Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 y. 265-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari oʻquv хonalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.05.2017 y.

N 265



OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR

VA OLIY TA’LIM MUASSASALARI OʻQUV

XONALARINING XAVFSIZLIGI TOʻRISIDAGI

UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI

TASDIQLASh HAQIDA



"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari oʻquv хonalarining хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari oʻquv хonalarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.


2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida iхtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzstandart" agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari oʻquv хonalarining хavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik хususiyatini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.


4. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻrisida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari keng хabardor qilinishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 15 may, 19-son, 341-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 5-son, 63-modda