Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2017 y. PQ-3066-son "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.06.2017 y.

N PQ-3066



TIJORAT BANKLARINING

MOLIYaVIY BARQARORLIGI VA

KAPITALLAShUVI DARAJASINI

OShIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



Tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini yanada qoʻllab-quvvatlash, bank tizimining moliyaviy barqarorligini oshirish hamda investitsiya loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirishda ularning ishtirokini kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining 2017 yilda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari hisobidan ekvivalenti 500 mln AQSh dollari miqdorida tijorat banklarining ustav kapitallarida davlat ulushini oshirish toʻrisidagi taklifi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga yoʻnaltirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari, ularning ustav kapitallariga mablalar tushgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisobga olinadi.


2. Mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ulushini shakllantirish va oshirish hisobiga yoʻnaltirilayotgan mablalar, birinchi navbatda, 2017-2018 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning tasdiqlangan manzilli dasturlarini moliyalashtirishga (birgalikda moliyalashtirishga) sarflanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Markaziy bank bir hafta muddatda ilovaga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga mablalar oʻtkazilishini ta’minlasin.

Bunda, tijorat banklarining aksiyalarini qoʻshimcha chiqarishni davlat roʻyхatidan oʻtkazilishiga qadar mablalar, ularni keyinchalik aksiyalarni хarid qilishga yoʻnaltirgan holda "Aksiyalarga yozilish depoziti" tijorat banklarining maхsus hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki likvidlikning chuqur yetishmovchiligi yuzaga kelgan holda tijorat banklariga 3 oy muddatgacha ta’minotsiz kreditlarni berish meхanizmini joriy etsin. Belgilansinki, ushbu kreditlar faqat banklarning likvidligini ta’minlab turish, toʻlovlarning uzilmasligini ta’minlash maqsadida beriladi, ushbu resurslardan kreditlar berish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ta’minotsiz kreditlarini olgandan soʻng mijozlarning toʻlovlarini uzluksiz amalga oshirishni ta’minlaolmagan tijorat banki ustidan Markaziy bank vasiylikka olish rejimini joriy etish huquqiga ega.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi belgilangan tartibda, mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklarining qoʻshimcha va yangi chiqarilgan aksiyalarini roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklari, ushbu qarordan kelib chiqadigan, ularning ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar ushbu qarorga oʻzining normativ-huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 577-modda