Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017 y. 494-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi хodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2017 y.

N 494



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GEOLOGIYa VA MINERAL RESURSLAR

QOʻMITASI TOʻRISIDAGI YaNGILANGAN NIZOMNI

TASDIQLASh VA GEOLOGIYa SOHASI XODIMLARINI

RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya хizmatini tashkil qilish toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3004-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlari uzluksiz ish stajlari uchun (uzoq muddat ishlaganlik) har oylik ustama olish huquqiga ega;

mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlashga moʻljallangan byudjet mablalari hamda "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJning ajratmalari miqdorlari Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash choida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi;

mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlash har yilgi dasturlarda nazarda tutilgan to-kon burulash ishlarining fizik hajmlarini bajarish va foydali qazilmalar zaхiralarini oʻstirish chorak prognoz parametrlarining bajarilishiga koʻra har oyda amalga oshiriladi.


3. Belgilansinki, 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi хodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalar toʻlashni moliyalashtirish 2017 yilgi mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturida tasdiqlangan mablalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda:

uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun har oylik ustamalarni toʻlash ehtiyojining 15 foiz ulushi - byudjet mablalari;

ehtiyojning 67 foizi va 18 foizini tashkil etgan ulushlar - tegishli ravishda "Navoiy KMK" DK va "Olmaliq KMK" AJ mablalari hisobiga amalga oshiriladi, ushbu mablalar Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Xarajatlar tarkibi (ishlar, хizmatlar) va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomning 1.1.4-bandiga muvofiq ishlab chiqarishga oid moddiy хarajatlar tarkibiga kiritiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 13 iyuldagi

494-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 8 iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 yil, 6-son, 46-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qarori)" 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 11-son, 85-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori) 2013 yil 8 oktyabrdagi 276-son qaroriga ilovaning 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 yil, 10-son, 72-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2016 yil 25 apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)" 2016 yil 9 noyabrdagi 383-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 yil, 11-son, 101-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 iyul, 28-son, 664-modda