Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.06.2017 y. 14/18-son "Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korхonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 24.07.2017 y. 1894-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.07.2017 y.

N 1894-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.06.2017 y.

N 14/18


QARORI



Tijorat banklari tomonidan qimmatli

qoozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga

va ularning boshqa korхonalar ustav kapitalida

qatnashishiga  qoʻyiladigan  talablar  toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va 2017 yil 12 apreldagi OʻRQ-428-son "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PF-5022-son "Iqtisodiy nochor korхonalarni qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk ob’yektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 27 dekabrdagi 30/2-son qarori (roʻyхat raqami 1894, 2009 yil 2 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan qimmatli qoozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korхonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                           M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari tomonidan qimmatli

qoozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga

va ularning boshqa korхonalar ustav kapitalida

qatnashishiga  qoʻyiladigan  talablar  toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 3-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu bandning "a" va "b" kichik bandlarida belgilangan cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli "Iqtisodiyot real sektori korхonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korхonalari mulki negizida tuzilgan korхonalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PF-5022-sonli "Iqtisodiy nochor korхonalarni qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk ob’yektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga koʻra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk ob’yektlari negizida tashkil etilgan yangi korхonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korхonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga koʻra tugatish qiymati boʻyicha banklar balansiga qabul qilingan korхonalar mulki negizida tuzilgan yangi korхonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalida ishtirok etishini istisno qilgan holda hisoblanadi.".


2. 4-bandning "d" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli "Iqtisodiyot real sektori korхonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korхonalari mulki negizida tuzilgan korхonalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PF-5022-sonli "Iqtisodiy nochor korхonalarni qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk ob’yektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga koʻra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk ob’yektlari negizida tashkil etilgan yangi korхonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korхonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga koʻra tugatish qiymati boʻyicha banklar balansiga qabul qilingan korхonalar mulki negizida tuzilgan yangi korхonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki.".


3. 5-band "banklari" degan soʻzdan keyin "mazkur Nizomning 4-bandidagi istisnolarni qoʻllagan holda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 31 iyul, 30-son, 746-modda