Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 20.06.2017 y. 144-mh-son "Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.06.2017 y. 2165-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.06.2017 y.

N 2165-8




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

20.06.2017 y.

N 144-mh


BUYRUI



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 20 dekabrdagi 303-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                 M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-bandning ikkinchi хatboshidagi "ham tanlov oʻtkazilishi mumkin" degan soʻzlar "tanlov oʻtkazish mazkur Nizom 28-1-bandining ikkinchi хatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2. 4-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "e’lon beriladi" degan soʻzlardan soʻng ", mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

sakkizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. 28-1-bandda:

birinchi хatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ushbu bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqish davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


4. 28-2-banddagi "Tanlovlarda ketma-ket" degan soʻzlar "Soʻnggi olti oy davomida oʻtkazilgan tanlovlarda ketma-ket" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 30-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


6. 34-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar talabgor notariusning homiladorlik va tuish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash uchun tayinlangan boʻlsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 561-modda