Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligi 54-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-23-son ""Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 29.05.2017 y. Qarori (AV tomonidan 19.06.2017 y. 2088-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.06.2017 y.

N 2088-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

29.05.2017 y.

N 54


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

29.05.2017 y.

N 2017-23


QARORI



"Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida mahsulot

yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga

sotishdan Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari

Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi

jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi

nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010 yil 19 fevraldagi 14 va 2010-5-son "Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2088, 2010 yil 19 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 12-son, 86-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

B.Xodjayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

      





Qarorga

ILOVA



"Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida mahsulot

yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga

sotishdan Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari

Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi

jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi

nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Qarorda:


a) nomi va 1-banddagi "Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga" degan soʻzlar "davlat maqsadli jamarmalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:".


2. Nizomda:


a) nomi, 5 va 6-bandlardagi "Respublika yoʻl jamarmasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga" degan soʻzlar "davlat maqsadli jamarmalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibini belgilaydi.";


v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qarorining 5-bandiga muvofiq 2010 yil 1 yanvardan boshlab "Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari uchun tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi joriy etilgan.".


g) ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar "Oʻzbekneftgaz" MXK bilan kelishilgan.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Oʻzbekneftgaz" MXK korхonalari tizim ichida

mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni

pirovard iste’molchiga sotishdan davlat

maqsadli jamarmalariga majburiy

ajratmalar toʻlash tartibi

haqidagi nizomga

ILOVA



Tabiiy gazni tizim ichida mahsulot yetkazib

berish boʻyicha "Oʻzbekneftgaz" MXK

KORXONALARI


1. "Muborakneftgaz" MChJ


2. "Shoʻrtanneftgaz" MChJ


3. "Gazlineftgazqazibchiqarish" MChJ


4. "Ustyurtgaz" MChJ


5. "Andijonneft" AJ


6. "Gissarneftgaz" MChJ*


7. "Koʻkdumaloqgaz" MChJ*


8. "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ


9. "Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi" MChJ


10. "Oʻztransgaz" AK


11. "Uz-Kor Gas Chemical" MChJ QK



Izoh:

*) "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi boʻyicha.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 555-modda