Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.1999 y. 513-son "Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.11.1999 y.

N 513



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTINI

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI TOʻRISIDA


Shahar yoʻlovchi tashish transporti хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni yanada toʻlaroq qondirish, yagona transport siyosatini amalga oshirish va shahar yoʻlovchi tashuvlari bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2000-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.


2. Mazkur Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.


3. Respublika komissiyasi:

"Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlasin;

ushbu qarorni bajarishning borishi toʻrisida har yili, yarim yillik va umuman yillik ish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot berib borsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini isloh qilish va rivojlantirishning mintaqaviy kompleks dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Aхmetov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                               I. Karimov