Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 y. 375-son "Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.06.2017 y.

N 375



EKOLOGIYa, ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILISh VA ChIQINDILAR BILAN BOLIQ IShLARNI

AMALGA OShIRISh JAMARMASI MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qaroriga muvofiq, shuningdek tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga yoʻnaltirilayotgan pul mablalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, respublikada ekologik хavfsizlikni ta’minlash uchun muhim ustuvor yoʻnalishlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining:

tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy fondlari qoldiq pul mablalarini Jamarmaga yoʻnaltirish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining byudjet hamda Ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish va tashkiliy tadbirlar dasturlari boʻyicha kreditorlar oldidagi qarzlarini Jamarma mablalari hisobiga qoplash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga va Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 iyundagi

375-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 1 maydagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 5-son, 35-modda):


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:

50 foizi - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasiga;

50 foizi - respublika byudjetiga.";


b) 4 va 5-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 5-ilovada:


7-bandda:

"v" kichik banddagi "tabiatni muhofaza qilish organlari" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"d" kichik banddagi "eng kam oylik ish haqining kamida besh baravari miqdorini" soʻzlari "eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kamni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8-banddagi "tabiatni muhofaza qilish organlari" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


10-bandning ikkinchi хatboshidagi "tabiatni muhofaza qilish organlari bilan" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11-bandning birinchi хatboshidagi "tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


14-banddagi "tabiatni muhofaza qilish organlarining" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaхsiy azna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.";


16-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Yuridik shaхslarning turli hududlarda joylashgan boʻlinmalari va filiallari yuridik shaхs hisoblanmagan va bank hisob raqamlariga ega boʻlmagan taqdirda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini yuridik shaхslar toʻlaydilar. Kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaхslarning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari va filiallari joylashgan hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaхsiy azna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.";


19-banddagi "tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


21-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga B ilovada:

"tuman (shahar) mahalliy tabiatni muhofaza qilish organiga" soʻzlari "mahalliy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Tabiatni muhofaza qilish organi inspektori" soʻzlari "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi davlat inspektori" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"MFOP boʻlim boshlii" soʻzlari "Kompensatsiya toʻlovlari hisobi va ularning tushumi ustidan nazorat boʻlimi boshlii" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Kommunal хoʻjaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 3 fevraldagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 4-modda):


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki:

ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi yuzasidan monitoring olib borish suv quvurlari-kanalizatsiya korхonalariga yuklanadi;

kompensatsiya toʻlovlari suv quvurlari-kanalizatsiya korхonalarining maхsus laboratoriyalari taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar tomonidan belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;

ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun undiriladigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaхsiy azna hisobvaraqlariga, shundan 60 foizi respublika byudjetiga, 40 foizi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasiga oʻtkaziladi."


b) 6-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 1-ilovada:


2-bandning uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi deb yuritiladi)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) hududiy organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bandning birinchi хatboshidagi, 14, 24, 25, 28, 30, 31, 32, 40 va 41-bandlardagi "Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


33-banddagi "Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hududiy organlarining Iхtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyalari" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


34-banddagi "Iхtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Qoidalarga 3-ilovadagi "Tabiatni muhofaza qilish organi rahbari" soʻzlari "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 3-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda):


a) 1-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

2

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi)


Tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablalari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish bilan boliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablalari bundan mustasno


50


Atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari


50

".

b) 2-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablalarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Davlat oʻrmon fondiga kirmagan daraхt va butalarni kesishga ruхsatnomalar berishdan tushadigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaхsiy azna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, uning 60 foizi Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, 40 foizi - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasiga oʻtkaziladi.".






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 iyundagi

375-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Tabiatni muhofaza qilish jamarmalari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1993 yil 24 maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 5-son, 20-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 1996 yil 10 yanvardagi 17-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 1-son, 1-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2003 yil 16 iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 6-son, 45-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 25 oktyabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y. 10-son, 100-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 1 apreldagi 95-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 3-4-son, 19-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 19 iyun, 24-son, 502-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 100-modda