Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2017 y. 360-son "Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
06.06.2017 y.
N 360
YeR QA’RIDAN FOYDALANISh, XAVFLI
IShLAR, XAVFLI TOVARLAR VA MODDALAR,
PORTLOVChI MATERIALLAR IShLAB ChIQARISh,
ULARNING AYLANIShI SOHASIDA HAMDA BOShQA
SOHALARDA RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN
OʻTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Soʻnggi yillarda respublikada kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish shaffofligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tusidagi hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi.
Shu bilan birga, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining boshligʻi B. Gulyamovning shaхsiy mas’uliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruхsat berish tartib-taomillari tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish ta’minlanmagan.
Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining oʻz vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini ta’minlamaganligi uchun "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining boshligʻi B. Gulyamovga hayfsan e’lon qilinsin.
2. Quyidagilar:
Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 12 iyun, 23-son, 479-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2017 yil, 6-son, 95-modda