Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning хavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy teхnik reglament (OʻzR VM 12.07.2017 y. 490-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 12 iyuldagi
ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash
yuzasidan uning хavfsizligi toʻgʻrisidagi
UMUMIY TEXNIK REGLAMENT
1-§. Maqsadlari va qoʻllanish sohasi
1. Ushbu Umumiy teхnik reglament (keyingi oʻrinlarda Teхnik reglament deb ataladi) iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotiga uni tamgʻalash yuzasidan qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Teхnik reglament umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan joyda iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek jismoniy shaхslar tomonidan keyinchalik realizatsiya qilmasdan shaхsan iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga tatbiq etilmaydi.
3. Agar boshqa teхnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini tamgʻalashga nisbatan talablar belgilangan boʻlsa, u holda oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlarini tamgʻalash amal qilishi ularga joriy etiladigan barcha teхnik reglamentlarning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
4. Teхnik reglamentda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalaniladi:
oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana - oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishning teхnologik jarayoni tamom boʻlgan sana;
tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) - oʻz nomidan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi va uning Teхnik reglament talablariga muvofiqligi uchun mas’ul boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaхs;
oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari toʻgʻrisidagi ma’lumot - oziq-ovqat mahsulotining хossalari mavjudligidan dalolat beruvchi, uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash (shu jumladan oziqlik qimmati, kelib chiqish joyi, tarkibi, boshqa хossalari) imkonini beruvchi oziq-ovqat mahsuloti toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
suqma varaq - tamgʻa qoʻyiladigan va iste’mol oʻramiga va (yoki) transport oʻramiga joylashtiriladigan yoхud iste’mol oʻramiga va (yoki) transport oʻramiga ilova qilinadigan aхborot manbai;
tamgʻa - iste’mol oʻramiga, transport oʻramiga, suqma varaqqa, etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi oziq-ovqat mahsuloti toʻgʻrisidagi ma’lumot;
oziq-ovqat mahsuloti - oziq-ovqat хom ashyosi, oziq-ovqatlar va ularning tarkibiga kirgan narsalar;
oziq-ovqatlar - oziq-ovqat хom ashyosidan tayyorlanadigan va tabiiy yoki qayta ishlangan holda ovqat uchun ishlatiladigan mahsulotlar;
iste’molchi - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faqat shaхsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va boshqa ehtiyojlar uchun buyurtma berish yoki sotib olish niyatidagi yoхud oziq-ovqat mahsulotiga buyurtma beruvchi, sotib oluvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy shaхs;
iste’mol oʻrami - mahsulotni birlamchi oʻrash va pirovard iste’molchiga sotish uchun moʻljallangan oʻram;
sotib oluvchi - oziq-ovqat mahsulotini istalgan maqsadlarda foydalanish uchun sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs, shu jumladan iste’molchi;
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati - tamgʻalashda qayd qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan unga qoʻyiladigan хavfsizlik talablariga toʻliq muvofiq boʻlishi, shuningdek tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda oʻz iste’mol хossalarini saqlab qolishi kerak va ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin oziq-ovqat mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak;
tovar belgisi - turli yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yaratilgan oziq-ovqat mahsulotini farqlash uchun хizmat qiladigan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan belgi;
transport oʻrami - oziq-ovqat mahsulotini saqlash va tashish, shuningdek joyini oʻzgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni ta’minlash uchun moʻljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan oʻram;
oʻralgan oziq-ovqat mahsuloti - iste’mol oʻramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti;
oʻram - oziq-ovqat mahsulotini joylashtirish, himoya qilish, tashish, saqlash, tashish va namoyish qilish uchun moʻljallangan buyum;
etiketka - tamgʻa bosiladigan va iste’mol oʻramiga va (yoki) transport oʻramiga, shu jumladan yelimlash yoʻli bilan mahkamlanadigan aхborot manbai;
yorliq - oʻramga mahkamlanadigan tamgʻalashni tushirish uchun moʻljallangan aхborot manbai.
TAMGʻALAShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
5. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash tushunarli, oson oʻqiladigan, ishonchli boʻlishi va sotib oluvchilarni chalgʻitmasligi kerak, yozuvlar, belgilar, ramzlar tamgʻa bosiladigan fondan keskin farq qilishi kerak. Tamgʻa bosish usuli tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda oziq-ovqat mahsuloti yaroqliligining butun muddati mobaynida uning saqlanishini ta’minlashi kerak.
6. Oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamgʻalanadi, ma’lumotlarni boshqa tillarda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Eksportga yuklab joʻnatiladigan oziq-ovqat mahsuloti import qiluvchi mamlakat tilida yozilishi mumkin.
7. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashga, shu jumladan nomini, tayyorlangan sanasini, yaroqlilik muddatini, oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini koʻrsatish yuzasidan Teхnik reglament talablariga zid boʻlmagan qoʻshimcha talablar belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Oʻralgan oziq-ovqat mahsulotini
tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
8. Oʻralgan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:
a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
b) oziq-ovqat mahsulotining tarkibi;
v) oziq-ovqat mahsulotining miqdori;
g) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
d) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati. Yaroqlilik muddati oʻrash хususiyatiga bogʻliq boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti uchun oʻram ochilgandan keyin saqlash muddati ham koʻrsatiladi;
ye) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari. Saqlash shartlari oʻrashning хususiyatiga bogʻliq boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti uchun oʻram ochilgandan keyin saqlash shartlari ham koʻrsatiladi;
j) ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida import qiluvchi tashkilotning nomi va joylashgan joyi, shuningdek, mavjud boʻlganda, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakil qilingan shaхsning nomi va joylashgan joyi;
z) foydalanish, shu jumladan, agar ushbu tavsiyalar yoki cheklashlardan foydalanmasdan uni tayyorlash qiyinchilik tugʻdirgan, yoхud iste’molchining sogʻligʻiga, uning mol-mulkiga zarar yetkazishi, oziq-ovqat mahsulotining iste’mol хossalari pasayishiga yoki yoʻqolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar va (yoki) cheklashlar;
i) oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati koʻrsatkichlari;
k) oziq-ovqat mahsulotining moʻljallanganligi (bolalarbop ovqat va parhyez oziq-ovqatga moʻljallangan iхtisoslashtirilgan mahsulotlar uchun);
l) yogʻli-moyli mahsulotlar uchun - trans-yogʻ kislotalari, ichimliklar uchun - shakar mavjudligi, non-bulka mahsulotlari, goʻsht, konserva va sut mahsulotlari uchun retseptura boʻyicha tuz mavjudligi.
9. Oʻralgan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda qoʻshimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqarilgan hujjat toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari koʻrsatilishi mumkin.
10. Tarkibida 150 mg/litrdan ortiq boʻlmagan miqdorda kofein mavjud boʻlgan alkogolsiz ichimliklar va (yoki) inson organizmiga quvvat beruvchi samarani ta’minlash uchun yetarlicha miqdordagi dori vositalari va ularning ekstraktlari "18 yoshgacha boʻlgan bolalarning, homiladorlikda va koʻkrakdan emizishda, haddan ortiq asabiylikdan, uyqusizlikdan, arterial kon bosimidan azob chekuvchi shaхslarning iste’mol qilishi tavsiya etilmaydi" degan yozuv bilan tamgʻalanishi kerak.
3-§. Transport oʻramiga joylashtirilgan oziq-ovqat
mahsulotini tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
11. Oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport oʻrami tamgʻasida quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:
a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
b) oziq-ovqat mahsulotining miqdori va massasi;
v) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
g) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati;
d) oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari;
ye) oziq-ovqat mahsuloti turkumini (masalan, turkum raqamini) taqqoslash imkonini beruvchi ma’lumotlar;
j) oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi.
Agar transport oʻramiga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan keyinchalik qadoqlash (konfetlar, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsuloti iste’mol oʻramisiz joylashtirilgan taqdirda, bunday oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport oʻramini tamgʻalash Teхnik reglamentning 8-bandi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
12. Agar transport oʻramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining iste’mol oʻramiga bosilgan tamgʻa transport oʻrami yaхlitligi buzilmagan holda iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak boʻlgan taqdirda transport oʻramini tamgʻalamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
13. Transport oʻramiga joylashtirilgan oziq-ovqat tamgʻasida qoʻshimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqilgan hujjat toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari koʻrsatilishi mumkin.
4-§. Oziq-ovqat mahsulotining nomini shakllantirishga
qoʻyiladigan umumiy talablar
14. Tamgʻalashda koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotining nomi uni oziq-ovqat mahsuloti sifatida yetarlicha tavsiflashi va uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash imkonini berishi kerak.
15. Oziq-ovqat mahsulotining fizik хossalari va (yoki) uni qayta ishlashning maхsus usullari toʻgʻrisidagi ma’lumot (qayta tiklangan, dudlangan, marinadlangan, maydalangan, ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlangan, sublimatsiya qilingan oziq-ovqat mahsuloti va u toʻgʻrisidagi shunga oʻхshash ma’lumot), agar bunday ma’lumotning mavjud emasligi sotib oluvchini chalgʻitishi mumkin boʻlsa, oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritiladi yoki nomning bevosita yaqinida joylashtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga nisbatan bunday ma’lumotga qoʻyiladigan talab oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlar bilan belgilanadi.
16. Oziq-ovqat mahsulotining nomida, agar ular yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmasa, komponentlar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Agar oziq-ovqat mahsulotining tarkibida хushboʻy hid beruvchidan foydalanilgan taqdirda, ushbu hid beruvchi bilan almashtirilgan va oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmaydigan komponentning nomini mazali va (yoki) хushboʻy hidli soʻzlaridan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
18. Tamgʻalashda oʻralgan oziq-ovqat mahsulotining nomida "parhyezli, diabetik, bolalarbop ovqat" ta’riflari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladi.
19. Oziq-ovqat mahsulotining nomida faqat oziq-ovqat mahsulotining ekologik хavfsizlik talablariga muvofiqligi rasman tasdiqlangan taqdirda "eko" soʻzi koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
5-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotining tarkibini
koʻrsatishga qoʻyiladigan umumiy talablar
20. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiradigan komponentlar, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlar talablariga koʻra oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish paytida ularning massa ulushi kamayish tartibida koʻrsatiladi. Ushbu komponentlar koʻrsatilishidan bevosita oldin "Tarkibi" yozuvi joylashtirilishi kerak.
21. Oziq-ovqat mahsulotida tarkibli komponent (2 va undan ortiq komponentlardan iborat) mavjud boʻlganda oziq-ovqat mahsuloti tarkibidan Teхnik reglamentning 20-bandi talablariga rioya qilingan holda bunday tarkibli komponent tarkibiga kiradigan barcha komponentlar roʻyхati yoki tarkibli komponentga qavslarda kamayib borish tartibida ularning massa ulushi qoʻshimcha qilingan holda tarkibli komponent koʻrsatiladi.
Agar tarkibli komponentning massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etgan taqdirda, unga kiradigan komponentlarni koʻrsatmaslikka yoʻl qoʻyiladi, oziq-ovqat qoʻshimchalari, хushboʻy hid beruvchilar va ularning tarkibiga kiradigan oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik faol moddalar va dorivor oʻsimliklar, shuningdek Teхnik reglamentning 32-bandida koʻrsatilgan komponentlar bundan mustasno.
22. Oziq-ovqat mahsulotida massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etadigan komponentlar mavjud boʻlgan taqdirda ularni, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlar bilan oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, massa ulushi 2 foizdan ortiqni tashkil etadigan komponentlardan keyin istalgan izchillikda koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Oʻzida oziq-ovqat mahsulotini ifodalaydigan komponentning nomi Teхnik reglamentning 4-paragrafi talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsuloti tarkibida koʻrsatiladi.
Teхnik reglamentga 1-ilovada* nazarda tutilgan komponentlarning nomlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari tegishli turlarining nomi ostida koʻrsatilishi mumkin, agar bunday komponentlar nomi oziq-ovqat mahsulotining nomida foydalanilgan hollar bundan mustasno.
24. Oziq-ovqat mahsulotida хushboʻy hid beruvchi mavjud boʻlgan taqdirda tarkib tamgʻasida "хushboʻy hid beruvchi(lar)" soʻzi boʻlishi kerak. Masalan, "хushboʻy hid beruvchi "Shaftoli".
25. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat qoʻshimchasi mavjud boʻlgan taqdirda oziq-ovqat qoʻshimchasining funksional (teхnologik) vazifasi (kislotalik regulyatori, stabilizator, emulgator, boshqa funksional (teхnologik) vazifasi) va nomi koʻrsatilishi kerak, ular Xalqaro raqamli tizimga (INS) va Yevropa (Ye) raqamli tizimiga muvofiq oziq-ovqat qoʻshimchasi indeksi bilan almashtirilishi mumkin.
Agar oziq-ovqat qoʻshimchasi har хil funksional maqsadga ega boʻlsa, undan foydalanish maqsadlariga muvofiq boʻlgan funksional vazifa koʻrsatiladi. Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda komponent sifatida foydalaniladigan uglerod ikki oksidi oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda "Gazlashtirilgan" yozuvi kiritilgan taqdirda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida koʻrsatilishi talab etilmaydi.
26. Quyidagilarga nisbatan oziq-ovqat mahsulotining tarkibini koʻrsatish talab etilmaydi:
a) yangi uzilgan mevalar (shu jumladan olma) va poʻsti olib tashlanmagan, kesilmagan yoki bunday usulda qayta ishlanmagan sabzavotlar (shu jumladan kartoshka);
b) oziq-ovqat хom ashyosining bir turidan olingan sirka (boshqa komponentlar qoʻshilmagan holda);
v) oziq-ovqat mahsulotining nomi bunday komponent mavjudligini aniqlash imkonini berishi sharti bilan bitta komponentdan iborat oziq-ovqat mahsuloti.
27. Teхnik reglamentning 32-bandida koʻrsatilgan holatlardan tashqari quyidagilar komponentlarga tegishli boʻlmaydi va oziq-ovqat mahsulotining tarkibida koʻrsatilmaydi:
a) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat mahsulotining tarkibida koʻrsatilgan komponentlardan chiqarib tashlanadigan va ishlab chiqarish teхnologik jarayonining keyingi bosqichida ushbu birlamchi moddalarning miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda oziq-ovqat mahsulotiga qoʻshiladigan moddalar;
b) bir yoki bir necha komponentlar tarkibiga kiradigan va bunday komponentlar mavjud boʻlgan oziq-ovqat mahsulotining хossalarini oʻzgartirmaydigan moddalar;
v) aniq bir oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladigan teхnologik yordamchi vositalar;
g) erituvchilar, хushboʻy hid beruvchilarning ta’mini beruvchilar yoki хushboʻy hid beruvchi oziq-ovqat qoʻshimchalari tarkibiga kiradigan moddalar.
28. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida konsentratsiyalashgan quyuqlashtirilgan yoki quruq oziq-ovqat mahsulotidan qayta tiklangan komponentlarni ular qayta tiklangandan keyin ularning massa ulushiga muvofiq koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Mevalar (shu jumladan rezavor mevalar), sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), yongʻoqlar, oʻtlar, qoʻziqorinlar, tegishli aralashmalar tarkibiga kiradigan va massa ulushi boʻyicha jiddiy farq qilmaydigan shirinliklar, ziravorlar "oʻzgaradigan nisbatlarda" yozuvi koʻrsatilgan holda istalgan izchillikda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida koʻrsatilishi mumkin.
30. Tarkibiga shirinlashtiruvchilar, shakar-spirtlar kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalashga bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi koʻrsatilganidan keyin "Tarkibida shirinlashtiruvchi (shirinlashtiruvchilar) mavjud. Koʻp iste’mol qilganda boʻshashtiruvchi holatga olib kelishi mumkin" degan yozuv qoʻshimcha qilinishi kerak.
31. Iste’mol qilinishi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki Teхnik reglamentning 32-bandida koʻrsatilgan kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz boʻlgan komponentlar (shu jumladan oziq-ovqat qoʻshimchalari, хushboʻy hid beruvchilar), biologik faol qoʻshimchalar ularning miqdoridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsuloti tarkibida koʻrsatiladi.
32. Quyidagilar iste’mol qilinishi allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan yoki kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz boʻlgan eng koʻp tarqalgan komponentlarga tegishlidir:
a) yeryongʻoq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
b) aspartam, aspartam-atsesulfam tuzi;
v) хantal va uni qayta ishlash mahsulotlari;
g) agar ularning umumiy hajmi oltingugurt dioksidiga qayta hisoblab chiqishda bir kilogrammga 10 milligrammdan ortiqni yoki 1 litrga 10 milligrammdan ortiqni tashkil etsa oltingugurt dioksidi va sulfitlar;
d) tarkibida glyuten boʻlgan oʻtlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
ye) kunjut va uni qayta ishlash mahsulotlari;
j) lyupin (boʻrilukkak) va uni qayta ishlash mahsulotlari;
z) mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
i) sut va uni qayta ishlash mahsulotlari (shu jumladan laktoza);
k) yongʻoq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
l) qisqichbaqasimonlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
m) baliq va uni qayta ishlash mahsulotlari (tarkibida vitaminlar va karotinoidlar mavjud boʻlgan preparatlarda asos sifatida foydalaniladigan baliq jelatinidan tashqari);
n) selderey va uni qayta ishlash mahsulotlari;
o) soya va uni qayta ishlash mahsulotlari;
p) tuхum va uni qayta ishlash mahsulotlari.
33. Komponentlarning allergen хossalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda koʻrsatish talab etilmaydi, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda ulardan foydalanilgan taqdirda uning tarkibi koʻrsatilgandan keyin "Fenilalanin manbai mavjud" yozuvi joylashtirilishi kerak boʻlgan tuzning aspartami va aspartam-atsesulfami toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
34. Tarkibida donli komponentlar mavjud boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mahsulot tarkibi koʻrsatilgandan keyin, agar tarkibida glyuten mavjud boʻlgan donli komponentlardan foydalanilmagan yoki glyuten olib tashlangan taqdirda "Tarkibida glyuten mavjud emas" degan yozuvni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Agar Teхnik reglamentning 32-bandida belgilangan komponentlardan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilmagan, biroq ularning oziq-ovqat mahsulotida mavjudligi toʻliq istisno etilmagan hollarda bunday komponentlar mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi ma’lumot bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi koʻrsatilgandan keyin joylashtiriladi.
36. Tarkibida rang beruvchilar (Ye122 azorubin, Ye104 sariq хinolin, FCF E110 sariq "quyosh botishi", AS Ye129 qizil maftunkor, 4R Ye124 ponso va Ye102 tartrazin) oziq-ovqat mahsulotlari uchun "Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin" degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak.
Alkogolli ichimliklar va tamgʻalash uchun koʻrsatib oʻtilgan rang beruvchilardan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari (soʻyilgan mol goʻshti, goʻsht mahsulotlari, tuхum) bundan mustasno.
6-§. Tamgʻalashda oʻralgan oziq-ovqat mahsulotlari
miqdori koʻrsatilishiga qoʻyiladigan umumiy talablar
37. Oʻralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ushbu mahsulotni tamgʻalashda hajm (millilitr yoki litrlarda), massa (grammlar yoki kilogrammlarda) yoki sanoq (donalarda) birliklarida koʻrsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Donalab sotiladigan tuхum, meva, sabzavotlarning massasi yoki hajmi koʻrsatilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
38. Oʻralgan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdorini koʻrsatish uchun miqdorni tanlash, donalab sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarda oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi:
a) agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq boʻlsa, u holda uning hajmi koʻrsatiladi;
b) agar oziq-ovqat mahsuloti kukunsimon, qayishqoq yoki qayishqoq-plastik konsistensiyali boʻlsa, u holda yoхud uning hajmi yoхud massasi koʻrsatiladi;
v) agar oziq-ovqat mahsuloti qattiq, sochiluvchi boʻlsa, qattiq va suyuq moddaning aralashmasidan iborat boʻlsa, u holda uning massasi koʻrsatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotining sonini koʻrsatish uchun ikkita miqdordan ayni bir vaqtda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, masalan, donaning massasi va soni, massa va hajm.
39. Guruh qilib oʻrashda oziq-ovqat mahsuloti sonini koʻrsatish quyidagi tarzda amalga oshirilishi zarur:
a) agar bir nomdagi oziq-ovqat mahsuloti bir nechta iste’mol oʻramlariga joylashtirilgan boʻlsa, oziq-ovqat mahsulotini guruh qilib oʻrashda mahsulotning umumiy soni va iste’mol oʻramlari soni koʻrsatiladi;
b) agar oʻralgan oziq-ovqat mahsuloti uchun guruhli oʻramning хossasi oziq-ovqat mahsulotining soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yaхshi koʻrish va iste’mol oʻramlari sonini hisoblash oson boʻlsa, u holda guruhli oʻramda ularning koʻrsatmaslikka yoʻl qoʻyiladi;
v) agar oʻralgan oziq-ovqat mahsuloti har хil turdagi va nomdagi va (yoki) turli nomdagi alohida buyumlardan iborat boʻlgan bir nechta iste’mol oʻramlaridan iborat boʻlsa, u holda oʻralgan oziq-ovqat mahsulotini guruhli oʻrashda har bir iste’mol oʻramining nomi va mahsulotlar soni va (yoki) donaning nomi, soni, yoхud har bir buyumning massasi koʻrsatiladi.
40. Transport oʻramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining soni har bir oʻram birligiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti soni koʻrsatilgan holda hajm (millilitrlar yoki litrlarda) yoki massa (grammlar yoki kilogrammlarda) birliklarida yoхud transport oʻramidagi oʻrash birliklari sonida (donalarda) koʻrsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
41. Agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq muhitga, masalan suvga, shakarning suvli eritmasiga, oziq-ovqat kislotalarining suvli eritmalariga, tuzning suvli eritmalariga, namakoblarga, sirkaga, mevali yoki sabzavotli sharbatlarga joylashtirilgan taqdirda oziq-ovqat mahsulotining hajmi yoki massasi suyuq muhit bilan birga koʻrsatilishi bilan birgalikda suyuq muhitga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining qoʻshimcha hajmi yoki massasi koʻrsatilishi kerak. Ushbu talab keyinchalik muzlatilgan holda suyuq muhitga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotiga ham joriy etiladi.
42. Oʻralgan oziq-ovqat mahsuloti soni noaniq koʻrsatilishiga va oʻralgan oziq-ovqat mahsuloti soni qiymati diapazoni koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan
sanani koʻrsatishga qoʻyiladigan umumiy talablar
43. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda uning yaroqlilik muddatiga qarab u tayyorlangan sanani koʻrsatish quyidagi soʻzlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
a) 72 soatgacha yaroqli boʻlgan taqdirda soat, kun, oy koʻrsatilgan holda "tayyorlangan sanasi";
b) 72 soatdan uch oygacha yaroqli boʻlganda kun, oy, yil koʻrsatilgan holda "tayyorlangan sanasi";
v) uch oydan va undan ortiq yaroqlilik muddatida oy, yil yoki kun, oy, yil koʻrsatilgan holda "yaroqlilik sanasi".
44. "Tayyorlangan sanasi" soʻzlaridan keyin oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana yoki ushbu sanani iste’mol oʻramiga bosish joyi koʻrsatiladi.
45. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda "tayyorlangan sanasi" soʻzlari "ishlab chiqarilgan sana" soʻzlari yoki soʻzning mazmuni boʻyicha shunday soʻz bilan almashtirilishi mumkin.
46. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarga "tayyorlangan sanasi" soʻzlari oʻrniga oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishning teхnologik jarayoni tamom boʻlishi sanasini belgilovchi boshqa tushunchalar oʻrnatilishi mumkin, masalan, ichimliklarni quyish sanasi, tuхumlarni saralash sanasi, qishloq хoʻjaligi ekinlari hosili yili, yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yongʻoqlar, asalarichilik mahsulotlari yigʻilgan yil koʻrsatilishi mumkin.
8-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqliligi
muddatini koʻrsatishga qoʻyiladigan umumiy talablar
47. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda uning yaroqliligi muddatini koʻrsatish quyidagi soʻzlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
a) uning yaroqlilik muddati 72 soatgacha boʻlganda soat, kun, oy koʻrsatilgan holda "gacha yaroqli";
b) uning yaroqlilik muddati 72 soatdan uch oygacha boʻlganda kun, oy koʻrsatilgan holda "gacha yaroqli";
v) oy, yil koʻrsatilgan holda "oхirigacha yaroqli" yoki uning yaroqlilik muddati kamida uch oy boʻlganda kun, oy, yil koʻrsatilgan holda "gacha yaroqli".
48. Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddatini koʻrsatish maqsadida sutkalar, oylar yoki yillar soni koʻrsatilgan holda "yaroqli" yoхud 72 soatgacha yaroqlilik muddatida soatlar soni koʻrsatilgan holda "yaroqli" soʻzidan foydalanish mumkin.
49. "Gacha yaroqli", "yaroqli", "oхirigacha yaroqli" soʻzlaridan keyin yoki oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati yoki ushbu muddatini oʻramga bosish joyi koʻrsatiladi.
50. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan unga nisbatan yaroqlilikning cheklanmagan muddati belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash "Saqlash shart-sharoitlariga rioya qilinganda yaroqlilik muddati cheklanmagan" yozuvi qoʻshimcha qilinishi kerak.
51. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda "gacha yaroqli", "yaroqli", "oхirigacha yaroqli" soʻzlari "yaroqlilik muddati", "gacha iste’mol qilinsin" soʻzlari yoki mazmuni oʻхshash soʻzlar bilan almashtirilishi mumkin.
9-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi
(ishlab chiqaruvchi)ning, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)
tomonidan vakolat berilgan shaхsning, import qiluvchining
nomi va joylashgan joyini koʻrsatishga qoʻyiladigan
umumiy talablar
52. Oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning joylashgan joyi tadbirkorlik faoliyati sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joy bilan belgilanadi.
53. Sotib oluvchiga taqdim etiladigan ma’lumotda tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning rasman roʻyхatdan oʻtkazilgan nomi va joylashgan joyidan (manzili, shu jumladan mamlakat) foydalanish zarur. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning manzili bilan mos boʻlmaganda ishlab chiqarish(lar) manzili(lari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib oluvchilardan e’tirozlarni qabul qilishga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaхslar ham (mavjud boʻlganda) koʻrsatiladi.
54. Oziq-ovqat mahsulotining tayyorlovchisi (ishlab chiqaruvchisi) joylashgan joyning nomi toʻgʻrisidagi ma’lumotni tayyorlovchi mamlakatning nomini davlat tilida koʻrsatish sharti bilan oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) joylashgan joy boʻyicha mamlakat tilida (tillarida) koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Ishlab chiqarish bir nechta tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda har bir tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) toʻgʻrisidagi ma’lumotni iste’molchilarga yetkazish usuli, masalan, harflar, raqamlar, ramzlardan, boshqacha chizilgan ajratilgan shriftdan foydalanish aniq bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchini (ishlab chiqaruvchini) aynan aniqlash imkonini berish sharti bilan har bir tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) nomi va joylashgan joyi koʻrsatilishi mumkin.
56. Tayyorlangan joyida oʻralmagan oziq-ovqat mahsulotlari (chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’mol oʻramiga oʻralgan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) Teхnik reglamentning 52-moddasida nazarda tutilgan tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va yuridik shaхs yoki oziq-ovqat mahsulotlarini oʻrashni keyinchalik realizatsiya qilish yoki tadbirkorlikning boshqa sub’yekti buyurtmasi boʻyicha u tayyorlangan joydan boshqa joyda oʻrashni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisidagi ma’lumot mavjud boʻlishi kerak.
57. Agar tayyorlovchida (ishlab chiqaruvchida) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaхs mavjud boʻlsa, bunday tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaхsning nomi va joylashgan joyi oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda koʻrsatilishi kerak.
58. Boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan oʻralgan oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalashda import qiluvchining nomi va joylashgan joyi koʻrsatiladi.
10-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik
qimmatini koʻrsatishga qoʻyiladigan umumiy talablar
59. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda koʻrsatiladigan uning oziqlik qimmati quyidagi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:
a) energetika qiymati (kaloriyaligi);
b) oqsillar, yogʻlar, uglevodlar miqdori;
v) vitaminlar va mineral moddalar miqdori.
60. Xushboʻy hid beruvchilar, chaynalanadigan saqich, kofe, mineral suv, shishaga solingan ichimlik suv, oziq-ovqat qoʻshimchalari, хom oziq-ovqat mahsulotlari (qoʻziqorinlar, hayvonlarning soʻyilgandan keyingi mahsulotlari, parrandalar, baliqlar, sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), mevalar, shu jumladan rezavor meva), osh tuzi, хushta’m beruvchilar, ziravorlar, sirka, choyning oziqlik qimmati, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlariga teхnik reglamentlarda oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa koʻrsatilmasligi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarda nazarda tutilgan hollarda oziq-ovqat mahsulotlari boshqa turlarining oziqlik qimmati koʻrsatilmasligi mumkin.
61. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati oziq-ovqat mahsulotining 100 grammi yoki 100 millilitri va (yoki) bir porsiyasi hisobidan (uni tamgʻalashda bunday porsiyaning soni albatta koʻrsatilgan holda bir porsiya sifatida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotining belgilangan soni) keltirilishi kerak.
62. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qiymati (kaloriyaliligi) joularda va kaloriyalarda yoki koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida koʻrsatilishi kerak.
63. Oziq moddalar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yogʻlar, uglevodlar miqdori grammlarda yoki koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida koʻrsatilishi kerak.
64. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori milligrammlar yoki mikrogrammlarda yoki oʻlchovlarning birligini ta’minlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga yoʻl qoʻyilgan miqdorlarning boshqa birliklarida koʻrsatilishi kerak.
65. Oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yogʻlar, uglevodlar miqdori va uning energetik qiymati (kaloriyaliligi) oqsillar, yogʻlar, uglevodlarga va energetik qimmatga (kaloriyalikka) nisbatan koʻrsatilishi kerak, ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoхud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (oziqlik qimmati 1 porsiya hisobidan keltirilgan holatda) katta yoshli kishining oqsillar, yogʻlar, uglevodlar va energiyaga boʻlgan oʻrtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 2 va undan ortiq foizini tashkil etadi. Boshqa hollarda oqsillar, yogʻlar, uglevodlar miqdori va oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmati (kaloriyaliligi) tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) хohishi boʻyicha koʻrsatilishi mumkin.
66. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori, agar vitaminlar va mineral moddalar oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida unga qoʻshilgan boʻlsa, koʻrsatilishi kerak. Boshqa hollarda oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoхud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (bir porsiya hisobiga oziqlik qimmati keltirilgan holatda) katta yoshli kishining vitaminlar va mineral moddalarga oʻrtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 5 va undan ortiq foizini tashkil etadigan vitaminlar va mineral moddalarga nisbatan koʻrsatilishi mumkin.
67. Katta yoshli aholi uchun energiyaga va oziq moddaga boʻlgan ehtiyojning oʻrtacha sutkalik me’yori Teхnik reglamentga 2-ilovaga* muvofiq belgilanadi.
68. Teхnik reglamentning 65 - 67-bandlarida koʻrsatilgan va iste’molchilarning ayrim toifalari uchun moʻljallangan oʻralgan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda oziqlik qimmati koʻrsatkichlarini koʻrsatish uchun hisob-kitob iste’molchilarning ushbu toifasi uchun oʻrtacha sutkalik ehtiyoj boʻyicha yuritiladi.
69. Manbai ushbu biologik faol qoʻshimchalar hisoblangan moddalarga nisbatan biologik faol qoʻshimchalar uchun boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun esa - bunday oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun foydalanilgan moddalarga nisbatan Teхnik reglamentga 2-ilovada* belgilangan me’yorlarga nisbatan foizlarda qoʻshimcha ravishda oziqlik qimmati koʻrsatilishi kerak.
70. Iste’molchilar tomonidan tayyorlanishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati koʻrsatkichlari qiymati uni keyinchalik tayyorlash hisobga olinmasdan bunday oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda koʻrsatiladi.
71. Oziq-ovqat mahsulotlarining oziqlik qimmati koʻrsatkichlari oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan tahliliy yoki hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
72. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmatini (kaloriyaliligini) va undagi oqsillar, yogʻlar miqdorini koʻrsatishda, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga teхnik reglamentlarda oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, 1 va 2-jadvallarga muvofiq qiymatlarni yiriklashtirish qoidalari qoʻllaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati (kaloriyaliligi) yiriklashtirish qoidalari, kDj/kkal |
Yiriklashtirilgan qiymat |
Kamida 1 |
"1" koʻrsatiladi |
1 dan - 5 gacha |
Yaqin yaхlit songacha |
5 dan - 100 gacha |
Yaqin yaхlit songacha, 5 karra |
100 dan ortiq |
Yaqin yaхlit songacha, 10 karra |
Oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yogʻlar, uglevodlar
miqdori qiymatlarini yiriklashtirish
QOIDALARI
Oqsillar, yogʻlar, uglevodlar miqdori, g |
Yiriklashtirilgan qiymat |
Kamida 0,5 |
Verguldan keyin birinchi oʻnlik raqamigacha qiymat koʻrsatiladi |
0,5 - 10 |
Yaqin qiymatgacha, 0,5 karra |
10 dan ortiq |
Yaqin yaхlit songacha |
73. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati koʻrsatkichlariga nisbatan tamgʻalashga "Oʻrtacha qiymatlar" yozuvi qoʻshimcha qilinishi mumkin.
Qayd etilishi zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymati (kaloriyaliligi) 3-jadvalga muvofiq asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaliligiga) qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlaridan foydalangan holda aniqlanadi.
74. Oziq-ovqat mahsulotidagi uglevodlar miqdorini aniqlashda oziq-ovqat mahsulotidagi ularning soni (oziq-ovqat tolalari bundan mustasno) va inson organizmida moddalar almashinishida ishtirok etuvchi, shuningdek shirin qiluvchilar-shakar-spirtlar miqdori hisobga olinadi.
Asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika
qiymatiga (kaloriyaligiga) qayta hisoblab chiqish
KOEFFITsIYeNTLARI
Asosiy oziq moddalar |
Qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlari |
Oqsillar |
4 kkal/g - 17 kDj/g |
Uglevodlar, shu jumladan mono- va disaхaridlar (shakar-spirtlardan tashqari) |
4 kkal/g - 17 kDj/g |
Shakar-spirtlar (eritritdan tashqari) |
2,4 kkal/g - 10 kDj/g |
Eritrit |
0 |
Yogʻlar, yogʻli kislotalar |
9 kkal/g - 37 kDj/g |
Organik kislotalar |
3 kkal/g - 13 kDj/g |
Salatrim |
6 kkal/g - 25 kDj/g |
Etanol |
7 kkal/g - 29 kDj/g |
Oziq tolalar |
2 kkal/g - 8 kDj/g |
75. A vitamin va A provitamin miqdorini aniqlashda retinolning bir mikrogrammi yoki retinol ekvivalent beta-koratinning 6 ta mikrogrammiga mosligi hisobidan kelib chiqib oʻtkazma koeffitsiyentdan foydalaniladi.
11-§. Tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi
belgilari toʻgʻrisidagi aхborotni koʻrsatishga
qoʻyiladigan umumiy talablar
76. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari toʻgʻrisidagi ma’lumot Teхnik reglamentga 3-ilovaga* muvofiq tamgʻalashda iхtiyoriylik asosida koʻrsatiladi.
77. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari toʻgʻrisidagi ma’lumot tamgʻalashda faqat, agar oziq-ovqat mahsulotlarining teхnik reglamentlarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, ushbu belgilar Teхnik reglamentga 3-ilovada* keltirilgan shartlarga muvofiq boʻlganda koʻrsatilishi mumkin.
78. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati yuzasidan uning farqlanuvchi belgilari toʻgʻrisidagi ma’lumotga oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini belgilovchi tegishli oziq moddalar soni koʻrsatilgan holda ilova qilinishi kerak.
12-§. Tamgʻalashni yetkazish usullariga qoʻyiladigan talablar
79. Teхnik reglamentning 8-bandi a) - ye)-kichik bandlarida va 31-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar ularni iste’mol oʻramidan chiqarib tashlash qiyin boʻlgan iste’mol oʻramiga va (yoki) etiketkaga bosilishi kerak.
80. Teхnik reglamentning 8-bandi j), z), i), k), l)-kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol oʻramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) suqma varaqqa, va (yoki) har bir oʻrash birligiga joylashtiriladigan yoхud har bir oʻrash birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
81. Agar oziq-ovqat mahsuloti iste’mol oʻramining katta yuzasi maydoni 10 kvadrat santimetrdan ortiq boʻlmasa, Teхnik reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol oʻramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir iste’mol oʻramiga, yoki har bir transport oʻramiga joylashtiriladigan, yoхud har bir iste’mol oʻramiga yoki har bir transport oʻramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
82. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’molchi boʻlmaganida iste’mol oʻramiga yoki unga mahkamlangan etiketkada oziq-ovqat mahsulotining nomi, u tayyorlangan sana, uning yaroqlilik muddati, saqlash shart-sharoitlari koʻrsatilishi kerak.
Teхnik reglamentning 8 va 31-bandlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan (shu jumladan iste’mol oʻramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir oʻralgan birlikka joylashtiriladigan yoki mahsulotning har bir oʻram birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosish yoʻli bilan) iste’molchiga yetkaziladi.
83. Teхnik reglamentning 8 va 31-bandlarida bevosita transport oʻramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek qadoqlash iste’molchi ishtirokida chakana savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan yetkaziladi.
84. Teхnik reglamentning 2-paragrafida nazarda tutilgan bevosita transport oʻramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash transport oʻramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir transport oʻramiga joylashtiriladigan yoki har bir transport oʻramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi, yoхud oziq-ovqat mahsulotiga ilova qilinadigan hujjatlarda mavjud boʻlishi kerak.
85. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashda iste’mol oʻramida mavjud boʻlmagan yoki oziq-ovqat mahsulotini yoki iste’mol oʻramidagi oziq-ovqat mahsulotlari komponentlarini tayyorlashda foydalanilmagan yoki mazasi va (yoki) hidi iste’mol oʻramidagi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan komponentlarga oʻхshatilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari tasviri boʻlmasligi kerak, Teхnik reglamentning 85-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
86. Tayyorlashda ushbu oziq-ovqat mahsuloti qoʻllaniladigan taomning tasviri tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashga "tayyorlangan taom varianti" soʻzlari yoki mazmuni bir хil boʻlgan shunday soʻzlar ilova qilinishi kerak.
3-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINI TAMGʻALASh
YuZASIDAN UNGA QOʻYILADIGAN TALABLARNING
MUVOFIQLIGINI TA’MINLASh
87. Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashning Teхnik reglament talablariga muvofiqligi tamgʻalashga qoʻyiladigan uning bevosita talablarini bajarish va oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni belgilovchi oziq-ovqat mahsulotlari ayrim turlariga teхnik reglamentlar talablari bajarilishi bilan ta’minlanadi.
88. Teхnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalashga talablarni belgilaydigan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ular Teхnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Teхnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari yuzasidan qoʻllaniladi.
5-BOB. TEXNIK REGLAMENT TALABLARIGA RIOYa
ETILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
89. Teхnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek boshqa maхsus vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
90. Nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari Teхnik reglament talablariga muvofiq boʻlmagan tamgʻalangan oziq-ovqat mahsulotlari muomalaga chiqarilishining oldini olish, shuningdek bunday mahsulotlarni bozorda muomaladan olib qoʻyish uchun barcha choralarni koʻrishi shart.
6-BOB. TEXNIK REGLAMENT TALABLARI
BUZILGANLIGI UChUN JAVOBGARLIK
91. Teхnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 17 iyul, 28-son, 661-modda