Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.07.2017 y. 561-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 31 iyuldagi

561-son qaroriga

ILOVA



Fuqarolar vakillarining faoliyatini

tashkil etish toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi va "Fuqarolar yiini raisi saylovi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlarda, shaharchalarda, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yiinlari (fuqarolar vakillarining yiilishlari) orqali amalga oshiradi.

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.

3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


fuqarolar vakili - fuqarolar yiinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yiini hududidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining umumiy yiilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yiinida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi;

fuqarolar vakillarining yiilishi - fuqarolar vakillarining tegishli hududdagi aholining huquqlari va qonuniy manfaatlari hamda qonunda belgilangan tartibda fuqarolar yiinlarining vakolatlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan yiilishi;


vakillik normasi - fuqarolar yiinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yiinlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak.

4. Fuqarolar vakillari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.



2-BOB. FUQAROLAR VAKILLARINING

SAYLOVINI TAShKIL ETISh


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq fuqarolar yiinlari raislari navbatdagi saylovi e’lon qilingandan soʻng qonunda belgilangan tartibda tuzilgan Fuqarolar yiinlari raisi saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va oʻtkazish uchun mas’ul hisoblanadi.

6. "Fuqarolar yiini raisi saylovi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq Ishchi guruh:

hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yiilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

hovlilar, uylar, koʻchalar fuqarolar vakillari yiilishining ishtirokchilarini roʻyхatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda fuqarolar vakillari yiilishi bayonnomasini tuzadi;

Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va oʻtkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yiini kengashi bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.


7. Ishchi guruh fuqarolar yiinlari raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yiinidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishini oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni хabardor qiladi.

8. Fuqarolar vakillarining saylovi boʻyicha fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishini oʻtkazish uchun Ishchi guruhning har bir a’zosi tegishli hududlarga biriktiriladi.


9. Ishchi guruhning biriktirilgan a’zosi fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishining ishtirokchilarini roʻyхatga oladi va imzo varaqasini tayyorlaydi.


10. Fuqarolar vakillariga nomzodlar fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishi tomonidan koʻrsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.

Fuqarolar vakillariga nomzodlar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi, obroʻ-e’tiborga, hayotiy tajribaga ega boʻlgan fuqarolar orasidan koʻrsatiladi.


11. Ovoz berish natijalariga koʻra fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.

Ovozlar teng boʻlgan taqdirda eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod orasida takroriy ovoz berish shu kunning oʻzida oʻtkaziladi. Takroriy ovoz berishda boshqa nomzodga nisbatan koʻproq ovoz olgan nomzod fuqarolar vakili etib saylangan hisoblanadi.


12. Saylov natijalari fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Bayonnoma Ishchi guruh a’zosi hamda qoida tariqasida har bir hududdan kamida bittadan fuqaro tomonidan imzolanadi.

Bayonnomaga saylovda ishtirok etgan fuqarolarning imzo varaqalari ilova qilinadi.


13. Fuqarolar yiinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yiilishi bayonnomasi fuqarolar vakillarining vakolatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.


14. Fuqarolar vakillari oʻz vakolatini fuqarolar yiini raisi navbatdagi saylovi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.


3-BOB. FUQAROLAR VAKILLARINING YIILIShINI

ChAQIRISh VA OʻTKAZISh TARTIBI, FUQAROLAR

VAKILLARINING VAKOLATLARI


15. Fuqarolar yiinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda fuqarolar yiini kengashi fuqarolar vakillarining yiilishini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Fuqarolar vakillarining yiilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardagi fuqarolarning vakillari yuboriladi. Bunda fuqarolar vakillarining yiilishi qonunga muvofiq fuqarolar yiinini oʻtkazish tartibi asosida oʻtkaziladi.


16. Fuqarolar vakillarining yiilishi unda ushbu vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.


17. Fuqarolar vakillarining yiilishini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yiilishini fuqarolar yiinining raisi yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

18. Fuqarolar vakillarining yiilishida tegishli hududda joylashgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.


19. Fuqarolar vakillarining yiilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda yiilishning oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va yiilish yuzasidan qabul qilingan qarorlar aks ettiriladi.


20. Fuqarolar vakillarining yiilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yiini qarorlariga tenglashtiriladi.


21. Fuqarolar vakillari fuqarolar vakillarining yiilishida ishtirok etish orqali shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarga taalluqli boʻlgan vakolatlarni amalga oshiradi.



4-BOB. FUQAROLAR VAKILINING

ASOSIY VAZIFALARI


22. Quyidagilar fuqarolar vakilining asosiy vazifalari hisoblanadi:

kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

fuqarolar yiinini kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, oʻzi saylangan hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaхshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan oʻzi saylangan hudud doirasida tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal хizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;

kommunal toʻlovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, oʻzi saylangan hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni iхtiyoriylik asosida tashkil etishda koʻmaklashish;

oʻzi saylangan hududda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar tomonidan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda hamkorlik qilish.

Fuqarolar vakili oʻzi saylangan hudud aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.



5-BOB. FUQAROLAR VAKILINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


23. Fuqarolar vakili quyidagi huquqlarga ega:

mahalliy ahamiyatga molik masalalarini koʻrib chiqish haqida fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi)ga hamda fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish;

oʻzi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi haqida fuqarolar yiiniga (fuqarolar vakillarining yiilishiga) takliflar kiritish;

fuqarolar yiinining faoliyat dasturini va хarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, oʻzi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaхshilashga qaratilgan tadbirlar rejalari loyihalariga takliflar taqdim etish;

oʻzi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh toʻyi tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish zarurligi haqida fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi)ga hamda fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish;

ushbu Nizomga hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi)ga hamda fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish.


24. Fuqarolar vakilining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qat’iy rioya qilish;

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishlari)da faol ishtirok etish;

har chorakda oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi haqida oʻzi aylangan hudud aholisiga hisobot taqdim etish;

oʻzi saylangan hududda istiqomat qilayotgan oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishiga, voyaga yetmaganlar va yoshlarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yiinining qarorlari oʻzi saylangan hududda tatbiq etilishiga koʻmaklashish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish;

oʻzi saylangan hududda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) qarorlarining taribot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;


25. Fuqarolar vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.



6-BOB. FUQAROLAR VAKILI VAKOLATLARINI

MUDDATIDAN ILGARI TUGATISh


26. Fuqarolar vakilining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:

oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganligi sababli u vakil etib saylangan hudud aholisining kamida uchdan bir qismi tashabbusiga asosan;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoхud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

solii holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;

vafot etganda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


27. Fuqarolar vakili vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli hududda bir oy ichida Ishchi guruh tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda yangi saylov oʻtkaziladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 7 avgust, 31-son, 776-modda