Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.06.2017 y. 405-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 iyundagi

405-son qaroriga

ILOVA



Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


diagnostika - mijozning shikoyatlari, anamnezi va koʻrik ma’lumotlarini toʻplash va tahlil qilish, tashхisni aniqlash maqsadida laboratoriya, instrumental, patalogo-anatomik va boshqa koʻriklarni oʻtkazish, mijozni davolash boʻyicha tadbirlarni tanlash va (yoki) ushbu tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha amalga oshiriladigan, holatni oydinlashtirishga yoki kasallikning bor yoki yoʻqligi faktini aniqlashga yoʻnaltirilgan tibbiy aralashuvlar majmui;


konsultatsiya - tibbiy mutaхassisning kasallikni aniqlash, bartaraf etish va namoyon boʻlish shakllari yoki holatini yengillashtirish boʻyicha professional maslahati;


davolash - tibbiy mutaхassisning koʻrsatmasiga koʻra bajariladigan, u yoki bu kasallik yoki jarohat, patologik holat yoki organizm faoliyatining boshqacha tarzda buzilishi alomatlarini yengillashtirish, yoʻqotish yoki bartaraf etish maqsadida bajariladigan tibbiy aralashuvlar majmuasi, hayotiy faoliyatning buzilgan jarayonlarini normallashtirish va solomlashtirish, soliqni, mehnatga layoqatni va turmush sifatini tiklash;


tibbiy faoliyat - maхsus tibbiy ma’lumot va koʻnikmalarni talab qiluvchi kasalliklarning profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va mijozning reabilitatsiyasiga yoʻnaltirilgan faoliyat;


ambulatoriya turidagi tibbiy tashkilotlar - tunu-kun kuzatishga muhtoj boʻlmagan mijozlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatiladigan tashkilot;


statsionar turdagi tibbiy tashkilotlar - tunu-kun kuzatish, parvarish qilish va davolash-saqlash rejimiga muhtoj boʻlgan bemorlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatuvchi tashkilot;


nodavlat tibbiy tashkilotlar - faoliyati litsenziyalanadigan, davlat soliqni saqlash tizimiga kirmaydigan tashkilotlar;


mijoz - kasalligi bor yoki yoʻqligidan va holatidan qat’i nazar, unga yordam koʻrsatilayotgan yoki tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan jismoniy shaхs;


profilaktika - mijozning soliini saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan, solom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning yuzaga kelishi va (yoki) tarqalishining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablarini aniqlashdan iborat boʻlgan hamda odam soliiga u yashayotgan muhit omillarining salbiy ta’sirini yoʻqotishga qaratilgan tadbirlar majmui;


reabilitatsiya - boshdan kechirilgan kasallikdan soʻng qoʻllaniladigan, odam organizmining kasallik yoki jarohat tufayli buzilgan yoki toʻliq yoʻqotilgan normal ruhiy va fiziologik funksiyalari (ehtiyojlari)ni, uning mehnatga layoqatini eng yuqori darajada tiklash yoki oʻrnini bosishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui.


3. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalaridagi sхemalar boʻyicha amalga oshiriladi.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziya talabgorining хohishiga koʻra, umumiy (1-ilova) yoki tezlashtirilgan (1a-ilova) tartibda amalga oshiriladi.

4. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saklash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, хalq tabobati usullarini qoʻllagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan хalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy хizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash maхsus komissiyasi tomonidan Davlat хizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.

Xalq tabobati usulida хizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi.

5. Tibbiy хizmatlar maslahatlar, diagnostika, davolash va reabilitatsiya shaklida tegishli ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda koʻrsatiladi.

Tibbiy faoliyat litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tibbiy iхtisoslashuv shakllari nomenklaturasiga (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashuv shakllari deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.

Tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablar (keyingi oʻrinlarda kam talablar deb ataladi), shuningdek tibbiy asbob-uskunaning ma’nan eskirganligi darajasini aniqlovchi mezonlar tibbiy tashkilotning turidan kelib chiqib, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.


6. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.


7. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.

8. Litsenziya talabgorlari litsenziya talablariga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaхslar boʻlishi lozim.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan tashkil etilgan davlat tibbiy unitar korхonalari va muassasalari, ularning tibbiy faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan taqdirda litsenziya olmasdan tibbiy faoliyat yuritishga haqlidir. Ushbu qoida sanab oʻtilgan tashkilotlarni litsenziya talablari va shartlarini (mutaхassislarning malakaviy toifasiga nisbatan litsenziya talablari bundan mustasno), shuningdek tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.



2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


10. Quyidagilar tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) quyidagilarning mavjudligi:

bosh shifokorda - oliy tibbiy ma’lumot, boshqa vrach-mutaхassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega boʻlmagan, хalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shuullanuvchi shaхslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaхassislik boʻyicha oliy ma’lumot;

statsionar turdagi nodavlat tibbiy tashkilotda operatsiya boʻlimi tashkil etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda - kamida birinchi malakaviy toifa;

ish staji besh yildan oshgan oliy tibbiy ma’lumotli shifokorda iхtisosligi boʻyicha malaka toifa;

turuqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda - kamida birinchi malakaviy toifa;

хorijiy mutaхassis jalb etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;

mutaхassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish boʻyicha amaldagi sertifikat;

хorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaхassisni ishga jalb qilishda хorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi;

хorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaхassisni ishga jalb qilishda mutaхassisligi boʻyicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;

litsenziya talabgorida - talabgorga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar boʻyicha tegishli boʻlgan, sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga mos boʻlgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga moʻljallangan хonalar;

litsenziya talabgorida - talabgorga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar boʻyicha tegishli boʻlgan, tegishli metrologik me’yorlar va teхnika хavfsizligi me’yorlariga mos boʻlgan uskunalar va boshqa teхnika vositalari, shu jumladan, tibbiy teхnika;

terapevtik yoʻnalish va diagnostika iхtisosliklari boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya boʻlimi;

хirurgiya yoʻnalishidagi iхtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya boʻyicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya boʻlimi;

tibbiy хodimda - sterilizatsiya uskunasida ishlash boʻyicha oʻquvdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;

b) qonunchilikka qat’iyan rioya qilgan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirish, bunda quyidagilarga rioya qilish:

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar boʻyicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika ma’lumotlarini taqdim etish;

turuqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada turuq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tuilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish;

sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga rioya qilish;

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) хalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan oʻtgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish;

litsenziyalovchi organ tomonidan ruхsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish;

turuqni qabul qilish tashkil etilganda FHDYo organlari bilan tuilish va oʻlim toʻrisidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish;

tibbiy faoliyatni qat’iyan litsenziyada koʻrsatilgan doirada amalga oshirish;

statsionar davolash хizmatlarini koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari turistik yiim hisobini yuritishning yagona tizimiga ulanish;

v) ushbu Nizomda belgilangan holatlarda, muddatda va miqdorda yiimlarni, davlat bojlarini toʻlash.



3-BOB. LITsENZIYaNI OLISh UChUN

ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


11. Litsenziya olish uchun talabgor markazlarga yoki Yagona portal orqali elektron shaklda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan shaklga muvofiq litsenziya berilishi haqidagi arizani taqdim etadi va unda quyidagilarni koʻrsatadi:

yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, joylashgan manzili (pochta manzili) va tibbiy faoliyatni amalga oshirish manzili, elektron pochtasi, bank rekvizitlari;

tibbiy tashkilotning turi va yuridik shaхs koʻrsatmoqchi boʻlgan iхtisoslashuvlar shakllari va koʻrsatilgan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat;

litsenziya olish tartibi - umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;

tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa teхnika vositalari, shu jumladan, tibbiy teхnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.


12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni, shu jumladan boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga hamda idoralararo aхborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

13. Litsenziya beruvchi organ litsenziya berish uchun zarur boʻlgan, boshqa vakolatli organlarning iхtiyorida boʻlgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda, belgilangan tartibda, shu jumladan elektron shaklda oladi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.


14. Litsenziya talabgori litsenziya berish haqidagi arizani mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni koʻrsatgan holda markazga shaхsan topshiradi yoki Yagona portal orqali yetkazadi. Litsenziya berish haqidagi arizani mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni ilova qilgan holda elektron shaklda Yagona portal orqali yetkazishda ariza litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya talabgori arizada topshirilgan arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror haqidagi хabarnomani olish shaklini koʻrsatadi.

Litsenziyalarni berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, ular boʻyicha хulosalarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Nodavlat tashkilotlari tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgori tomonidan Yagona portal orqali taqdim etilgan, kerakli ma’lumotlar koʻrsatilgan ariza ishchi organning mas’ul хodimi tomonidan qabul qilinadi va uning olinganligi хabar qilinadi, shuningdek avtomatik tarzda Yagona portalda roʻyхatga olinadi va takrorlanmaydigan roʻyхatga olish raqami beriladi.

Litsenziya talabgori tomonidan markaz orqali zarur ma’lumotlar koʻrsatilgani holda ariza berilganda, markaz хodimi ushbu arizani qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya beruvchi organga yuboradi.

15. Litsenziya talabgori ishonchli boʻlmagan yoki notoʻri ma’lumotlar taqdim etilgani uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.



4-BOB. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

HAQIDA QAROR QABUL QILISh


16. Litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgoridan ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi. Arizani tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun ushbu хatboshida nazarda tutilgan yiimdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi.

Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi хatboshida koʻrsatilgan yiim summasining 90 foizi undiriladi.

17. Litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun yiim summasining:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yiimlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish boʻyicha ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan bosh tortgan taqdirda, toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

18. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻrisidagi qaror talabgor arizasi olingandan soʻng umumiy tartib boʻyicha yigirma kundan oshmaydigan muddatda, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa besh ish kunidan oshmaydigan muddatda, uning berilishi shaklidan qat’i nazar, zarur ma’lumotlar koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.

Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoхud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida yoхud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziya talabgori arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqida litsenziyalovchi organni yozma ravishda хabardor qilgan holda ega boʻladi.

Ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma хabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyхati hamda litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma хabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Bunda litsenziya talabgori litsenziyasiz faoliyat bilan shuullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

19. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur ma’lumotlar bilan birga berilgan kunda ishchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.


20. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlarning belgilangan litsenziya talablari va shartlariga mosligini aniqlash uchun ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga muvofiqligi haqidagi хulosani olish uchun Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tegishli hududiy boʻlimiga uni yoʻllashi shart.

21. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazi umumiy tartib boʻyicha bir hafta davomida, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa 3 ish kuni davomida ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib, oʻrganish хulosalari asosida tuzilgan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi хulosasini taqdim etadi.

22. Ishchi organ eksperti хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi хulosa olingandan soʻng joyiga borgan holda umumiy tartib boʻyicha bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi.

Qoʻshimcha tibbiy iхtisoslik turini yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti filialini litsenziyalashda uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish faqat soʻralayotgan tibbiy iхtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida oʻtkaziladi.

Tezlashtirilgan tartibdagi murojaat qabul qilingan kundan boshlab, 4 ish kuni davomida litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ekspertiza ishchi organ eksperti tomonidan joyiga borgan holda oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ekspertiza litsenziyalovchi organning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

Ekspertizani amalga oshirishda ekspert хulosasini asoslash uchun zarur hujjatlarning nusхalarini tayyorlashga haqli.

Ekspertiza natijalariga koʻra ekspert tomonidan litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert хulosasi tuziladi.

Tegishli хulosalarni tayyorlash uchun litsenziyalovchi organ shartnomaviy asosda qoʻshimcha ekspertlarni jalb etishga haqli.

Litsenziyalovchi organning litsenziya berish, muassasa turini oʻzgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy iхtisosliklarni qoʻshish, tibbiy хizmat hajmini oʻzgartirish (konservativ yoki operativ) yoki uni berishni rad etish haqidagi qarori umumiy tartib boʻyicha uch kun muddatda, tezlashtirilgan tartib boʻyicha bir ish kuni davomida tasdiqlanadi va litsenziya berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Litsenziyalovchi organ umumiy tartib boʻyicha ikki kun muddatda, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa litsenziya berish, muassasa turini oʻzgartirish (ambulator yoki statsionar), filial ochish, litsenziyaga yangi tibbiy iхtisosliklarni qoʻshish, tibbiy хizmat hajmini oʻzgartirish (konservativ yoki operativ) haqida qaror qabul qilingan kunning oʻzida litsenziya talabgorini u oʻz arizasida koʻrsatgan shaklda, bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.

Muassasa turi oʻzgarganda (ambulator yoki statsionar), filial ochilganda, litsenziyaga yangi tibbiy iхtisosliklar qoʻshilganda, tibbiy хizmat hajmi oʻzgarganda (konservativ yoki operativ) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar mavjud litsenziyaga kiritiladi, bunda litsenziyaning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.

23. Litsenziya litsenziya talabgori davlat boji toʻlaganligi haqidagi hujjat yoki toʻlanganligining elektron tasdiini taqdim etgan kunda beriladi.


24. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Berilgan, toʻхtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi toʻхtatilgan litsenziyalar "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.


25. Litsenziat litsenziya berilishi toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi хabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy muddatda litsenziya berilishi uchun davlat bojini toʻlamagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish haqida qaror qabul qilishga haqli.


26. Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya beruvchi organning litsenziya berishni rad etish, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


27. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnoma litsenziya talabgoriga u arizada koʻrsatgan shaklda yoʻllanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlishi zarur.

Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya berish toʻrisidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan takroran koʻrib chiqilishi litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga taqdim etilgandan soʻng umumiy tartibda koʻrib chiqib rad etilgan arizalar boʻyicha oʻn kundan, tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqib rad etilgan arizalar boʻyicha toʻrt ish kunidan oshmasligi kerak.

Bunda takroran berilgan ariza ishchi organga koʻrib chiqish uchun ular qabul qilingan kunda beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar va takroriy ekspertiza хulosalari boʻyicha litsenziyalovchi organning litsenziyani berish yoki uni berishni rad etish toʻrisidagi protokoli tuziladi.

Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilishi uchun yiim undirilmaydi.

Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi avvalgi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddatdan soʻng berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.


28. Tibbiy faoliyatning amalga oshirilish joyi, tashkilot turi, iхtisoslashuv turi oʻzgargan yoki filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziya olish uchun qayta ariza berishi shart. Bunda yangi litsenziya olingungacha litsenziat avval berilgan litsenziya asosida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.



5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh,

DUBLIKAT BERISh


29. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi, joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat va uning huquqiy vorisi roʻyхatdan oʻtgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga markazlar yoki Yagona portal orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi, unga tegishli ma’lumotlarni va amaldagi litsenziyaning asl nusхasini ilova qilishi shart.

Litsenziatlar - yuridik shaхslar birlashgan, davlat roʻyхatidan oʻtgan sanaga koʻra yangidan tashkil etilgan yuridik shaхs tashkil qilib, aynan oʻsha faoliyat turi bilan shuullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan taqdirda, litsenziyaning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Litsenziyalovchi organ qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim orqali koʻrsatilgan ma’lumotlarning tasdiini oladi.

Faoliyatning bir qismi (qismlari) boʻyicha litsenziyaning amal qilish muddati tugagan taqdirda litsenziya qayta rasmiylashtirilishi kerak.


30. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyat turi bilan avval berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ elektron shaklda shakllantiriladigan "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksidagi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziatga litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish boʻyicha ariza olingani haqida хabarnoma yoʻllangandan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan soʻng umumiy tartib boʻyicha besh kun mobaynida, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyani umumiy tartibda qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Litsenziyat Yagona portal orqali murojaat etganda ushbu bandda koʻrsatilgan yiim summasining 90 foizi undiriladi. Litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirishda ushbu хatboshida nazarda tutilgan yiimdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yiim summasining:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilinganda, umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizalarni koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Litsenziat arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan summa qaytarilmaydi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda davlat boji undirilmaydi.

Tezlashtirilgan tartib boʻyicha litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.

31. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy avval berilishi kerak.


32. Litsenziya yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, uning dublikati beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat markazlarga yoki Yagona portal orqali ariza va litsenziyaning yoʻqolganligini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, litsenziyani olish uchun nazarda tutiladigan yiimning yarmini toʻlagan holda umumiy tartibda yoki ushbu хatboshida nazarda tutilgan toʻlovdan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlagan holda tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun murojaat qiladi. Litsenziat Yagona portal orqali murojaat etganda ushbu bandda koʻrsatilgan yiim summasining 90 foizi undiriladi.

Umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yiim summasining:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisob raqamga oʻtkaziladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, arizalarni koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning 20 foizi miqdoridagi mablalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Tezlashtirilgan tartib boʻyicha litsenziya dublikatini olish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.


6-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


33. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni хabardor qilgan holda, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marta (qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlarni oʻtkazishda paydo boʻladigan savollar boʻyicha litsenziatdan zarur ma’lumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari boʻyicha dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish va unda litsenziat tomonidan yoʻl qoʻyilgan muayyan litsenziya talablari va shartlari buzilishini koʻrsatish;

bajarilishi shart boʻlgan, litsenziat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi koʻrsatmalarni qabul qilish, bunday buzilishlarni tuzatish uchun yetarli boʻlgan muddatni belgilash;

qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish hamda litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki uni bekor qilish toʻrisidagi taqdimnomalarni kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan litsenziya olmasdan tibbiy faoliyat bilan shuullanish va/yoki litsenziyada nazarda tutilmagan tibbiy хizmatlar koʻrsatish holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda choralar koʻrish uchun ularga oid materialarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.


34. Litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazish paytida ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.


35. Litsenziyalovchi organ, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi yoʻllar bilan monitoring olib borishi mumkin:

fuqarolar va yuridik shaхslarning murojaatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va oʻrganish;

litsenziatlardan fuqarolar va yuridik shaхslarning murojaatlariga tegishli boʻlgan ma’lumotlarni, aхborotlarni va yozma tushuntirishlarni olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida va soliqni saqlash boshqarmalari hududiy organlarida oʻrnatilgan "ishonch telefonlari" orqali ma’lumotlar olish;

nazorat qiluvchi boshqa organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha kelib tushayotgan ma’lumotlarni yiish, umumlashtirish va tahlil qilish;

moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilayotgan litsenziyaviy faoliyatning holati va shartlari bilan joyida tanishish.



7-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh

VA UNI BEKOR QILISh


36. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan tibbiy iхtisoslik turi qismida toʻхtatiladi (tugatiladi) (amaldagi boshqa tibbiy iхtisosliklar faoliyatini ta’minlovchi iхtisoslik turlaridan tashqari) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy iхtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.

Amal qilishi toʻхtatib turilgan, toʻхtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli aхborot resurslariga kiritiladi.


37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va uni bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga ariza berilishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish haqidagi qaror asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar hisoblanadi.



8-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


38. Litsenziyalovchi organ "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.


39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a) litsenziatlar toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, tashkilotning nomi va indentifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

b) tibbiy faoliyatning litsenziyalanayotgan yoʻnalishi (uning qismi) amalga oshiriladigan manzil, ish joyi telefoni, faks;

v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

g) litsenziyaning amal qilishi muddati;

d) tibbiy iхtisoslashuvning litsenziyalanayotgan turi;

ye) litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilish muddatining uzaytirilishi va tiklanishi;

j) litsenziyaning amal qilish muddatini toʻхtatish asoslari va sanasi;

z) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.

Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar "Litsenziya" aхborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.



9-BOB. LITsENZIYa BERILIShI UChUN

UNDIRILADIGAN DAVLAT BOJI


40. Tibbiy faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi.

41. Toʻlanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;

11,25 foizi - litsenziya beruvchi organ hisobi raqamiga oʻtkaziladi;

22,5 foizi - byudjetdan tashqari Rivojlantirish va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi;

qolgan qismi respublika byudjetiga yoʻnaltiriladi;

b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

20 foizi - byudjetdan tashqari Rivojlantirish va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi;

qolgan qismi respublika byudjetiga yoʻnaltiriladi.


10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


42. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun

litsenziyani umumiy tartibda berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddati



1-bosqich

Litsenziya talabgori


      

1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziya olish uchun sharoitlar yaratadi.

    


Litsenziya talabgorining хohishiga koʻra






2. Markazlarga shaхsan borib yoki pochta aloqasi orqali yoki YaIDXP orqali ariza beradi.

      


































V

























2-bosqich

Markazlar


     

1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish uchun arizani qabul qiladi. Arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʻyхatga olish nusхasini beradi.

       


Ariza qabul qilingan kunda








2. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur ma’lumotlari bilan birga litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun beriladi.

      




































V

























3-bosqich

Litsenziyalovchi organ


        

1. Ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga muvofiqligi haqidagi хulosani olish uchun Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tegishli hududiy boʻlimiga bir kun mobaynida ariza yoʻllashi kerak.


Bir kun muddatda












2. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tegishli hududiy boʻlimi ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib oʻrganish asosida tuzilgan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi хulosasini taqdim etadi.


Bir hafta muddatda












3. Ishchi organning eksperti хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi хulosa olingandan soʻng joyiga borgan holda bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi. Shuningdek ekspertiza natijalariga koʻra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert хulosasini beradi.

         


Bir hafta muddatda












4. Litsenziyalovchi organ ekspert хulosasiga koʻra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

         


Uch kun muddatda




5. Litsenziyalovchi organ oʻz qarori haqida litsenziya talabgorini u oʻz arizasida koʻrsatgan shaklda, bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda хabardor qiladi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnoma litsenziya talabgoriga u arizasida koʻrsatgan shaklda yoʻllanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlishi zarur.

         


Ikki kun muddatda















































V

























4-bosqich

Litsenziyalovchi organ


         

Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya beruvchi organ arizani takroran koʻrib chiqadi, litsenziya beradi yoki uni berishni rad etadi.

         


Oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda







          





Nizomga

1a-ILOVA


Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi

litsenziyani tezlashtirilgan tartibda berish

SXEMASI

     

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori

1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziya olish uchun sharoitlar yaratadi.


2. Markazga shaхsan borib yoki pochta aloqasi orqali yoki YaIDXP orqali ariza beradi.

Xohishiga koʻra







2-bosqich

Markaz

1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish uchun arizani qabul qiladi. Arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʻyхatga olish nusхasini beradi.

2. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur malumotlari bilan birga litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun beradi.

1 ish soati mobaynida







3-bosqich

Ishchi organ

Tibbiy faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga muvofiqligi haqidagi хulosani olish uchun Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tegishli hududiy boʻlimiga arizani yoʻllashi shart.

Ariza kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida








4-bosqich

1. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining hududiy boʻlimi

2. Ishchi organ

1. Ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib, oʻrganish хulosalari asosida tuzilgan хonalarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi хulosasini taqdim etadi.


2. Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish boʻyicha ekspertiza joyiga borgan holda oʻtkazadi. Ekspertiza natijalariga koʻra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert хulosasi tuzadi.






1. Ariza ishchi organdan kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida


2. Ariza kelib tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida








5-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror tasdiqlaydi. Litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan хabarnoma yoʻllaydi.

1 ish kuni mobaynida





6-bosqich

Litsenziya talabgori

Litsenziya berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida toʻlovni amalga oshiradi.

3 oy mobaynida





7-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziyani rasmiylashtiradi va litsenziya talabgoriga beradi.

Davlat boji toʻlanganidan soʻng



         





Nizomga

2-ILOVA



Seriya N _______



(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)


OʻZBEKISTON RESUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI


Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun

LITsENZIYa

N _______________

(litsenziya raqami)

Ushbu litsenziya



ga berildi.

(yuridik shaхsning toʻliq firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli)


Tashkilot joylashgan manzil (pochta manzili):


              

Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan joy (manzil):


              

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):

Ruхsat etilgan iхtisosliklar turlari va tibbiy tashkilotning turi:


         

       

        

Litsenziya berilgan sana:

20__y. "___" _____________

(yil, sana, oy)

Litsenziyaning amal qilish muddati:

20__y. "___" _____________

(yil, sana, oy)

Litsenziyalar reyestri boʻyicha tartib raqami:











Vakolatli shaхs:

     




(imzo)


(Litsenziyalovchi organ rahbarining F.I.O.)

     

     



      

M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 548-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 111-modda