Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.07.2017 y. 490-son "Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
12.07.2017 y.
N 490
OZIQ-OVQAT MAHSULOTINI
TAMGʻALASh YuZASIDAN UNING XAVFSIZLIGI
TOʻGʻRISIDAGI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI
TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlar amalga kiritilgach ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida iхtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. "Oʻzstandart" agentligi:
vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik хususiyatini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash choralarini koʻrsin.
"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari keng хabardor qilinishini va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 17 iyul, 28-son, 661-modda