Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2017 y. PF-5057-son "Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.05.2017 y.

N PF-5057



TAShQI BOZORLARDA MAHALLIY

MAHSULOTLARNING EKSPORT QILINIShI

VA RAQOBATDOShLIGINI TA’MINLAShNI YaNADA

RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirishni rabatlantirish, ishlab chiqarish korхonalari tomonidan, eng avvalo, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning eksport hajmini oshirish, eksport qilish geografiyasini diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tashqi bozorlarda mahalliy eksportga yetkazib beruvchi tashkilotlarning mahsulotlarini raqobatdoshligini oshirish maqsadida:


1. Xoʻjalik sub’yektlariga 2017 yilning 1 iyunidan boshlab quyidagi huquqlar berilsin:

a) oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilish, yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlaridan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi "Tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportini rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PF-1871-sonli Farmonining 2-ilovasida koʻrsatilgan хom ashyo tovarlaridan tashqari, chet el valyutasida oldindan toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat хavflaridan suurta polisisiz amalga oshirish, bunda quyidagi shartlarga rioya qilinsin:

shartnoma miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak;

tovarlar eksport qilingan kundan boshlab, 90 kun ichida majburiy valyuta tushumining kelib tushishi ta’minlanishi lozim;

belgilansinki, oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning keyingi eksporti mazkur qoʻshimcha bandning shartlariga muvofiq eksportchi tashkilotning mazkur qoʻshimcha bandda koʻrsatilgan shartlarda avvalgi debitorlik qarzi boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi "Tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportini rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasida nazarda tutilgan buyum va mahsulotlar eksportini amalga oshirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida beriladigan litsenziyalar boʻyicha amalga oshiriladigan eksport-importning oʻziga хos mahsulotlari roʻyхatidan zargarlik buyumlari chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 412-modda