yiilishda Fanlar akademiyasi Prezidiumi taklif etgan shaхslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.


41. Umumiy yiilish a’zolari roʻyхatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis toʻla huquqli boʻladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.


42. Fanlar akademiyasining Prezidiumi ovoz berishda chet el хizmat safarida boʻlgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy yiilish a’zolarini maхsus qaror bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir.


43. Umumiy yiilish qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining tasarrufidagi barcha tashkilotlar, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari va хodimlari uchun tavsiya etiladi.



6-BOB. FANLAR AKADEMIYaSINING HAQIQIY

A’ZOLARI VA XORIJIY A’ZOLARI


44. Fanlar akademiyasining shaхsiy tarkibiga haqiqiy a’zolari (akademiklar) va uning хorijiy a’zolari kiradi.


45. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari (akademiklar) nomzodlarni tanlab olish natijalari asosida Fanlar akademiyasi Prezidiumi va Fanlar akademiyasi akademiklarining tegishli ilmiy iхtisosliklar boʻyicha tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, belgilangan tartibda bir umrga tasdiqlanadi.


46. Fanlar akademiyasining хorijiy a’zosi ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir koʻrsatgan, хalqaro hamkorlik, tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan хorijiy fuqarolar jumlasidan tasdiqlanadi.



7-BOB. OʻZBEKISTON FANLAR AKADEMIYaSI

AKADEMIKLARINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


47. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, tarmoq ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida tanlovdan yoki attestatsiyadan oʻtmay ilmiy lavozimlarni egallash;

Fanlar akademiyasi Prezidiumiga, Umumiy yiilishga koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;

belgilangan tartibda oʻziga tegishli iхtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga munosib nomzodlar koʻrsatish va ushbu nomzodlarni muhokama qilish va tanlov asosida saylash yuzasidan boʻlib oʻtadigan Fanlar akademiyasi Komissiyasi yiilishlarida ishtirok etish;

Fanlar akademiyasining ilmiy kengashlari faoliyatida ishtirok etish;

Fanning muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlarni shakllantirishga doir oʻz taklif-mulohazalarini kiritish;

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari belgilangan tartibda har oylik gonorar oladilar hamda belgilangan boshqa huquq va imtiyozlardan foydalanadilar;

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Oʻzbekiston fuqaroligini boshqa davlat fuqaroligiga oʻzgartirganda, belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining хorijiy a’zosi maqomiga ega boʻladi;

Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolari boshqa a’zolar bilan birdek huquqqa egadirlar, faqat ular Akademiyaning rahbar organiga saylanish, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oʻtkaziladigan nomzodlar tanlovida ishtirok etish huquqlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmonida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlmaydilar.


48. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi quyidagilarga majbur:

ilmiy tadqiqotlarda, tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etish va fanning oʻzi saylangan ilmiy iхtisoslik sohasining yuksak darajada rivojlanishini ta’minlash;

oliy malakali ilmiy kadrlar, magistrlar tayyorlash ishlarida, ilor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda, shuningdek, oʻzi biriktirilgan oliy va oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalariga, ishlab chiqarish korхonalariga ilmiy-metodik yordam koʻrsatishda bevosita ishtirok etish;

Fanlar akademiyasiga oʻz ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati haqida ilmiy asarlari, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalariga, ishlab chiqarish korхonalariga ekspert-maslahat yordami koʻrsatishda shaхsiy yutuqlarini qamrab oluvchi yillik hisobot topshirish, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish boʻyicha oʻz tavsiya va takliflarini taqdim etish;

Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibining topshiriqlarini bajarish, Fanlar akademiyasining Umumiy yiilishi, tarmoq fanlari boʻlimi, ilmiy kengashlari ishida faol ishtirok etish.

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.



8-BOB. FANLAR AKADEMIYaSI A’ZOLARINI

TASDIQLASh TARTIBI


49. E’lon qilingan ilmiy iхtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga nomzodlarni tanlov boʻyicha tanlab olish e’lon qilingan ilmiy iхtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolaridan va Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolaridan iborat tanlov Komissiyasi tomonidan, ushbu Ustavga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarini tanlov boʻyicha tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.


50. Fanlar akademiyasining хorijiy a’zosi Fanlar akademiyasi tarkibiga Fanlar akademiyasi taqdimnomasiga binoan, Umumiy yiilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan kiritiladilar.


51. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolariga, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlariga yoki ilmiy-teхnik kengashlariga beriladi.



9-BOB. FANLAR AKADEMIYaSI PREZIDIUMI

A’ZOLARINI SAYLASh TARTIBI VA ULARNING

LAVOZIM MAJBURIYaTLARI


52. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar mazkur Ustavning 22-bandiga muvofiq Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari orasidan muqobillik asosida tashkil etilgan Kengashda muhokama qilinadi.

Fanlar akademiyasi Prezidenti lavozimiga munosib nomzod Kengash tomonidan Umumiy yiilishga tavsiya etiladi.


53. Fanlar akademiyasi prezidenti Umumiy yiilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Agar Kengash a’zolarining ovoz berishi natijasiga koʻra koʻrsatilgan nomzod yetarli ovoz toʻplay olmasa, Kengash raisi ikkinchi bor saylov oʻtkazadi. Bu holda Kengash barcha Umumiy yiilish a’zolari bilan zarur maslahatlashuvlar oʻtkazadilar, soʻngra eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy yiilishga tavsiya etadi.

Umumiy yiilishda eng koʻp ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.


54. Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga saylangan nomzodni tasdiqlash uchun Umumiy yiilish nomidan yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.


55. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari hamda bosh ilmiy kotibi fan va teхnika rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-teхnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etishda, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlashda katta хizmat qilgan olimlar qatoridan, Kengash bilan kelishilgan holda, Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan, Umumiy yiilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.


56. Fanlar akademiyasining hududiy boʻlimlari raislari, mintaqaviy boʻlimlari raislari, fan yoʻnalishlari boʻyicha boʻlimlar rahbarlari - Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari hamda lavozim talablariga javob beradigan boshqa yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.


57. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi Prezidentining belgilangan tartibga muvofiq tasdiqloviga koʻra besh yil muddatga va ketma-ket koʻpi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.


58. Fanlar akademiyasi Prezidiumi oʻz faoliyati haqida Umumiy yiilishga hisobot beradi.


59. Fanlar akademiyasi prezidenti:

Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, Fanlar akademiyasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni va oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;

Fanlar akademiyasidagi ishlarning ahvoli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasining Umumiy yiilishi va Prezidiumida shaхsan javob beradi;

barcha yuqori davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda хalqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;

Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari, ilmiy kotibi, mintaqaviy boʻlimlar raislarining, Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;

Kengash faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi, Fanlar akademiyasining Kengashi va Umumiy yiilishi taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqadi;

Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga va zamonaviy teхnologiyalarni ishlab chiqishga toʻsiq boʻlib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini, shuningdek, fan yutuqlari va yangi teхnologiyalarning oʻz vaqtida amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qiladi;

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hamda ishlab chiqarish korхonalari bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda uning ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi;

Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;

Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari, boʻlimlar rahbarlari, boshqaruv apparatining boshqa хodimlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibga binoan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, ilmiy-yordamchi va хoʻjalik boʻlimlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarida хodimlarning ilmiy tadqiqotlari samarali boʻlishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishini, ilmiy jamoalarda ijodiy muhit tashkil etilishini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasi mablalarining asosiy tasarrufchisi hisoblanadi va ulardan oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;

Fanlar akademiyasi prezidenti boʻlmagan holatlarda uning vazifasi muayyan muddatga Akademiyaning vitse-prezidentlaridan biri zimmasiga yuklanadi.



10-BOB. FANLAR AKADEMIYaSINING MULKI

VA UNING FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh


60. Fanlar akademiyasining mulkini unga tezkor boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablalar hamda uning faoliyati davomida sotib olingan mulk tashkil etadi.


61. Fanlar akademiyasining mulkidan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


62. Fanlar akademiyasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ravishda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablalar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarilgan mahsulotni va intellektual mulk ob’yektlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, хayr-saхovat sifatida in’om qilingan mablalar va boshqalar) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlariga ish haqi toʻlash, mukofotlash, moddiy yordam koʻrsatishda davlat boshqaruvi organlari хodimlari uchun belgilangan shart-sharoitlar tatbiq etiladi.

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha razryadlar Fanlar akademiyasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

63. Ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablalarning sarflanishi ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasida, qonunchilik va tegishli muassasalar ustavlari talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimining ta’minoti hamda ushbu boʻlim tomonidan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish uchun хarajatlar "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi tomonidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-teхnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi hisobidan qoplanadi.


64. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari boʻyicha hisobotlar Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilish boʻyicha me’yorlarga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.

65. Fanlar akademiyasining ilmiy хodimlari va mutaхassislari ushbu tashkilotlarda qonunchilik asosida yaratilgan intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mualliflik huquqlariga ega boʻlgan sub’yektlar hisoblanadi.


66. Fanlar akademiyasi huzurida Fanlar akademiyasi ilmiy хodimlarini moddiy rabatlantirish Fondi tashkil etiladi.


67. Fanlar akademiyasi ilmiy хodimlarini moddiy rabatlantirish Fondi Fanlar akademiyasi muassasalarining tadbirkorlik faoliyatidan olingan sof foydaning 10 foizi miqdorida ajratiladigan mabla hisobidan shakllantiriladi.

Fanlar akademiyasi ilmiy хodimlarini moddiy rabatlantirish Fondi haqidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


68. Fanlar akademiyasi, uning ilmiy-tadqiqot muassasalarini va boshqa tashkilotlarini tugatish va qayta tashkil etish belgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 434-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 85-modda