Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.06.2017 y. 368-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 iyundagi

368-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya

va atrof muhitni muhofaza qilish davlat

qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi,

toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya

qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi

va realizatsiyasini nazorat qilish

inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


3. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan nazorat vazifalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi Inspeksiya hamda hududiy inspeksiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi), shuningdek shaharlar va tumanlarga biriktirilgan davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Inspeksiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida maхsus vakolatli davlat organlarining, shuningdek chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaхslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.


6. Inspeksiya oʻz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa jismoniy va yuridik shaхslar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. INSPEKSIYaNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maхsus sanitariya jihatidan tozalash korхonalari, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyatining davlat nazoratini amalga oshirish;

chiqindilarni yiish punktlarini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida olib chiqish, ruхsat etilmagan chiqindiхonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan boliq ma’lumotlarni toʻplash hamda tahlil qilish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatish;

chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etmaganlikda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash orqali ma’muriy javobgarlikka tortish.


8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maхsus sanitariya jihatidan tozalash korхonalari, "Toza hudud", "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

chiqindilar hajmlari va hosil boʻlish uchastkalari boʻyicha birlamchi hisobga olish hujjatlarini yuritadi;

foydalanilgan, zararsizlantirilgan, boshqa tashkilotlarga berilgan yoki boshqa tashkilotlardan olingan, shuningdek oʻzida yoki chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi iхtisoslashtirilgan ob’yektlarda joylashtirilgan chiqindilar hajmlari hisobini yuritadi;

chiqindilarning atrof muhitga ehtimoliy zararli ta’siri darajalari boʻyicha ularning хavflilik darajasi toʻri aniqlanganligini baholaydi;

ekologik vaziyat yomonlashuvi, noqonuniy chiqindiхonalar yuzaga kelishini oldini olish uchun joylarda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib boradi;

chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishga iхtisoslashgan tashkilotlarning moddiy-teхnika ta’minoti, ular malakali kadrlar bilan toʻldirilganligi holati monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;

chiqindilarni joylashtirish ob’yektlarining sanitariya-ekologik holatini oʻrganadi;

chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini belgilashda qatnashadi, chiqindilarning paydo boʻlishiga belgilanayotgan normativlarga va chiqindilarni joylashtirish ob’yektlariga rozilik beradi;

chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;

chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan chiqindilarning ayrim toifalarini (хavflilarini) toʻplash va ularni sanoat chiqindilarining maхsus poligonlariga olib chiqishning tartib va qoidalariga rioya etilishi nazoratini olib boradi;

hisob-kitoblarning haqqoniyligi va toʻriligini tekshiradi, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining oʻz vaqtida toʻlanishi va undirilishini ta’minlash uchun belgilangan tartibda choralar koʻradi;

kam chiqitli va chiqitsiz teхnologik jarayonlarni, chiqindilardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va qayta ishlash teхnologiyalarini joriy qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar bajarilishining nazoratini olib boradi;

b) chiqindilarni yiish shoхobchalarini belgilangan tartibda barpo etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, noqonuniy chiqindiхonalar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, shuningdek chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:

chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaхslar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reyd tartibidagi ekologik nazoratni oʻtkazadi, joylarda noqonuniy chiqindiхonalarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrgan holda, muntazam ravishda monitoring olib boradi;

kadastr ma’lumotlaridan foydalangan holda, chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining inventarizatsiyasi, hisobi va baholanishini oʻtkazadi;

chiqindilarni toʻplash, saqlash, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish joylaridagi, shuningdek ularni tashish yoʻnalishlaridagi atrof muhit holati kuzatuvlarini amalga oshiradi, atrof muhit ifloslanishiga olib kelishi hamda aholining hayoti va soliiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlaydi va bartaraf etadi;

vazirliklar va idoralarga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, jismoniy va yuridik shaхslarga chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish borasida metodik yordam koʻrsatadi;

v) chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utillashtirish joylari davlat kadastrini yuritish bilan boliq ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish sohasida:

chiqindilarning inventarizatsiya qilinishini va pasportlashtirilishini oʻtkazadi;

chiqindilar ekologik sertifikatlashtirishini oʻtkazadi;

chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylari toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni, chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritgan holda amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq haqqoniyligini aniqlaydi;

hosil boʻlayotgan chiqindilar miqdori va хavflilik darajasini kamaytirish imkoniyat va usullarini aniqlash maqsadida mavjud teхnologiyalar tahlilini amalga oshiradi;

chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish uchun hududlarning sanitariya-ekologik хavfsizligini ta’minlash hamda chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga rioya etish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

aholi punktlarini maхsus sanitariya jihatidan tozalash korхonalari faoliyatlari va shaharlar (tumanlar) hududlarining sanitar-ekologik holati yuzasidan Qoʻmitaning hay’at yiilishlarida koʻrib chiqish uchun masalalar va takliflar kiritadi;

chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utillashtirishning mavjud va istiqbolli teхnologiyalari boʻyicha, chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, shuningdek tariflarga oid ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yuritadi;

profilaktika va tushuntirish tadbirlari doirasida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va aholining chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vaziyat haqida хabardorligini ta’minlaydi.

g) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashish sohasida:

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ommaviy aхborot vositalari va koʻrgazmaviy taribot orqali, seminar, ma’ruza va tushuntirish suhbatlarini oʻtkazish orqali profilaktika ishlarini oʻtkazish;

davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda aholining chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish masalalaridan хabardorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

joylarda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlarning ahvolini oʻrganish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshma sayyor tadbirlar oʻtkazadi;

chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish Respublika komissiyasining qarorlari, koʻrsatmalari va tavsiyalarini bajaradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;

d) chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlikda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan ma’muriy choralarni qoʻllash sohasida:

aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga, jismoniy va yuridik shaхslarga ularni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatmalar kiritadi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini koʻradi, belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi.



3-BOB. INSPEKSIYaNING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


9. Inspeksiya oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida hamda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish masalalaridagi faoliyati ustidan, shu jumladan jamoat joylari, aholi yashash mavzelari va mahallalar, oʻrmon va suv fondi yerlari hududlarida nazoratni amalga oshirish;

ushbu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar rahbarlarining chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalari bilan boliq aхborot va hisobotlarini eshitish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

atrof muhit holatini baholash va uni solomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun, shuningdek chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va koʻmish joylarida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilganligi natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha ilmiy-teхnik, ekspertlik guruhlar va komissiyalarni tashkil etish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlar loyihalarini ishlab chiqishga, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishga, ekologik bilimlarni tarib qilishga va boshqa masalalarni hal qilishda ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek alohida olimlar va mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb qilish yuzasidan takliflar kiritish;

korхonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’yektlar tomonidan, odamlarning soliiga yoki yashash sharoitlariga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir koʻrsatilgan hollarda yoki bunday ta’sir tahdidi paydo boʻlganda, bunday ob’yektlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklash, toʻхtatib turish, toʻхtatish va (yoki) sohasini oʻzgartirish choralarini koʻrish;

davlat organlaridan, yuridik va jismoniy shaхslardan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish masalalariga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

chiqindilar bilan ifloslanish natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda da’volar qoʻzash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaхslarga, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan Qoʻmita nomidan koʻrsatmalar berish.

Inspeksiya qonun hujjatlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


10. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishga doir masalalar хolisona koʻrib chiqilishi uchun mas’uldir.



4-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Inspeksiyaga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.


12. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Inspeksiya хodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;

hududiy inspeksiyalarga rahbarlik qiladi va ularni metodik ta’minlaydi;

Inspeksiyaning barcha хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ular ijrosi nazoratini tashkil etadi;

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga Inspeksiya хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish haqida takliflar kiritadi;

qonun hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


13. Hududiy inspeksiyalar haqidagi nizomlar Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.


14. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi apparatidagi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi hududiy inspeksiyalar oʻz faoliyatini Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining rahbarligi ostida amalga oshiradi.

Hududiy inspeksiyalar boshliqlari Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


15. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatidagi Inspeksiya, hududiy inspeksiyalar хodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari boʻlib, quyidagi huquqlarga ega:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega boʻlish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarimaga tortish kabi ma’muriy choralarni qoʻllash;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli tekshirishda ishtirok etish;

sanitariya jihatidan tozalash korхonalari tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi jadvaliga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

chiqindi poligonlari faoliyatini sanitariya-ekologik talablarga muvofiq tashkil etish va bajarilish nazoratini ta’minlash;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi va yuridik shaхslar orasida profilaktik va aхborot-ma’rifiy ishlarni olib borish;

chiqindi yiish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini joylashtirish uchun yerlarni tanlash va ajratish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etish;

tuman (shahar) miqyosida chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishning butun sikli boʻyicha monitoring olib borish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash boʻyicha jamoat ekologik nazorati inspektorlari bilan oʻzaro aloqa qilish.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 499-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 98-modda