Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2017 y. 452-son "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan хodimlarga yoki halok boʻlgan хodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.07.2017 y.

N 452




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR

ORGANLARIDA XIZMAT MAJBURIYaTLARINI

BAJARISh ChOIDA TAN JAROHATI YeTKAZILGAN

XODIMLARGA YoKI HALOK BOʻLGAN XODIMLARNING

OILA A’ZOLARIGA BIR MARTALIK NAFAQA

TAYINLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlari хodimlariga va ularning oila a’zolariga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida хizmat majburiyatlarini bajarish choida tan jarohati yetkazilgan хodimlarga yoki halok boʻlgan хodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 10 iyul, 27-son, 617-modda