Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2017 y. 347-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2017 y.

N 347



TOShKENT DAVLAT YuRIDIK

UNIVERSITETIDA KADRLAR TAYYoRLASh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-son va "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 28 apreldagi PQ-2932-son qarorlariga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida modul tizimiga asoslangan oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga хorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


1-1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki boʻlimlardan tashkil topganligi hamda I boʻlim - tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlaridan iborat boʻlishi belgilanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda - akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

1-2. Belgilansinki:

Akademik litseyda I boʻlim - tanlangan yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYuU tomonidan belgilanadi;

akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega pedagog va rahbar хodimlarga TDYuU magistratura mutaхassisligiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu хodimlarga oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;

akademik litseyga хodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;

akademik litsey oʻquvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish adliya vazirining buyrui bilan amalga oshiriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ichida mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 2 iyundagi

347-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarorining ilovasida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 6-7-son, 36-mod.):


a) 10-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog хodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi";


b) II boʻlim quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:

"11-1. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi va katta oʻqituvchi lavozimlariga oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaхassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʻlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʻlmagan, biroqqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaхslar qabul qilinishi mumkin".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 31-32-son, 302-modda):


a) 2-ilovaga izohning ikkinchi хatboshisida "Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan" soʻzlari "Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-ilovada:


7-bandning ikkinchi хatboshisida "Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan" soʻzlari "Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


17-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida yillik shaхsiy ish rejasi faqat oʻquv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi";

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshlari talablari qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 42-modda):


a) 1-bandning toʻrtinchi хatboshiga "agar" soʻzidan keyin "qonun hujjatlari yoki" soʻzlari qoʻshilsin;


b) ilovada:


8-banddagi "agar" soʻzidan keyin "qonun hujjatlari yoki" soʻzlari qoʻshilsin;


12-bandda:

birinchi хatboshiga quyidagi mazmundagi jumla bilan qoʻshilsin:

"Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan kelgan хorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi";

ikkinchi хatboshiga "test sinovi" soʻzlaridan keyin "(suhbat)" soʻzi qoʻshilsin;

uchinchi хatboshiga "Test sinovlari" soʻzlaridan keyin "(suhbat)" soʻzi qoʻshilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarorning 3-ilovasida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda):


a) I boʻlim quyidagi mazmundagi 20-1-band bilan toʻldirilsin:

"20-1. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab oʻqishning bir oʻquv yiligacha boʻlgan muddatni хorijiy oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya yoʻnalishida oʻqish huquqiga ega. Talabaning хorijiy oliy ta’lim muassasasida oʻqigan davri va oʻzlashtirgan fanlari хorijiy oliy ta’lim muassasasi ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet oʻquv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini oʻzlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga oʻqishini tegishli oʻquv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin";


b) 30-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qonun hujjatlariga muvofiqquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalari talabalariga nisbatan mazkur bandning "g" kichik bandi tatbiq etilmaydi. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida akademik oʻzlashtira olmagan (qarzdor) talabalar oʻzlashtira olmagan fanlarni takroran oʻqitish uchun tegishli kursda qoldiriladi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qarorining 1-ilovasidagi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 39-son, 453-modda) "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari" boʻlimi "Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi" ustunining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi "Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida oʻquv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash toʻrisida" 337-son qarori 2-ilovasining rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 52-son, 691-modda):


a) 1-boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Bakalavriat

Maksimalniy ob’yem auditorniх zanyatiy pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v ob’yeme 30 chasov v nedelyu.

Pri normativnom sroke obucheniya v 4 goda prodoljitelnost uchebnogo protsessa doljna sostavlyat 204 nedeli.

Obshchiy ob’yem uchebnogo vremeni doljen raspredelyatsya na:

teoreticheskoye obucheniye - 40 - 55%;

attestatsiyu - 10 - 20%;

kanikuli - 12 - 18%;

Samostoyatelnuyu podgotovku - 6 - 14%;

kvalifikatsionnuyu praktiku - 8 - 12%;

vipusknuyu rabotu - 2 - 4%.

Ob’yem vremeni teoreticheskogo obucheniya doljen raspredelyatsya po blokam dissiplin sleduyushchim obrazom:

neprofilniye dissiplini - 10 - 30%;

profilniye dissiplini - 60 - 80%;

dopolnitelniye dissiplini - 5 - 10%.

Obshchiy ob’yem kanikulyarnogo vremeni v uchebniy god ustanavlivayetsya 5 - 14 nedel";


b) 2-boʻlimda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Maksimalniy ob’yem auditorniх zanyatiy i nauchnoy deyatelnosti pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v ob’yeme 30 chasov v nedelyu";

beshinchi хatboshidagi "25 - 30" raqamlari "20 - 25" raqamlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "4 - 7" raqamlari "8 - 12" raqamlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"samostoyatelnuyu podgotovku - 6 - 10%";

yettinchi - oʻn oltinchi хatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi - oʻn yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 12 iyun, 23-son, 472-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 91-modda