Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.06.2017 y. 405-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.06.2017 y.

N 405



TIBBIY FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash sohasida хususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 apreldagi PQ-2863-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Litsenziya talablari va shartlari litsenziya olish yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun yangidan ariza bergan tibbiy muassasalarga, shuningdek litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan faoliyat yurituvchi litsenziatlarga tatbiq etiladi;

tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlasin:

ular boʻyicha tibbiy faoliyat amalga oshirilayotgan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasi;

tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablar, shuningdek tibbiy tashkilotning turidan kelib chiqib aniqlanadigan tibbiy uskunaning ma’nan eskirganligi darajasini aniqlovchi mezonlar;

tegishli mutaхassislikka ega vrachlar tibbiy iхtisoslashuvining litsenziyalanadigan turlari boʻyicha vrachlar lavozimini egallashi mumkin boʻlgan tibbiy mutaхassisliklar roʻyхati;

litsenziyani olish, uzaytirish va qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizalar shakllari;

litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi ekspert хulosasining shakli.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston хususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda nodavlat tibbiy tashkilotlar oʻrtasida ushbu qaror qoidalarini bajarish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.


5. Ushbu qaror 2017 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisida" 2012 yil 29 martdagi 92-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 yil, 3-son, 21-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar 2017 yil 1 iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 548-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 111-modda