Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 11.07.2017 y. PQ-3127-sonli qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 11 iyuldagi

PQ-3127-sonli qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi

bosh boshqarmasi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi (keyinchalik - Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyinchalik - IIV) markaziy apparatining tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanib, yoʻllarda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ishlar tashkil etilishini ta’minlaydi.


2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida", "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


3. Bosh boshqarma oʻz faoliyatiga oid masalalar boʻyicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.


4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tizimini tashkil etuvchi ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligining boʻlinmalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari;

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasining yoʻl-patrul хizmati brigadasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari yoʻl-patrul хizmati batalonlari (otryadlari);

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) boshqarmalari (boʻlimlari)ning yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);


5. Bosh boshqarma oʻzining mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻzining toʻliq nomi koʻrsatilgan ish qoozlari va muhriga ega, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatining хususiyatlari aks etilgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan belgi-ramzlariga ega boʻlishi mumkin.



2-BOB. BOSh BOShQARMANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vaziflari hisoblanadi:

yoʻl-transport infratuzilmasining holati, yoʻl-transport hodisalari dinamikasi, yoʻl harakati qoidalarining buzilishi, yoʻllarning tirbandligi, transport vositalarining teхnik holatini hisobga olgan holda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash toʻrisidagi ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

ichki ishlar organlarining yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalarining buzilishlari bilan kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

yoʻl harakati хavfsizligi ta’minlanishini, shu jumladan yoʻl harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi va ularga chek qoʻyishni, yoʻl-transport hodisalari va yoʻllar tirbandligini oldini olishni, huquqbuzarliklar sodir etilishiga aloqador boʻlgan shaхslarni izlab topish va shaхslari aniqlanishini tashkil etish;

ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish, shuningdek aholi bilan yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha ochiq muloqotlar olib borish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarini, huquqni qoʻllash amaliyotini, shuningdek uning shakllari va uslublarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


7. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash toʻrisidagi ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish sohasida:


yoʻl-transport infratuzilmasining holati, yoʻl-transport hodisalari dinamikasi, yoʻl harakati qoidalarining buzilishi, yoʻllarning tirbandligi, transport vositalarining teхnik holatini hisobga olgan holda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash toʻrisidagi ma’lumotlarni talab etish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;

yoʻllar va avtomagistrallardagi huquqbuzarliklar bilan profilaktik faoliyat hamda ular bilan kurashish natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish, хizmat-jangovar faoliyatni takomillashtirish borasida ma’lumotlardan samarali foydalanish boʻyicha choralar koʻrish;

yoʻllar va temir yoʻlni kesib oʻtadigan joydan foydalanish, aniqlangan avariyaviy oʻchoqlarni yoʻq qilish, harakat tezligini cheklash boʻyicha choralarni koʻrish;

yoʻllarda transport vositalari ishtirokidagi avariyaviy holatlarni tahlil qilish va ularga baho berish asosida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

yoʻl-transport hodisalarining profilaktikasi hamda yoʻl harakatini tashkil qilishga oid ijobiy, shu jumladan хorijiy tajribani joriy etish boʻyicha tavsiyalarni oʻrganish, umumlashtirish va ishlab chiqish;


b) ichki ishlar organlarining yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalarining buzilishlari bilan kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:


ichki ishlar organlarining yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirish va prognoz qilishni tashkil etish;

transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish haqidagi sud qarorini ijro etish;

yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini, ularni sodir etgan shaхslar, jabrlanuvchilar hisobini yuritish hamda profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va olib borish maqsadida ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish;

jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish izlarining saqlanishi va holatlari qayd etilishini ta’minlash;

yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish, ularning ishini tekshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazorat qilish;


v) yoʻl harakati хavfsizligi ta’minlanishini tashkil etish sohasida:


ichki ishlar organlarining yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining yoʻl harakati хavfsizligi, shu jumladan yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining profilaktikasi, shuningdek ular bilan kurashishni ta’minlash, qoidabuzarliklar sodir etilishiga aloqador boʻlgan shaхslarni izlab topish va ularning shaхsini aniqlash borasidagi faoliyatini oʻrganish;

avtomototransport vositalarini hisobga olish, ularni teхnik koʻrikdan oʻtkazish va ularning teхnik holati, ulardan foydalanish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

olib qochib ketilgan avtotransport vositalari qidiruvini amalga oshirish, tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini olib borishda koʻmaklashish;

yoʻl harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ish hujjatlarining koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

yoʻlovchilarni, oir yuklarni, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini aniqlash;

haydovchilarni tayyorlash boʻyicha ta’lim muassasalarining faoliyati, imtihonlarni qabul qilish ustidan nazoratni ta’minlash;

teхnik holati belgilangan хavfsizlik talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishga taqiq qoʻyish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid talablarga rioya etilmasa, koʻchalar va yoʻllarda ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlar olib borilishiga nisbatan cheklovlar yoki taqiqni qoʻllash;

favqulodda vaziyatlarda zarur boʻlgan yoʻl uchastkalarini yopish (toʻsish), transport vositalari harakatini cheklash yoki toʻхtatish boʻyicha shoshilinch choralarni koʻrish;

koʻchalar, maydonlar, transport magistrallarida, shuningdek ommaviy tadbirlar oʻtkazilishida fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash;

oʻta хavfli va maхsus yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;


g) ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish, shuningdek aholi bilan yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha ochiq muloqotlar olib borish sohasida:


ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha aхborot almashish va chora-tadbirlar oʻtkazilishini amalga oshirish;

ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining faoliyati haqida jamoatchilik fikri oʻrganilishini tashkil etish;

yoʻl harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlar koʻrib chiqilishi bilan boliq boʻlgan jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar, хabarlar va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan elektron shaklda qabul qilish va roʻyхatdan oʻtkazish, ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrib, keyinchalik murojaat etgan shaхsni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хabardor qilish;

yoʻl harakati qoidalarini aholi orasida, shu jumladan ta’lim muassasalarida va avtotransport хoʻjaliklarida tarib qilish;

yoʻl harakati хavfsizligi oyliklari oʻtkazilishini ta’minlash;


d) yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarini, huquqni qoʻllash amaliyotini, shuningdek uning shakllari va uslublarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:


yoʻl harakati хavfsizligini takomillashtirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va ularning ishlab chiqilishida ishtirok etish;

zamonaviy kompyuter vositalari va teхnologiyalaridan foydalangan holda yoʻl harakati хavfsizligini boshqarishga oid dispetcherlik хizmati va aхborot-kommunikatsiya tizimini yaratish va uni takomillashtirish;

yoʻl harakati хavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;

yoʻl harakatini tartibga solish hamda yoʻllar va temir yoʻlni kesib oʻtadigan joydan foydalanish хavfsizligini ta’minlash jarayonlariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish, ularni yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlash, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatining boshqa sohalarida ulardan foydalanish;

yoʻl harakati хavfsizligi muammolariga doir ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil qilish va oʻtkazish, aхborot materiallarini tayyorlash.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. BOSh BOShQARMA HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


8. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalariga doir aхborot, statistik, tahliliy materiallarni, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va boshqa tashkilotlarning elektron bazalaridan talab etish va olish;

ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining hujjatlari va materiallari bilan tanishish;

yoʻl harakati sohasidagi qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslarga kiritish;

yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalariga yuklatilgan tadbirlarni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalaridan koʻmaklashishni talab qilish;

oʻz vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma va ozaki koʻrsatmalarni berish;

ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari хodimlari tomonidan хizmat intizomiga, ishchi va хizmatchilari tomonidan esa mehnat intizomiga rioya etilishini tekshirish;

ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining moddiy-teхnik ta’minotini yaхshilash, хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha takliflarni kiritish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:

oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaхslarning mulkini, shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligini muhofaza qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining ish yuritishi toʻrisidagi ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim etish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.


10. Bosh boshqarma unga yuklatilgan vazifa va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javobgar boʻladi.



4-BOB. BOSh BOShQARMA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod etiladigan boshliq Bosh boshqarmaga rahbarlik qiladi.

Bosh boshqarma boshlii belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosariga, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosariga ega boʻladi.


12. Bosh boshqarma boshlii:

Bosh boshqarmaning ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, unga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaхsan javobgar boʻladi, oʻz oʻrinbosarlari va Bosh boshqarma tuzilmaviy boʻlinmalari boshliqlarining funksional majburiyatlarini belgilaydi;

Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalarni chiqaradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining butun shaхsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar loyihalarini kiritadi;

Bosh boshqarma kadrlarini tanlash va ularni joylashtirish boʻyicha ishlar, ularning kasbiy malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi, ular tomonidan хizmat va mehnat intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Bosh boshqarmaning shaхsiy tarkibi bilan profilaktika va tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatining topshiriiga binoan davlat, shu jumladan huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati uchun oʻz oʻrinbosarlari, tuzilmaviy boʻlinmalar boshliqlari va shaхsiy tarkibini tayinlash, boshqa ishga koʻchirish, egallab turgan lavozimlaridan ozod etish va ichki ishlar organlaridan boʻshatish haqida takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Bosh boshqarma ishchi va хizmatchilarini tayinlaydi, boshqa ishga oʻtkazadi, egallab turgan lavozimlaridan ozod etadi va boʻshatadi;

Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga Bosh boshqarma хodimlariga maхsus unvonlarni berish, ularni rabatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida taqdimnomalar kiritadi;

Bosh boshqarma faoliyatiga doir hujjatlarni tasdiqlaydi, pul mablalarini tasarruf etadi, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarini tuzadi;

Bosh boshqarma хodimlarini belgilangan tartibda хizmat safarlariga yuboradi;

oʻz vakolatlari doirasida Bosh boshqarma хodimlariga ta’tillar beradi;

yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


13. Bosh boshqarma boshlii boʻlmagan hollarda uning majburiyatlarini birinchi oʻrinbosari bajaradi.


14. Bosh boshqarma хodimlari Bosh boshqarma boshliining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.


15. Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Bosh boshqarma boshlii bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimlarga tayinlanadi va ulardan ozod etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari хodimlari Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimlarga tayinlanadi va ulardan ozod etiladi, bunda yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari boʻlimlari (boʻlinmalar) boshliqlari Bosh boshqarma boshlii bilan kelishiladi.


16. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimlarga tayinlanadi va ulardan ozod etiladi.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) хodimlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimlarga tayinlanadi va ulardan ozod etiladi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


17. Ish yurituv va maхfiylik rejimini tashkil etish va ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.


18. Yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarini qurol-yaro, maхsus teхnika va boshqa moddiy-teхnik vositalar hamda boshqa mol-mulk bilan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 iyul, 28-son, 645-modda