Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.05.1999 y. 216-son "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.05.1999 y.

N 216




"OʻZBEKNAVO" GASTROL-KONSERT

BIRLAShMASI FAOLIYaTINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish toʻrisida"gi 1996 yil 5 apreldagi PF-1419-son Farmoniga muvofiq, "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, san’atkorlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’naviy islohotlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash, keng koʻlamli gastrol-konsert faoliyatini rivojlantirish, bozor munosabatlari sharoitida ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni moddiy hamda ma’naviy rabatlantirishning yangi, samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, birlashma rahbari  ijrochi direktor birlashmaning ijodiy-tashkiliy ishlarini boshqaradi, moliyaviy-хoʻjalik ishlarini yuritadi, kadrlar masalasi bilan shuullanadi, birlashmaning hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, boshqaruv bilan birgalikda birlashma ish rejalarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishni nazorat qiladi.

Bosh badiiy rahbar bevosita jamoalarga ijodiy yordam berish, yosh iste’dodlarni izlab topish, хonanda va bastakorlarning ijodiy hamkorligini ta’minlash, musiqa san’atining barcha janrlarida yangi nomlarning dunyoga kelishi, ijro mahoratini yuksaltirish, repertuar salohiyatining doimiy ravishda yangilanib, shakllanib borishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, ijodiy jamoalar, ayniqsa, yosh san’atkorlar ijodining rivojiga amaliy yordam koʻrsatish vazifalarini bajaradi.


2. Birlashma tarkibiga kiruvchi jamoalarning toʻliq хoʻjalik hisobida faoliyat koʻrsatishga oʻtish hamda soliq imtiyozlaridan foydalanish muddati 2001 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqqan holda birlashma direksiyasining amaldagi tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;

milliy mumtoz va zamonaviy qoʻshiqchilik san’atini keng tarib qilish, aholiga madaniy хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, birlashmaning moddiy-moliyaviy salohiyatini kuchaytirish maqsadida keng koʻlamli gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtiruvchi dastur ishlab chiqsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 26 apreldagi 163-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

qarorning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Begilab qoʻyilsinki:

Birlashma rahbari-ijrochi direktor rahbarlik qiladigan direksiya "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvining ijro etuvchi-tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi. Birlashma rahbari  ijrochi direktor birlashma Kengashining raisi, Madaniyat ishlari vazirligining hay’at a’zosi hisoblanadi;

Kengash birlashma boshqaruvining maslahat organi hisoblanadi, uning tarkibiga qatnashchi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar rahbarlari, shuningdek, birlashma rahbari-ijrochi direktor, uning oʻrinbosarlari va bosh badiiy rahbar kiradilar. Birlashma rahbari  ijrochi direktor va bosh badiiy rahbar Madaniyat ishlari vazirligining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi".

Ushbu qarorga 1-ilovaning 6-boʻlimi barcha bandlaridagi "bosh direktor" soʻzlari "birlashma rahbari-ijrochi direktor" soʻzlari bilan, "bosh direktor va uning oʻrinbosarlari" soʻzlari "birlashma rahbari-ijrochi direktor va bosh badiiy rahbar" soʻzlari bilan almashtirilsin, 2-bandning 1-хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlaridan oldin "Madaniyat ishlari vazirligi tavsiyasiga koʻra" soʻzlari qoʻshilsin, 2-хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov