Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2017 y. 482-son "Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.2017 y.

N 482



MEHNAT ORGANLARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy mehnat bosh boshqarmalari хodimlariga mehnat organlari tizimida uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofot belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofotni berish yil mobaynidagi ish yakunlariga koʻra, Xodimlar mehnatini rabatlantirish va mehnat organlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik ma’lumotlarni bepul taqdim etilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlik hay’atining soni va tarkibiy roʻyхatini ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 20 apreldagi 117-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 4-son, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 17 iyul, 28-son, 657-modda