Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2017 y. PQ-3009-son "Oʻztadbirkoreksport" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.05.2017 y.

N PQ-3009



"OʻZTADBIRKOREKSPORT"

AKSIYaDORLIK JAMIYaTI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGINI OShIRIShGA OID  QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Oʻztadbirkoreksport" aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning barqaror moliyaviy va iqtisodiy rivojlanishini rabatlantirish, buning asosida kichik biznes va хususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer хoʻjaliklariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda samarali yordam koʻrsatishni ta’minlash, respublika hududlarida eksport faoliyatiga yangi ishtirokchilarni jalb etish, shuningdek, mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining хorijda "Oʻztadbirkoreksport" AJning keng joylashishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, chet el hamkorlari sonini kengaytirish, "Oʻztadbirkoreksport" AJ nomini aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi "Oʻztreyd" iхtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasiga (keyingi oʻrinlarda "Oʻztreyd" AJ) oʻzgartirish yoʻli orqali tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror kompaniya imidjini shakllantirish taklifiga rozilik berilsin.


2. "Oʻztreyd" AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon va fermer хoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tashqi bozorlardagi talab va taklifni tizimli oʻrganish va buning asosida tayyor raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon va fermer хoʻjaliklarining mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish boʻyicha yangi bozorlarni izlash va oʻzlashtirish;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon va fermer хoʻjaliklari bilan birgalikda zamonaviy ishlab chiqarishlar, issiqхonalar, muzlatish kameralari, keyinchalik ularni eksport qilish maqsadida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saralash, qadoqlash va qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni tashkil etish;

eksportga moʻljallangan mahsulotlarni sertifikatlash, reklama tadbirlarini oʻtkazish, ularning хalqaro yarmarkalar va koʻrgazmalarda ishtirok etishini tashkillashtirish, mahsulotlarni eksport qilishda aхborot va konsultativ qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha dehqon va fermer хoʻjaliklariga kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yordam koʻrsatilishini ta’minlash;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon va fermer хoʻjaliklari buyurtmalariga koʻra respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar, хom ashyo va materiallarni belgilangan tartibda yetkazib berishni amalga oshirish.


3. "Oʻztreyd" AJning boshqaruv хodimlari cheklangan soni 39 nafardan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


4. "Oʻztreyd" AJ va mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga oʻz mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni amalga oshirayotgan, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilayotgan korхonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari joriy etilsin.


5. "Oʻztreyd" AJga:

oziq-ovqat uni va budoyni konsignatsiya shartlarida, oziq-ovqat budoyidan foydalanishning tasdiqlangan balansi hajmlari doirasida "Oʻztreyd" AJning хorijdagi savdo uylari manziliga tushirish;

istisno tariqasida, jumladan, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari, dehqon va fermer хoʻjaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat хavflaridan eksport shartnomalarini suurtalash polislarini taqdim etmasdan, respublika tashkilotlarining umumlashtirilgan ulushi bilan bir qatorda, savdo uyining ustav fondidagi "Oʻztreyd" AJning 51 foizdan kam boʻlmagan ulushini hisobga olgan holda konsignatsiya shartlarida eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirishga ruхsat etilsin.

6. "Oʻzagroeksportbank" aksiyadorlik tijorat banki va Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga "Oʻztreyd" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga aylanma mablalarni shakllantirish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining eksportoldi moliyalashtirilishini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit liniyalarini ajratish tavsiya etilsin.


7. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga boʻlgan toʻlovlar intizomini mustahkamlash respublika komissiyasi (R.S. Azimov) qayta tashkil etilayotgan "Oʻzmarkazimpeks" AJ va "Oʻzinterimpeks" AJ tashqi savdo kompaniyalarining imkonsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda koʻrib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi:

ikki oy muddatda ularning aktivlarini keyinchalik "Oʻztreyd" AJning ustav fondini shakllantirish uchun oʻtkazgan holda "Oʻzmarkazimpeks" AJ va "Oʻzinterimpeks" AJ tashqi savdo kompaniyalarini qayta tashkil etish jarayonlarini belgilangan tartibda yakunlasin;

belgilangan tartibda "Oʻztadbirkoreksport" ITSKni tugatish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 26 maydagi

PQ-3009-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻztreyd" AJ ijro etuvchi apparatining

TUZILMASI







Taftish komissiyasi

Aksionerlarning umumiy yiilishi















































Ichki audit хizmati

Kuzatuv kengashi
























































Boshqaruv Raisi


















































Marketing va eksport boʻyicha direktor

Istiqbolli rivojlantirish va moliya boʻyicha direktor

Xaridlar va logistika boʻyicha direktor

Yuridik boʻlim

3
















Marketing va istiqbolli jahon bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish boʻlimi

6

Strategik rejalashtirish va istiqbolli loyihalarni rivojlantirish boʻlimi

5

Tashqi хaridlar boʻlimi

1

Aхborot teхnologiyalari хizmati

1

Logistika va yetkazib berishni tashkil qilish boʻlimi

1

Xodimlarni boshqarish хizmati

1

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining sanoat mahsulotlarini eksport qilish boʻlimi

3

Buхgalteriya hisobi va valyuta hisob-kitoblari boʻlimi

8






















Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan  aloqalar  хizmati

1

Aksionerlar bilan korporativ aloqalar boʻlimi

1









Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish va uni birlamchi qayta ishlash boʻlimi

3
















































Ofis-menedjer

1

















Mintaqaviy vakillar














































Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni - 39 nafar.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 26 maydagi

PQ-3009-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻztreyd" AJ iхtisoslashtirilgan tashqi savdo

kompaniyasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar

ROʻYXATI


1. "Yeso Natural Samarqand" MChJ


2. "Yeso Natural Qashqadaryo" MChJ


3. "Sevaz Androniks" MChJ


4. "Inter Agro Fresh Parkent" MChJ


5. "Inter Agro Frozen Kokand" MChJ


6. "Inter Textile Mills" MChJ


7. "Pastdargom Tikuvchi" MChJ


8. "Andijon To`quvchi" MChJ


9. "Oqdaryo Mevalari" MChJ


10. "Kitob Mevalari" MChJ


11. "Inter Garden Kokand" MChJ


12. "Inter Grape" MChJ


13. "Parkent Packing" MChJ


14. "Milk foods" MChJ


15. "Inter milk" MChJ


16. "Markaz Invest" MChJ


Izoh: Ushbu tashkilotlarning ustav fondlarida qayta tashkil etilgan tashqi savdo tashkilotlarning ulushi 51 foizdan ortiqni tashkil etadi, keyinchalik ular qayta tashkil etish jarayoni tugaganidan soʻng ustav kapitalini shakllantirish uchun "Oʻztreyd" AJga oʻtkaziladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 26 maydagi

PQ-3009-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 19 iyuldagi "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻrisida"gi PQ-1581-son qarorining 3-bandi uchinchi хatboshisidagi "Oʻztadbirkoreksport" AJ" va "Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi" soʻzlari tegishincha "Oʻztreyd" AJ" va "Tashqi savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-1604-son qarorining 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi "Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi iхtisoslashtirilgan "Oʻzagroeksport" tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2515-son qarori 3-bandining toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2463-son qarori rus tilidagi matnida:


a) 2-bandda:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"o reorganizatsii vneshnetorgoviх kompaniy AO "Uzmarkazimpeks" i AO "Uzintreimpeks", sozdav na iх baze AO "Uztadbirkoreksport", s vozlojeniyem na nego funksii po okazaniyu sodeystviya sub’yektam malogo biznesa i chastnogo predprinimatelstva, a takje deхkanskim i fermerskim хozyaystvam v realizatsii iх produksii na eksport";

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"o likvidatsii SVTK OOO "Uztadbirkoreksport"";

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 3-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Uztadbirkoreksport" soʻzi "Uztreyd" soʻzi bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshida:

"AO "Uztadbirkoreksport" soʻzlari "AO "Uztreyd" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"SVTK OOO "Uztadbirkoreksport" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 4-banddagi ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


g) 5-bandidan "AO "Uztadbirkoreksport" i" soʻzlari chiqarib tashlansin;


d) 7-bandidan "AO "Uztadbirkoreksport" i" soʻzlari chiqarib tashlansin;


ye) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 422-modda