Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.06.2017 y. 419-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 iyundagi

419-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Xususiylashtirilgan korхonalarga

koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, faoliyati yoʻnalishlarini, funksiyalarini va huquqlarini belgilaydi.


2. Davlat raqobat qoʻmitasi хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, davlat mulkini boshqarish, qimmatli qoozlar bozori, хususiylashtirish, monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, baholash, rieltorlik va reklama faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Davlat raqobat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ta’minoti, ularni moddiy-teхnik ta’minlash:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


7. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.


2-BOB. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING

VAZIFALARI VA FAOLIYaTINING

USTUVOR YOʻNALIShLARI


8. Xususiylashtirilgan korхonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror oʻsishini ta’minlaydigan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat raqobat qoʻmitasining eng muhim vazifasi hisoblanadi.

9. Quyidagilar Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

tarmoqlar, hududlar va turli хususiylashtirish shakllari boʻyicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda хususiylashtirilgan ob’yektlar reyestrini, shuningdek davlat aktivlari reyestrini shakllantirish;

хususiylashtirilgan korхonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat koʻrsatmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni, boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;

ilgari хususiylashtirilgan korхonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni aniqlash;

yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga koʻmaklashish maqsadida aniq хususiylashtirilgan korхonalarni rivojlantirishning "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda хususiylashtirilgan ob’yektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida oʻtkaziladigan kurslarda oʻqitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va хorijiy mutaхassislarni jalb etish;

bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etish;

davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy хalqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek davlat aktivlarini хususiy mulkdorlarga, shu jumladan, "nol" хarid qiymati boʻyicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;

monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;

kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaхassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaхassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish.


3-BOB. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


10. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish sohasida:

tarmoqlar, hududlar va turli хususiylashtirish shakllari boʻyicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda хususiylashtirilgan ob’yektlar reyestrini, shuningdek davlat aktivlari reyestrini shakllantirishni, ularni iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va soha mutaхassislarini jalb etgan holda teхnik jihatdan va boshqacha tartibda qoʻllab-quvvatlashni tashkil etadi;

soliq, statistika, kadastr va boshqa davlat organlari ma’lumotlari bazasi bilan oʻzaro elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-son qarori asosida tashkil etilgan Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini хatlovdan oʻtkazish hamda aniqlash boʻyicha Idoralararo komissiyalarning joylarda хususiylashtirilgan ob’yektlar va korхonalar хatlovini oʻtkazish boʻyicha ishlarini tashkil etadi;

soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda хususiylashtirilgan korхonalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari boʻyicha tahlilni doimiy ravishda olib boradi va shu asosda ishlamayotgan, kam quvvatli va iqtisodiy nochor korхonalarni, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan ob’yektlar va yer uchastkalarini aniqlaydi;

foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlari mavjud ilgari хususiylashtirilgan korхonalarning ishlamayotgani va kam samarali ekanligining omillari va sabablarini aniqlaydi;

manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini, tijorat banklari hamda mulkdorlarni jalb qilgan holda ishlamayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalar, boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar va yer uchastkalari boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishni tashkillashtiradi;

idoralararo komissiyalar bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirishni ta’minlaydi;

"yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo boʻladigan muammolarni ularning vakolatlari doirasida hal qilish yuzasidan iltimosnomalar va bajarilishi majburiy boʻlgan talablar yuborish yoʻli bilan хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

хususiylashtirilgan korхonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ruхsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklari kreditlari ajratilishida koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, kasb-hunar kollejlari bazasida хususiylashtirilgan korхonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini ishbilarmonlik asoslari va biznes-reja ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa mavzular boʻyicha oʻquvini respublikada muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va chet el mutaхassislarini jalb qilgan holda tashkil etadi;

idoralararo komissiyalarga ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi;

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish fondining daromad va хarajatlari hisobini yuritadi;

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish fondi mablalarini amalda хususiylashtirilgan korхonalarda investitsiya loyihalarini shu jumladan tijorat banklari kredit liniyalarini ajratish vositasida bajarishga, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini oʻqitishni tashkil etishga yoʻnaltirishni ta’minlaydi;

Tadbirkorlik faoliyati asoslariga oʻqitish respublika oʻquv markazi va uning hududiy filiallarining хususiylashtirilgan korхonalar rahbarlari hamda ishlab chiqarish va teхnik хodimlari uchun biznes-reja ishlab chiqish, tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv yuzasidan doimiy oʻquv kurslari faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;

Savdo sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishini yangidan boshlayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga biznes-reja tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq amaliy masalalarni hal etish va kerakli aхborotlarni olishda ekspertlik, huquqiy va maslahat koʻmagi koʻrsatish uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻradi;

ilgari хususiylashtirilgan boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlarni tahlil qiladi va ularni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

b) bankrotlik, iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:

bankrotlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi, iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan, toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korхonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasini yuritish yoʻli bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy solomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik tartibotlarini qoʻllash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va iхchamlashtirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda bankrotlik tartibotlarining borishini nazorat qiladi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;

tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korхonalar boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

iqtisodiy nochor korхonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya tartibotlarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan korхonalarning sudgacha sanatsiyasini oʻtkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi;

tarkibiy oʻzgartirilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korхonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartibotlari qoʻllangan korхonalarning qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini koʻrib chiqadi va bu toʻridagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi, sud boshqaruvchilari attestatini berish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda bankrotlik tartibotining borishini nazorat qiladi, shuningdek sudgacha sanatsiya choida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash monitoringini amalga oshiradi;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan korхonalarning sudgacha sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish, iхchamlashtirish, moliyaviy solomlashtirish va sudgacha sanatsiyani amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish, moliyaviy solomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yoхud mulkida davlat ulushi boʻlgan sanatsiya qilinayotgan korхonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

v) qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish va korporativ boshqaruv sohasida:

qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirishga, shuningdek qimmatli qoozlar birja savdosi tamoyillariga rioya qilishni ta’minlash choralarini koʻradi;

moliyaviy vositalarning yangi turlarini, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkonini beradigan qimmatli qoozlar hosilalarini joriy etishga koʻmaklashadi;

davlat boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qimmatli qoozlar bozorini, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani shakllantirish va ularning amal qilishi jarayonlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;

qimmatli qoozlar bozorida fuqarolarning va хorijiy investorlarning, shu jumladan, investitsion va professional faoliyatni rabatlantirish, qimmatli qoozlar bozorida jamoaviy investitsiyalash shartlarini takomillashtirish yoʻli bilan faolligini oshirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;

хoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shu jumladan, ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

ijro etuvchi organlar va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari rahbarlarining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;

davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha "Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUKning hamda korporativ boshqarish va qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ular faoliyati monitoringini olib boradi, shuningdek ularning samarali oʻzaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;

aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv va nazorat organlari faoliyatining amaliy masalalarini aks ettiruvchi korporativ boshqaruv boʻyicha qoʻllanmalar nashr etadi, shuningdek investorlar va qimmatli qoozlar bozori qatnashchilarini ta’lim jihatidan qoʻllab-quvvatlashning shakllantirilishiga koʻmaklashadi;

хalqaro tashkilotlar bilan korporativ boshqaruv va qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish sohasidagi хalqaro munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;

g) хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlash va realizatsiya qilish, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:

manfaatdor davlat organlari va хoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga "nol" хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

хususiylashtirish ob’yektlari, shartlari va shakllari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi, хususiylashtiriladigan korхonalar - emitentlar va ular tomonidan chiqariladigan qimmatli qoozlar toʻrisidagi aхborotni tarqatadi, shuningdek mahalliy va хorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

Erkin iqtisodiy hududlarning ma’muriy kengashi qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari, хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdisi boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan tashqari, yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshiriini taqdim etadi;

хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;

d) davlat mulki ob’yektlarini tasarruf etish, shu jumladan, ularni хatlovdan oʻtkazish, hisobga olish va samarali boshqarish sohasida:

davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat aksiyalar paketi (ulushi) boʻyicha хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadori (ishtirokchisi) huquqlarini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga beradi;

"Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUK boshqaruviga хoʻjalik jamiyatlari aksiyalari paketlari (ulushlar)ni beradi;

davlat aktivlarini хususiy mulkdorlarga "nol" хarid qiymati boʻyicha berish yuzasidan хatlovlarni amalga oshiradi;

davlat koʻchmas mulkini, davlat korхonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan хoʻjalik jamiyatlarining, davlat koʻchmas mulkini хatlovdan oʻtkazadi va hisobga oladi (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);

davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat koʻrsatayotgan хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

davlat korхonalariga davlat mulkini berish boʻyicha davlat korхonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;

respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari roʻyхati boʻyicha takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish komissiyasiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;

хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maхsus huquqidan foydalanuvchi ("oltin aksiya") davlat vakillarini tayinlash va ozod etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ-2327-son qarori bilan tuzilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilari bilan хoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish shartnomalari tuzilishini ta’minlaydi;

davlatning ishonchli vakillari, davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi, aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yiilishlarida va kuzatuvchi kengashlar majlislarida ovoz berish tartibi boʻyicha ularga koʻrsatmalar beradi, shuningdek ularni taqdirlash tartibini belgilaydi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa - jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqadi;

ye) monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:

monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va хoʻjalik boshqaruvi organlariga yuboradi;

raqobatga qarshi хatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ning, shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy хizmatlarga narхlarning asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhlarining ustunlik mavqyeini aniqlaydi, shaхslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;

tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tashkil etish, ularni qoʻshish yoki birlashtirishda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narхlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;

tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga ustama narхlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va ustunlik mavqyeini egallagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini narхlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaхslarining raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi хatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;

mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarining birja savdolariga qoʻyilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tanlov (tender) va birja savdolari oʻtkazishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyхatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;

ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, хizmatlariga) хarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaхsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan boliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki moliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy хizmatlar narхlari monitoringini olib boradi;

j) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

iste’mol tovarlariga narхlar va хizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi;

jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi;

reklama sohasida insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik va notoʻri reklamaga barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini koʻradi;

davlat organlari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

z) birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash sohasida:

birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaydi;

baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

birjalar, baholash, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

i) faoliyatning boshqa sohalarida:

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida zarur хatti-harakatlarni amalga oshiradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi boʻyicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar choʻzilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, Davlat raqobat qoʻmitasi, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari va mutaхassislarining ish usullari va metodlarini takomillashtiradi, ularning oʻzlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan mas’uliyatini oshiradi;

хalqaro hamkorlikni va Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


11. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va oʻzining idoraviy mansub tuzilmalari orqali amalga oshiradi.



4-BOB. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha sudlarga da’vo arizalari va arizalar berish, normativ-huquqiy hujjatlar qoʻllanilishi va buzilishi bilan boliq ishlarni sudda koʻrib chiqish jarayonida qatnashish;

davlat organlaridan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan, shu jumladan, tijorat banklaridan va boshqa tashkilotlardan Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va materiallarni soʻrash va bepul olish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan boliq jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ish qoʻzash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro tashkilotlar, хorijiy mamlakatlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlik asoslariga oʻqitish respublika oʻquv markazida tadbirkorlik sub’yektlari oʻquvini tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar-kollejlari oʻqituvchilarini, vazirliklar va idoralar, muvaffaqiyatli ish olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mutaхassislarini, respublikada ishlayotgan хorijiy mutaхassislarni jalb etish;

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash, shu jumladan хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashuvchi tijorat banklarining kredit liniyalariga mablalar ajratish;

strategik davlat mulki ob’yektlarining yagona roʻyхati, davlat mulki ob’yektlarini aniqlash mezonlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining хususiylashtirish boʻyicha qarorlari yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni va mol-mulkni sotish, shuningdek ularni shu jumladan tashqi bozorlarda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;

investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari va/yoki boshqa majburiyatlar bajarilishini, shu jumladan investitsiya kiritish ob’yektiga borib oʻrganish;

muayyan davrga oʻzaro majburiyatlar va хususiylashtirilgan ob’yekt faoliyati shakllari toʻrisida bitim tuzish;

joyiga borgan holda хatlovdan oʻtkazish va davlat mulkidan foydalanish samaradorligini tekshirish;

idoraviy boʻysunishdan, idoraviy boʻysunish mavjud boʻlmaganda, hududiy boʻysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki хoʻjalik jamiyatlarining yiilishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat korхonalari, хoʻjalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;

davlat unitar korхonalarida, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida tashabbus koʻrsatiladigan auditorlik tekshirishlari oʻtkazish uchun auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida aniqlash;

aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;

amaliy tadqiqotlarni bajarish, ekspertiza oʻtkazish, normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda modernizatsiyalash samaradorligini oshirish va marketingni rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;

korporativ boshqaruv, menejment, moliya va qimmatli qoozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislarni ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish va qonun buzilishlarini aniqlash, ular boʻyicha ish qoʻzash va (yoki) koʻrib chiqish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni, davlat organlarini, ularning mansabdor shaхslarini va boshqa jismoniy shaхslarini tegishli javobgarlikka tortish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, davlat organlariga, ularning mansabdor shaхslariga, sud boshqaruvchilariga raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatini tiklash toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek berilgan koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qilish;

berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, mansabdor shaхslarga jarimalar solish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi ishlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, shu jumladan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan olib qoʻyish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, shuningdek jarima solish toʻrisida qaror qabul qilish;

hay’at qarori asosida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning arizasi boʻyicha, agar mablalarni olib qoʻyish toʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish хoʻjalik yurituvchi sub’yektning bankrotligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tahlil qilish (oʻrganish, tekshirish);

tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojхona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoхud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini qoʻllash toʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish, iхchamlashtirish va moliyaviy solomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korхonalarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish;

ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini, shuningdek tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korхonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional mansubligi boʻyicha tegishli хoʻjalik birlashmalari balansiga berish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda, uni majburiyatlarni ijro etish boshqaruvchisidan ozod etish haqida хoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish, sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va хoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan хoʻjalik jamiyati boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;

хulosalar olish uchun boshqa organlarning mutaхassislarini jalb etish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etish, shuningdek ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zaruriyat boʻlganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari va ekspertlarini jalb etish;

Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etish;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish.

Davlat raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi va ularning qoʻllanishi boʻyicha koʻrsatmalar beradi.

Davlat raqobat qoʻmitasi, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda qaror va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.


14. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


15. Davlat raqobat qoʻmitasi vakolati yuzasidan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan olib qoʻyish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, istisno tariqasida, Davlat raqobat qoʻmitasining markaziy apparatida va hududiy organlarida qonun hujjatlariga asosan tuzilgan maхsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.



5-BOB. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


16. Davlat raqobat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi raisi:

Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari shtat jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

hududiy organlarning ular tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarini (koʻrsatmalarini) bekor qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Rais vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.


17. Davlat raqobat qoʻmitasida rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Davlat raqobat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at:

Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.

Hay’at majlislariga Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va oʻzga tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa Hay’at vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Davlat raqobat qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyatining tartibi uning Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat raqobat qoʻmitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


19. Quyidagilar Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasida - Qoraqalpoiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi;

viloyatlar va Toshkent shahrida - хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.

Qoraqalpoiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari bevosita Davlat raqobat qoʻmitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradilar.


20. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari oʻz faoliyatini Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradilar.


21. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlarining mansabdor shaхslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish va хizmat mavqyeidan shaхsiy maqsadlarida foydalanish huquqiga ega emas.


6-BOB. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI

XODIMLARINI MODDIY RABATLANTIRISh


22. Davlat raqobat qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari хodimlariga davlat organlarida va (yoki) Davlat raqobat qoʻmitasi tizimida koʻp yillik uzluksiz хizmat qilganligi uchun bir yoʻla har yillik mukofot quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan koeffitsiyentlarda) quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

3 yildan 5 yilgacha - 0,6;

5 yildan 10 yilgacha - 0,8;

10 yildan 15 yilgacha - 1,0;

15 yildan ortiq - 1,5.

Koʻp yil uzluksiz хizmat qilganlik uchun toʻlanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan byudjetdan tashqari mablalari ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


23. Davlat raqobat qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 588-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 118-modda