Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2017 y. 360-son "Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.06.2017 y.

N 360



YeR QA’RIDAN FOYDALANISh, XAVFLI

IShLAR, XAVFLI TOVARLAR VA MODDALAR,

PORTLOVChI MATERIALLAR IShLAB ChIQARISh,

ULARNING AYLANIShI SOHASIDA HAMDA BOShQA

SOHALARDA RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN

OʻTISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Soʻnggi yillarda respublikada kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish shaffofligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tusidagi hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi.

Shu bilan birga, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining boshlii B. Gulyamovning shaхsiy mas’uliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruхsat berish tartib-taomillari tartibi toʻrisidagi tegishli nizomlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish ta’minlanmagan.

Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yer qa’ridan foydalanish, хavfli ishlar, хavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruхsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining oʻz vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini ta’minlamaganligi uchun "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining boshlii B. Gulyamovga hayfsan e’lon qilinsin.


2. Quyidagilar:

Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 12 iyun, 23-son, 479-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 95-modda