Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 29.06.2017 y. 164-mh-son "Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga хorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbat oʻtkazish va uning natijalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.06.2017 y. 2896-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.06.2017 y.

N 2896




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

29.06.2017 y.

N 164-mh


BUYRUI



Toshkent davlat yuridik universiteti

bakalavriatiga хorijiy fuqarolarni qabul

qilish uchun suhbat oʻtkazish va uning natijalarini

belgilash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 347-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga хorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbat oʻtkazish va uning natijalarini belgilash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                     M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 602-modda