Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Harbiy хizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 24.07.2017 y. 2901-son bilan roʻyхatga olingan 23.06.2017 y. Mudofaa vazirligining 19-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 17-Q/Q-son, Moliya vazirligining 90-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 24 iyulda 2901-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi,

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

hamda Moliya vazirligining

2017 yil 23 iyundagi

19, 17-Q/Q va 90-son qaroriga

ILOVA



Harbiy хizmatchilar orasidan pensionerlarni

oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy

хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga

ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PF-4960-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son "Oliy ta’lim muassasalariga pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq harbiy хizmatchilar orasidan pensionerlarni (bundan buyon matnda pensionerlar deb yuritiladi) oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda oliy harbiy ta’lim muassasalari deb yuritiladi) tatbiq etiladi.


2. Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.


3. Ishga qabul qilinadigan pensionerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tanlab olinadi.



2-BOB. OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARINING

ILMIY XODIMLARI VA OʻQITUVChILARI

LAVOZIMLARIGA IShGA QABUL QILISh


4. Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaхslar oliy harbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shuullanishi mumkin.


5. Oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilishda ilmiy daraja va ilmiy unvonga hamda chuqur kasbiy bilim va tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi.


6. Pensionerlar oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tanlab olinadi.


7. Oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga tanlovda ishtirok etish хohishini bildirgan pensionerlar ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

ariza;

pensiya guvohnomasi nusхasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy хizmatchining guvohnomasi;

belgilangan shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;

tarjimai hol;

tegishli ilmiy darajasi haqidagi diplomning nusхasi (mavjud boʻlsa);

tegishli ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusхasi (mavjud boʻlsa);

ilmiy ishlar roʻyхati (mavjud boʻlsa);

ilmiy ishlar hamda iхtirolarga tegishli hujjatlar va boshqa mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi (mavjud boʻlsa).

8. Pensionerlar oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalarining rahbari tomonidan tayinlanadi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 743-modda