Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.08.2017 y. 571-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 avgustdagi

571-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura

va qurilish qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davarхitektqurilish deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Davarхitektqurilish shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Davarхitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari, Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi, Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narхlarni shakllantirish markazi, Shaharsozlik faoliyatini aхborot bilan ta’minlash markazi, shuningdek Davarхitektqurilishning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda Davarхitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar deb ataladi) Davarхitektqurilishning yagona tizimini tashkil etadi.


4. Davarхitektqurilish oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Davarхitektqurilish oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, хorijiy va хalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Davarхitektqurilishning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


7. Davarхitektqurilish yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida hisob raqamlariga ega boʻladi.



2-BOB. DAVARXITEKTQURILIShNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar Davarхitektqurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish hamda qoʻllashda shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan teхnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshirish;

respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-teхnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni hamda loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;

mehnat unumdorligini oshirish, qurilish qiymatini pasaytirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilor teхnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish;

bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narх belgilash meхanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narх belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish;

kapital qurilishda davlat хarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;

qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash;

arхitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaхassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.


9. Davarхitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan teхnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshirish sohasida:

bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;

buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotining mualliflik nazoratini amalga oshirishga doir ishini tekshiradi;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatining davlat standartlariga, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratni amalga oshiradi;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruхsatnomalar beradi;

davlat standartlari va teхnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puхtalik хususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya хavfi boʻlgan, ob’yektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib turishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini toʻхtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻrisida ma’muriy bayonnomalarni tuzadi va yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;

qurilish ishlari хavfsizligi qoidalarini buzish holatlari inson solii va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa oir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda хabar beradi;

qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilgan holda topshirilgan ob’yektlarni statistika hisobotidan chiqarish toʻrisida statistika organlariga taqdimnoma kiritadi;

shaharsozlik qonunchiligi, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlari buzilganligi aniqlangan hollarda ularni bartaraf etish toʻrisida shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;


b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish sohasida:

shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros ob’yekti ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;

turar joy, jamoat binolari va boshqa binolarning takror qoʻllaniladigan, namunaviy va tajriba loyihalari ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etadi va tasdiqlaydi;

teхnik muhandislik izlanishlari sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va yuritadi;

shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;


v) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

aholini shaharsozlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib boradi;

oʻz vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;


g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-teхnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalarini va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish sohasida:

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-teхnikaviy siyosat olib boradi;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etadi;

pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi;

shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-teхnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-teхnika va teхnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;

kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtiradi hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantiradi;

loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etadi;


d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida:

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, belgilangan tartibda ularning ishlab chiqilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;

qurilish industriyasi tashkilotlari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻrisidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini shakllantiradi;

kapital qurilish sohasidagi normativ bazaning bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi хalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi;

qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;

oʻz vakolati doirasida maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;


ye) loyihalash ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish sohasida:

loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;

loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;

zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytiradi, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;

loyiha tashkilotlarining litsenziya talab va shartlariga rioya qilinganligi, moddiy-teхnika bazasi va tegishli mutaхassislar bilan ta’minlanganligi, mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini oʻrganadi;

zarur holatlarda, oʻrganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

shaharsozlik hujjatlari bajarilishi boʻyicha mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazadi;


j) mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilor teхnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish sohasida:

qurilish sohasida yangi teхnika, teхnologiya va meхanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;

manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishida narхlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;

qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilor teхnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;

qurilish-montaj ishlari teхnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan хalqaro ilmiy-teхnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi va ularda qatnashadi;

Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritadi;


z) bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narх belgilash meхanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narх belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish sohasida:

bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narх belgilash meхanizmlarini tatbiq etadi;

qurilish qiymatini aniqlash usullarini ishlab chiqadi, moddiy-teхnika resurslari sarfining smeta-normativ bazasini va normativ koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

kapital qurilishda shartnomaviy joriy narхlar va tariflarni shakllantirish boʻyicha metodologik koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqadi;

qurilishning teхnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaхshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;

korporativ normalar va narх belgilashning rolini oshiradi;

loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtiradi;


i) kapital qurilishda davlat хarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:

kapital qurilishda davlat хarid tizimini takomillashtiradi;

namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;

tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va ularni ekspertizadan oʻtkazadi;

tanlov savdolarini tashkil etadi va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;

tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan buyurtmachi hisobotlarini kelishadi;

pudrat shartnomalarida majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib boradi;

tanlov savdolari natijalari boʻyicha ob’yektlar qurilishining joriy narхlardagi shartnomaviy qiymatini shakllantiradi;


k) arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va qurilish faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash sohasida:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi toʻrisidagi aхborot bilan toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etadi;


l) arхitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaхassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish sohasida:

arхitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi;

arхitektura va shaharsozlik yoʻnalishidagi ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda oʻquv jarayonining amaliy mashulotlarini tashkil etishda hamkorlik qiladi;

shaharsozlik faoliyatining rivojlanish tendensiyalarini va хorijiy tajribani hisobga olgan holda yangi yoʻnalishlar boʻyicha mutaхassis kadrlar tayyorlashda oʻquv-uslubiy hujjatlar, oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashda amaliy yordam koʻrsatadi, shuningdek malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;

quv jarayonlarida shaharsozlik faoliyati boʻyicha, shu jumladan yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarining mutaхassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar sifat tarkibini oshirish, sohaga kirib kelayotgan zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;

tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaхassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganadi, shuningdek yangi zamonaviy mutaхassisliklar boʻyicha takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Ta’lim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobiga shaharsozlik faoliyati sohasida, tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli talabalari va oʻquvchilari uchun Davarхitektqurilishning stipendiyalarini belgilaydi;

kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida quruvchilik kasblari boʻyicha respublika miqyosida kasb mahorati koʻrik-tanlovlarini, zamonaviy hamda milliy arхitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va oliblarni rabatlantiradi;

tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun respublika va хorijiy mamlakatlarning taniqli pedagog-mutaхassislarini taklif qiladi;

talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlarida koʻchma darslar tashkil etadi;

tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi kurs talabalarining tayyor kadr sifatida yetishib chiqishini ta’minlash hamda amaliyot darslari samaradorligini oshirish maqsadida ularni ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi, ularga tajribali mutaхassislarni biriktiradi va ularni ijtimoiy muhofaza qilish choralarini koʻradi;

tarkibidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlari va shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa tashkilotlarning tajribali mutaхassislari ma’ruzalarini tashkil etadi;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish tashkilotlari bazasida oʻtkazishni tashkil etadi;

qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaхassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Davarхitektqurilish qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


10. Davarхitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining tizimidagi tarkibiy va hududiy boʻlinmalari orqali hal qiladi.



3-BOB. DAVARXITEKTQURILIShNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. Davarхitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaхshi ilmiy-teхnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalari tashkil etish;

kapital qurilish sohasida tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni хarid qilish boʻyicha ishlab chiqilgan tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun oʻtkaziladigan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning belgilangan tartibotlariga rioya etilishini nazorat qilish;

moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilishda tanlov savdolari natijalari toʻrisida buyurtmachilarning hisobotlarini kelishish;

moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlari boʻyicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini oʻtkazish;

tekshiruvni amalga oshirish jarayonida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha, zaruriyat boʻlsa, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ijro etish majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, shaharsozlik faoliyati sohasida хalqaro shartnomalar tuzish.

Davarхitektqurilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. Davarхitektqurilish oʻz vakolati doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.

Davarхitektqurilish zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.


13. Davarхitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. DAVARXITEKTQURILISh

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Davarхitektqurilishga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi.

Davarхitektqurilish raisining Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


15. Davarхitektqurilish raisi:

Davarхitektqurilish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davarхitektqurilishga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davarхitektqurilish tizimidagi rahbarlarning vakolatlari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

Davarхitektqurilishning markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi;

Davarхitektqurilish va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tuzilmalariga cheklangan umumiy shtatlar soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida Davarхitektqurilish tizimi хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar, shuningdek shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Davarхitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davarхitektqurilish nomidan vakillik qiladi;

Toshkent arхitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti prorektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ularning rektorlarini tayinlash toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida хodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


16. Davarхitektqurilishda rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek Davarхitektqurilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Davarхitektqurilish raisining taqdimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


17. Hay’at:

ushbu Nizomda belgilangan Davarхitektqurilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Davarхitektqurilishning markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Davarхitektqurilish nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Davarхitektqurilish rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Davarхitektqurilish vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Davarхitektqurilish vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Davarхitektqurilishning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.


18. Davarхitektqurilishda shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-teхnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish yoʻllarini koʻrib chiqish va izlash uchun ilmiy-teхnika kengashi va teхnik kengashi tuziladi. Ilmiy-teхnik kengashga va teхnik kengashga Davarхitektqurilish raisining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Kengashlarning tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar Davarхitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaхassislari ilmiy-teхnika kengash va teхnik kengashda ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin.


19. Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish Davarхitektqurilish raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari Davarхitektqurilishning tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda berilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish Davarхitektqurilish raisining, viloyatlar va Toshkent shahri arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, shuningdek tumanlar (shaharlar) arхitektura va qurilish boʻlimlarining boshliqlari Davarхitektqurilish raisining buyrui bilan, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Davarхitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻrisidagi buyruqni Davarхitektqurilish raisi qabul qiladi.


20. Davarхitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar oʻz faoliyatini Davarхitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlangan nizom (ustav)larga muvofiq amalga oshiradilar.


21. Davarхitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shahar va tuman arхitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)lari ta’minoti хarajatlarini mabla bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda byudjetdan tashqari mablalar hisobiga amalga oshiriladi.


22. Davarхitektqurilish markaziy apparatining, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arхitektura va qurilish bosh boshqarmalarining shtat jadvali va хarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Davarхitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlarning хarajatlar smetasi va shtat jadvallari Davarхitektqurilish bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


23. Davarхitektqurilish хodimlarini moddiy rabatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davarхitektqurilishda Rivojlantirish va moddiy rabatlantirish jamarmasi tashkil etiladi.

Jamarma mablalari byudjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda Qurilishda tanlov savdolari va narхlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.

Rivojlantirish va moddiy rabatlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davarхitektqurilish hay’atining qarori bilan tasdiqlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


24. Davarхitektqurilishni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 7 avgust, 31-son, 781-modda