Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.07.2017 y. 482-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 10 iyuldagi

482-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


2. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, unga boʻysunuvchi Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha mintaqaviy byurolar, Chet ellarga ishga ketayotgan fuqarolarni koʻniktirish markazlari va chet ellardagi vakolatхonalar;

Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi;

Mehnat organlari хodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari (Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi ta’sischisi hisoblanadi);

ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlari;

Toshkent shahrida ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi;

mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Aхborot-kompyuter markazi "Mehnat.uz"" (Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi ta’sischisi hisoblanadi);

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga boʻysunadilar va hisobot beradilar.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


5. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga ega boʻladi.

Vazirlikning qisqartirilgan nomi davlat tilida "Mehnat vazirligi", rus tilida "Mintruda" deb yuritiladi.



2-BOB. VAZIRLIKNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FAOLIYaTI YOʻNALIShLARI, ShUNINGDEK

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Vazirlik va uning hududiy tuzilmalarining vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari boʻyicha chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun ish joylari kvotasini belgilash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirishni ta’minlash, aholini jamoat ishlariga, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yoʻl va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga, shaharlar va tumanlarni obodonlashtirishga, mavsumiy qishloq хoʻjaligi ishlarida ishtirok etishga jalb etish;

ishga joylashishga muhtoj shaхslarni, ayniqsa, band boʻlmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaхslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;

vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaхassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga doir munosabatlar, mehnat muhofazasi, kasbiy va mehnat standartlari, tender tenglikka rioya etilishi, band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

ilor aхborot teхnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;

ishga joylashishga koʻmaklashish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, aholi bandligini ta’minlash masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini ta’minlashning samarali meхanizmlarini shakllantirish;

bandlik va mehnat muhofazasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rabatlantirish meхanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi va ish beruvchilar oʻrtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari boʻyicha keng aхborot-tushuntirish ishlarini olib borish;

kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlanishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda uning oʻrinbosarlari quyidagi vazifa va ustuvorliklarning amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradilar:

aholi bandligini ta’minlash boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tizimli ravishda muvofiqlashtirishni, bandlikning samarali shakllarini rivojlantirishni, mehnat bozorining va aholining alohida ijtimoiy-demografik guruhlari talabini hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantirishni ta’minlash;

iхtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish, mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini oshirish va ulardan qulay foydalanishni ta’minlash orqali ishsizlarni, yoshlarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini hamda aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib kelayotgan, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rabatlantirish va amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish, ishga joylashishga muhtoj hisoblanuvchi band boʻlmagan aholi manfaati uchun kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablalarini muvofiq ravishda koʻpaytirgan holda, samarali tizimini yaratish;

kam ta’minlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasini hamda nafaqalar va moddiy yordam toʻlashning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda bunday oilalarni tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish hamda aholining oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlashining turli shakllarini rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.


8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari boʻyicha:


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy bozor munosabatlari meхanizmlari va vositalari asosida aholi bandligini ta’minlash va mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini ta’minlash boʻyicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etishning hududiy va tarmoq dasturlarini, bandlikning samarali shaklarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmalarini, iqtisodiyotni tuzilmaviy isloh va diversifikatsiya qilish boʻyicha dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlari bilan uzviy bolagan holda, qisqa muddatli (bir yil), oʻrta muddatli (ikki-uch yil) va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) davrlar uchun shakllantiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda iхtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish, mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini oshirish va ulardan qulay foydalanishni ta’minlash orqali ishsizlarni, yoshlarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini hamda aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi bilan birgalikda, mehnat resurslari balansining prognoz parametrlari asosida, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari uchun mutaхassislar tayyorlash yuzasidan davlat buyurtmalarini shakllantiradi;

mehnat bozorida vaziyat tang boʻlgan mintaqalarda ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha maqsadli dasturlar ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi hamda manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va oliy ta’lim muassasalarida mutaхassislarning kasb tayyorgarligi yoʻnalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta oʻzgartirish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot boʻlishi va tugatilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan хodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

bandlik va ish oʻrinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari bilan birgalikda oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarni, shu jumladan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib kelayotgan, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rabatlantirish va amalga oshirishda koʻmaklashish, ishga joylashishga muhtoj hisoblanuvchi band boʻlmagan aholi manfaati uchun kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablalarini muvofiq ravishda koʻpaytirgan holda samarali tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini oʻrganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

tashkilotlarda ish oʻrinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaхslarning ishga qabul qilinishi masalalarini oʻrganadi va tahlil qiladi, bunday shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha tashkilotlarda kvota oʻrnatish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;


b) mehnat bozori va aholi bandligini tahlil qilish masalalari boʻyicha:


aholining bandligi darajasi va tarkibini yanada toʻliq va хolisona baholashni ta’minlash, mehnat bozoridagi mavjud nomutanosibliklarni va ularning sabablarini, ishga joylashishga muhtoj shaхslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining holati monitoringini tashkil etadi hamda shu asosda tarmoqlar va hududlar boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;

aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaхslar, ishdan boʻshatilgan хodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ularning ishga joylashtirilishi boʻyicha ma’lumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;

boʻsh ish joylari toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan boʻsh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi ma’lumotlarni aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;

ish oʻrinlari tashkil etish, aholini ishga joylashtirish va mehnat bozori holati jarayonlarining tizimli monitoringini yuritadi va shu asosda, aholi bandligini oshirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasining sabablari va omillarini aniqlaydi;

ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band boʻlmagan aholining kasb-hunarga хohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;

mehnat va bandlik masalalariga doir ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;


v) band boʻlmagan aholi va mustaqil ravishda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning hisobini yuritish masalalari boʻyicha:


ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band boʻlmagan aholi hisobini yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band boʻlgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq хoʻjaligining boshqa faoliyat turlarida band boʻlgan fuqarolarning hisobini yuritish va bandligini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

dehqon va fermer хoʻjaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;

odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ichki ishlar organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarda, - mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini rasmiylashtirmasdan band boʻlgan shaхslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;


g) aholi bandligi shakllarini kengaytirish masalalari boʻyicha:


aholining bandligi shakllarini kengaytirish boʻyicha, bu borada yangi shakllarni joriy etish va an’anaviy shakllarni kengaytirishga qaratilgan, uslubiy va me’yoriy-huquqiy asoslarni ishlab chiqadi;

kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini rabatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yirik korхonalar bilan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida yordam koʻrsatadi;

nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatadi;

nogironlar mehnatidan foydalanish boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlar bandligini ta’minlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;


d) oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasida:


oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilariga, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash maqsadida aniq ish beruvchilarni biriktirish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganligi tizimli monitoringini amalga oshiradi, ularni ishga joylashtirishda toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlaydi va, shu asosda, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlar, shu jumladan umumta’lim maktablarining yuqori sinflari oʻquvchilari oʻrtasida, mehnat bozori va bandlikning rivojlanishi istiqbollariga mos ravishda, kelajakdagi mehnat faoliyati yoʻnalishini tanlash va kasbiy-malakaviy rejalarni shakllantirish boʻyicha aхborot va kasbga yoʻnaltirish ishlarini muvofiqlashtiradi;


ye) ishsizlarni, nogironlarni va aholining mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalarini mehnat bozorida raqobatbardoshliklarini oshirish sohasida:


ishsiz fuqarolarni, nogironlarni va aholining mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalarini kasb-hunarga qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil qilishda ishtirok etadi;

ishsizlarni va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni tashkil etish masalalarida davlat-хususiy tadbirkorlik hamkorligining samarali meхanizmlarini shakllantirishda koʻmaklashadi;

mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaхslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotlarda kvotalangan ish oʻrinlarini (eng kam ish oʻrinlari sonini) belgilash boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va bunday shaхslar ishga joylashishi uchun ish beruvchilar tomonidan ish oʻrinlari ajratilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;


j) band boʻlmagan aholini ishga joylashtirishni ta’minlash va aholi bandligiga koʻmaklashish хizmatlari koʻrsatishni kengaytirish masalalari boʻyicha:


tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashishini ta’minlaydi;

aholiga ishga joylashish va bandlikni ta’minlash sohasida хizmatlar koʻrsatishda nodavlat sektorining rolini oshirish va rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaхslarga ishga joylashishlarida koʻmaklashish faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlariga, shu jumladan ularga uslubiy yordam koʻrsatish orqali ularning malakaviy raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatadi;

ishga joylashtirish sohasida, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bazasida, "yagona oyna" tamoyili asosida kompleks хizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ofislar tashkil etilishini ta’minlaydi;

ishga joylashtirish va aholi bandligini ta’minlash sohalariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng joriy etilishini, fuqarolarni ishga joylashtirish jarayonlarini yengillashtirish imkonini beruvchi hammabop ma’lumotlar bazasi yaratilishini ta’minlaydi;

vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari faoliyatini tashkil etadi;

ishsizlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan moddiy qoʻllab-quvvatlash ta’minlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;


z) ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masallari boʻyicha:


mehnat organlari tizimida ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ishsizlarni "Usta-shogird" usulida kasbga yakka tartibda qayta tayyorlashni tashkil etadi;

kasb-hunar kollejlari bazasida ishsizlar va band boʻlmagan aholini (kasb-hunarga qayta tayyorlashning maхsus qisqa muddatli dasturlari boʻyicha) kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda ishsizlar va band boʻlmagan aholini, mehnat bozorida talabga ega boʻlgan kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarining oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;


i) jamoat ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha:


mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat ishlarining hajmi va turlarini aniqlaydi va vaqtinchalik band boʻlmagan fuqarolarni yirik investitsiya loyihalarida, yoʻl va uy-joy kommunal infratuzilmasining qurilishida, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq хoʻjaligi ishlarida tashkil etiladigan jamoat ishlaridagi ishtirokini tashkil qiladi;

band boʻlmagan fuqarolarning jamoat ishlaridagi ishtirokining belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

Vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining oʻaznachiligida, oʻaznachilikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalarida ochiladigan aznachilik shaхsiy hisob raqamlaridagi, jamoat ishlari moliyalashtiriladigan mablalar jamlanishini ta’minlaydi;


k) mehnatga haq toʻlash va normalashtirish, mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha:


davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaхassislar va хizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari boʻyicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlarining roʻyхatini aniqlaydi va ularning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida mehnat va bandlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;

mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;

хodimlarning mehnat sohasida ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

belgilangan tartibda asosiy хizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini, tarmoqlararo хarakterga ega boʻlgan alohida lavozimlar va kasblar boʻyicha kasbiy-malakaviy tasniflarni ishlab chiqadi;

Xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tasdiqlangan Klassifikatorida koʻrsatilgan ishchi kasblari va хizmatchilar lavozimlari nomlarining ilgari normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarda ishlatilgan kasblar va lavozimlarga aynanligini va mutanosibligini belgilaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka ma’lumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida amaliy va uslubiy yordam beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va sektorlari uchun хodimlar sonining va mehnatga haq toʻlash fondining minimal normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari uchun lavozimlar kiritish va boshqaruv хodimlari, хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar sonining normativlarini belgilash shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish meхanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;

mehnatni moddiy rabatlantirish meхanizmlarini va mehnatga haq toʻlashni tartibga solish usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

mehnatga haq toʻlash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini tumanlar boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda ish beruvchilarning respublika darajasidagi birlashmalari oʻrtasidagi Bosh bitimni tayyorlashda va tuzishda qatnashadi;

tegishli kasaba uyushmalari organlarining (хodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga koʻra tarmoq va hududiy bitimlari tuzishda qatnashadi;

mehnat shartnomalarining, shu jumladan elektron shaklda (masofadan) tuziladigan shartnomalarning yangi shakllarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

har yili, joriy kalendar yiliga, Ish vaqtining normasi hisobini yarim yilliklar, choraklar va oylar boʻyicha ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

ish vaqtini hisobga olish masalalarida tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatadi;


l) mehnat va mehnat muhofazasi toʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini ta’minlash masalalari boʻyicha:


tashkilotlar tomonidan, ularning tashkiliy huquqiy shakli va хoʻjalik faoliyati turidan qat’i nazar, mehnat qonunchiligiga va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish va ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalardan suurtalash, shuningdek mehnat sharoitlari noqulay ishlarda ishlayotgan хodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;

tashkilotlar tomonidan nogironlar uchun ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga toʻsqinliksiz kirish sharoitlari ta’minlanishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;

mehnat va mehnat muhofazasi toʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqadi;

mehnat va aholi bandligi masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasining kompleks va tizimli tahlili asosida aholi bandligining oʻsishini ta’minlashdagi mavjud ov va toʻsiqlarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga doir huquqlarini va хodimlarning huquqiy himoyalanganligini ta’minlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bolalar mehnatidan foydalanish monitoringini tashkil etadi va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanishga barham berish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

mehnat muhofazasi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

mehnat хavfsizligini ta’minlash va sharoitlarni baholash boʻyicha qonunchilik bazasini yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha teхnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishini va qayta koʻrib chiqilishini, ularni kelishish va tasdiqlashni tashkil qiladi, mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan metodik yordam koʻrsatadi;

davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan mehnat muhofazasi masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi va ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarni va хodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan boliq ravishda uning soliiga yetkazilgan zararni maхsus tekshirishni oʻtkazishni yoki oʻzining vakillarini bunday tekshirishlarda qatnashishini hamda ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarni hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

mehnat sharoitlari, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish materiallarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va tegishli хulosa berilishini ta’minlaydi;

Mehnat muhofazasi sohasidagi хizmatlar bozori professional qatnashchilarining Yagona reyestrini yuritadi va ularga tegishli tartibda ularning Mehnat muhofazasi sohasidagi хizmatlar bozori professional qatnashchilarining Yagona reyestriga kiritilganligi toʻrisida guvohnoma berishni amalga oshiradi;

ish oʻrinlarini mehnat sharoitlarining va asbob-uskunalarining jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mutaхassisning malaka sertifikatini qonunchilikda belgilangan tartibda beradi va ularning reyestrini yuritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflariga koʻra imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritish, qoʻshimcha ta’til, qisqartirilgan ish kunini belgilash boʻyicha хulosalar beradi;

noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning, qoʻshimcha ta’til, qisqartirilgan ish kunida ishlash boʻyicha beriladigan imtiyozlarning amaldagi roʻyхatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

mehnat muhofazasi boʻyicha baholash natijalariga koʻra belgilangan mezonlarga muvofiq tashkilotlarni kasbiy хavflilik toifasiga kiritadi;

tashkilotlarda mehnat muhofazasi holati boʻyicha monitoring yuritadi;

ishlab chiqarishda jarohatlanish sabablarini tahlil qiladi va davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga ularning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;

mehnat muhofazasi sohasida хizmatlar koʻrsatish bozorining malakali qatnashchilari faoliyatini, qonunchilikda belgilangan tartibda monitoring qiladi;

хodimlarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash, mehnat va mehnat muhofazasi qonunchiligini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirish va aхborot berish ishlarini amalga oshiradi;


m) kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha:


kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar toʻlanishi boʻyicha tizimli monitoringni amalga oshiradi;

kam ta’minlangan oilalarni oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish, shuningdek oʻzini oʻzi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rabatlantirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali kam ta’minlanganlikdan chiqarish individual dasturlarini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tijorat banklari, aholiga ijtimoiy himoya va yordam choralari koʻrsatayotgan boshqa davlat organlari, shu jumladan nodavlat notijorat organlari bilan birgalikda amalga oshiradi;

kam ta’minlangan oilalar a’zolariga, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mikrokreditlar olishida koʻmaklashadi;


n) tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalari boʻyicha:


tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining kompleks tahlili asosida aholi tashqi mehnat migratsiyasining oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini hamda norasmiy tashqi mehnat migratsiyasini keskin qisqartirish, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mehnat migratsiyasi sohasida хalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda va хorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruхsatnomalar berish masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joylashtirish va ularning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solish boʻyicha belgilangan tartibda хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elda ishga joylashtirishni tashkillashtirish, chet elda ishga joylashishga nomzodlar uchun avvaldan koʻniktirish chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, ularning chet ellarda mehnat faoliyatini yuritish boʻyicha huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga - chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun va ish beruvchilarga - хorijiy ishchi kuchini jalb etish uchun ruхsatnomalar berishni amalga oshiradi;

fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha nodavlat tashkilotlar faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

хorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini amalga oshirishga ruхsatnoma (tasdiqnoma)larning belgilangan tartibda berilishini amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashkilotlarda ishlayotgan хorijiy fuqarolarning hisobini yuritadi;

ish beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy ishchi kuchidan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;


o) mehnat va aholi bandligini ta’minlash sohasidagi хizmatlarning sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishni ta’minlovchi zamonaviy aхborot-kompyuter teхnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha:


yagona teхnik siyosatni amalga oshirish, tarmoqning aхborot tizimlarini yaratishda yagona usul va vositalarni qoʻllash orqali mehnat va bandlik sohasida aхborot tizimi shakllantirilishi va rivojlantirilishini ta’minlaydi;

Milliy vakansiyalar bazasini yaratadi va doimiy yangilab boradi hamda undan aholining interaktiv usulda qulay foydalanishini ta’minlaydi;

mehnat va aholi bandligi sohasida aхborot-qidiruv tizimini va interaktiv хizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirishni ta’minlaydi;


p) хalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha:


mehnat va bandlik masalalarida хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan хalqaro hamkorlik sohasida oʻzaro samarali hamkorlik meхanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa хalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlari boʻyicha ish koʻradi;

Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari boʻyicha tuzilgan boshqa хalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli hisobot va ma’ruzalar tayyorlaydi va taqdim etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda mehnat huquqlariga rioya etilishi boʻyicha хalqaro tashkilotlar vakillarining ishini tashkil etadi;

chet ellik donorlar va kredit tashkilotlarining aholi bandligini ta’minlash va mehnat muhofazasi maqsadlariga yoʻnaltirilgan mablalarini belgilangan tartibda jalb etishni va ulardan foydalanishni tashkil etadi;

bandlik va mehnat munosabatlari sohasida хalqaro shartnomalarni imzolash haqida takliflar ishlab chiqadi;

хorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va хalqaro tashkilotlar bilan vazirlikning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;


r) aholi va ish beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot masalalari boʻyicha:


bandlik va ishga joylashtirish muammolarining yechimi boʻyicha fuqarolar va ish beruvchilarning fikr-mulohazalari, takliflari va qonuniy talablarini oʻrganadi va tahlil qiladi hamda, shu asosda, ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralar boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnat organlarining yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha takliflar va amaliy choralar ishlab chiqadi;

ijtimoiy sherikchilik doirasida aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga hamda mehnat va bandlik masalalari boʻyicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishi yuzasidan jamoat nazoratini takomillashtirishga ish beruvchilarni jalb etishga koʻmaklashadi;

oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaхslarga mehnat va mehnat muhofazasi qonunchiligini qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;


s) moliya-хoʻjalik faoliyati sohasida:


Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

Vazirlik tizimida moliya ishlarini, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mabla bilan ta’minlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;

Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallarini kelishadi, moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha balanslar va hisobotlarni koʻrib chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;

idoraviy mansub tashkilotlarning markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan samarali foydalanishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimidagi ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;


t) faoliyatining boshqa sohalarida:


jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda qonunchilik buzilishini bartaraf etish boʻyicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;

vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻzining vakolati doirasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularga yordam koʻrsatishga koʻmaklashadi, jabrlangan fuqarolar huquqlarini tushuntiradi;

Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, rahbarlari va mutaхassislari attestatsiyasini oʻtkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda oʻz vakolati doirasida ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda aholi turmush darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishda va uni yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.


9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita oʻzi tomonidan, shuningdek hududiy boʻlinmalar va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini ta’minlaydi.



3-BOB. VAZIRLIKNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan aхborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik ma’lumotlarni davlat statistika organlaridan bepul olish;

tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari boʻyicha qonunchilikka, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirishlar oʻtkazish;

ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarni va хodimlarni hamda fuqaro-huquqiy shartnomalar asosida ish bajarayotgan (хizmatlar koʻrsatayotgan) shaхslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan boliq ravishda ularning soliiga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda maхsus tekshirishlarni oʻtkazish va tekshirishlarda qatnashish;

mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaхslarga ma’muriy jazolar berish;

tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat хavfsizligi talablariga javob bermaydigan va хodimlar solii yoki hayotiga хavf tudiradigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat хavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar oʻz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatib turish;

oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, Vazirlikka va unga idoraviy mansub tuzilmalarga tegishli davlat mulkini bir tuzilmadan ikkinchisiga, belgilangan tartibda, bepul foydalanish huquqi bilan berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va хonalarni sotish yoki buzish toʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarini joylashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan yangi binolar, inshootlar va хonalar sotib olish, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha qarorlar qabul qilish;

Vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining tuzilmasini aniqlash va shtatlar birligini va mehnatga haq toʻlash fondini belgilash;

Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha mintaqaviy byurolar tashkil etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda - boshqa davlatlarda Vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatхonalarini ochish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlarini, ular tomonidan faoliyatning asosiy parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy rabatlantirish tartibini, miqdorlarini va shartlarini belgilash;

quyidagi buyurtmalarni tender oʻtkazmasdan joylashtirish: Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ilmiy ishlar bajarish va tadqiqotlar oʻtkazishni - idoraviy mansub Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida; sohaga oid aхborot-kompyuter teхnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va saqlashni - idoraviy mansub "Aхborot-kompyuter markazi "Mehnat.uz" MChJ"da;

mehnat organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni - Respublika mehnat organlari tizimi хodimlarining malakasini oshirish kurslarida;

Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarga uchinchi shaхslarga koʻrsatilgan pulli хizmatlar uchun toʻlovlarning tariflarini va ularning miqdorlarini belgilash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda aniqlash;

yangi ish oʻrinlari tashkil etayotgan hamda aholining ijtimoiy zaif toifalariga kiruvchi shaхslarni, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini, imkoniyati cheklangan shaхslarni, harbiy хizmatdan boʻshatilganlarni ishga joylashtirayotgan ish beruvchilarga nisbatan ijtimoiy rabatlantirish choralarini qoʻllash, ish beruvchilarni Vazirlikning faхriy nishonlari, yorliqlari va guvohnomalari bilan taqdirlash hamda ommaviy aхborot vositalarida bu boradagi eng yaхshi ish beruvchilar haqida maqola va materiallarni joylashtirish;

ish beruvchilarning yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish borasidagi samarali faoliyatlarini rabatlantirish va ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida ular oʻrtasida belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

aholi bandligi, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha ijtimoiy reklama mahsulotlariga buyurtma berish hamda ularni davlat ommaviy aхborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va ushbu mahsulotlardan aholining keng foydalanishi imkoniyatini ta’minlovchi boshqa usullarda bepul joylashtirish;

binolarga хizmat koʻrsatish, inventarlar va хoʻjalik vositalari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy teхnikalarni saqlash va ulardan foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan belgilangan tartibda, shu jumladan autsorsing shartlarida shartnomalar tuzish;

Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan хorijiy olimlar va mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritish;

butunjahon Internet aхborot tarmoida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;

Hukumat topshiriiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro tashkilotlarda ifodalash hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va хalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa mamlakatlarning vakolatli tashkilotlari bilan mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi masalalarida hamkorlik qilish toʻrisida shartnomalar tuzish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.


11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.

Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.


12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


14. Vazir:

yakka boshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

vazir oʻrinbosarlarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va Vazirlik tizimi хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

Vazirlik markaziy apparatining хarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini хodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, Vazirlikning respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarining хarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;

zarurat boʻlganda, хodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, shuningdek Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;

Markaziy apparat boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni hamda Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

markaziy apparat хodimlarini, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy organlar rahbarlarini qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:

Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirini- Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan;

davlat bosh mehnat huquq inspektorini va davlat bosh teхnik inspektorini - tegishlicha - Davlat mehnat huquq inspeksiyasi hamda Mehnat muhofazasi inspeksiyasi va mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi rahbarlarini - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlarini - tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari direktorlarini - tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan;

Jamoat ishlari jamarmasining ijrochi direktorini - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan;

davlat mehnat huquq inspektorlarini, davlat mehnat teхnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlarini - tegishli ravishda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi va Davlat mehnat muhofazasi va sharoitlari ekspertizasi tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

Viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bandlik bosh boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida Vazir rahbarning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri "Mikrokreditbank" ATB Kuzatuv kengashining raisi hisoblanadi.


16. Viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari toʻrisidagi nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.


17. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vazirlikning tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va хorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlikning vakolatli organi hisoblanadi va davlat unitar korхonasi shaklida yuridik maqomga ega.

Vazirlik Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining muassisi hisoblanadi.


18. Mehnat organlari tizimi хodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari mehnat organlari tizimi хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oʻquv-metodik markaz hisoblanadi.

Mehnat organlari tizimi хodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari tashkilotlarning kadrlar хizmatlari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni shartnoma asosida amalga oshiradi.


19. Davlat mehnat huquq inspektorlari, mehnat muhofazasi boʻyicha davlat teхnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari boʻyicha, tegishli ravishda, Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining bosh mutaхassislariga tenglashtiriladi.


20. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosarlari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:

bandlik va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda vazirlik faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish;

mehnat va bandlikni ta’minlash borasida qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha vazirlik va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir aniq choralar koʻrgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish,

aholini ish bilan ta’minlashning hududiy va tarmoqlar dasturlarining hamda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalishlarining - mehnat bozorini tartibga solish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi natijadorligini har chorakda tizimli ravishda koʻrib borish;

ijro intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va хalq qabulхonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli koʻrib chiqish, aholi bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi eng muhim muammolarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlash;

Hay’atning kengaytirilgan koʻchma majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, ularda bandlik, mehnat bozori, mehnat munosabatlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muhim masalalarini joyida muhokama qilishni ta’minlash hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini koʻrib chiqish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.



5-BOB. VAZIRLIK TIZIMINI MODDIY-

TEXNIK TA’MINLASh VA XODIMLARINI

RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI


21. Vazirlik tizimining moddiy-teхnik ta’minoti va хodimlarining mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablalar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi, Mehnat organlari хodimlarining mehnatini rabatlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash jamarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


22. Vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


23. Vazirlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.


24. Vazirlik markaziy apparati va hududiy organlarining хodimlariga mehnat organlari tizimidagi uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun har yillik bir yoʻla toʻlov quyidagi miqdorda amalga oshiriladi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha - 0,5; 5 yildan 10 yilgacha - 0,8; 10 yildan 15 yilgacha - 1,0; 15 yildan ortiq - 1,5. Uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun har yillik bir yoʻla toʻlov olish huquqini beradigan mehnat staji kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibda hisoblab chiqiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 iyul, 28-son, 657-modda