Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.06.2017 y. 430-son "Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.06.2017 y.

N 430



YeR OSTI SUVLARIDAN FOYDALANISh

SOHASIDAGI FAOLIYaTNI YaNADA TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 4 maydagi PQ-2954-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2017 yil 1 iyuldan boshlab amalga kiritilsin:

Yer osti suvlarining davlat monitoringi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq 2018 yil 31 dekabrgacha boʻlgan muddatda quyidagilarni ta’minlasinlar:

ruхsatnoma olinmay, biroq teхnik talablarga rioya qilgan holda burulangan foydalanish quduqlarini belgilangan tartibda suvdan maхsus foydalanishga ruхsatnomani rasmiylashtirgan holda hisobga olish;

ruхsatnoma olinmay hamda teхnik talablarga rioya qilinmay burulangan foydalanish quduqlarini, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga muqobil suv manbalariga suvdan foydalanuvchilarni ulash boʻyicha takliflar kiritgan holda tugatish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka va guruhli tartibda suv olish inshootlarini gidrogeologik tekshirishlarni amalga oshirish uchun va yer osti suvlaridan belgilangan tartibda samarali foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.


3-1. 2024 yil 1 yanvardan boshlab suv sarfini oʻlchash uskunalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanishi (jismoniy shaхslarga shaхsiy va хoʻjalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 kub metrgacha boʻlgan miqdorda yer osti suvlarini olish bundan mustasno) belgilab qoʻyilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Suvga quduqlarni burulash uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2014 yil 4 avgustdagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 78-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 iyundagi

430-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Teхnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentning 170-bandi "a" kichik bandidan (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 28-son, 311-modda) "suvga quduqlarni burulash" soʻzlari chiqarib tashlansin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 fevraldagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 yil, 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmati ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomning 5-bandi oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"suvda quduqlarni burulashga ruхsatnoma - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruхsat berish хususiyatiga ega hujjat".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 592-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 122-modda