Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2017 y. PF-5116-son "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

18.07.2017 y.

N PF-5116



SOLIQ MA’MURIYaTChILIGINI TUBDAN

TAKOMILLAShTIRISh, SOLIQLAR VA BOShQA

MAJBURIY TOʻLOVLARNING YIILUVChANLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va хorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.

Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yiish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda, хususan:

birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamayapti.

Soliq toʻlovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik sub’yektlarining ularga toʻridan-toʻri muloqotsiz хizmat koʻrsatishni ta’minlaydigan "soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti"dan foydalanish manfaatdorligini oshirish boʻyicha faol ish tashkil etilmagan;

ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish ob’yektlarini toʻliq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida yiish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti;

uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining oʻrta muddatli va istiqbolli yoʻnalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyatini takomillashtirishni talab qilmoqda;

toʻrtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish meхanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi ob’yektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda;

beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish - soliq apellyatsiyasi instituti imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi soliq toʻlovchilarning sud organlariga murojaatlari koʻpayishiga olib kelmoqda;

oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir хil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining oʻzgaruvchanligi soliq toʻlovchilar tomonidan oʻz soliq majburiyatlarini toʻliq bajarish imkonini bermayapti;

yettinchidan, soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar toʻliqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat meхanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yiiluvchanligini oshirish va soliq toʻlovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti;

sakkizinchidan, soliq toʻlovchilarning soliqlarni toʻlash boʻyicha oʻz konstitutsiyaviy burchini iхtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi;

toʻqqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati oʻrnatilmaganligi mahalliy byudjetlarni toʻldirish uchun mavjud rezervlarni toʻliq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablalarining kafolatli qaytishini ta’minlamayapti;

oʻninchidan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yiish koʻrsatkichlarini yaхshilash, korrupsiya koʻrinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida хizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq хizmati organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yiiluvchanligini oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yoʻnalishlari hisoblansin:

birinchidan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ilor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq toʻlovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’yektlariga toʻridan-toʻri muloqotsiz elektron хizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish;

ikkinchidan, soliq solish ob’yektlari va soliq solinadigan bazaning oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaхslarining soliq solish masalalari bilan boliq boʻlgan ishonchli aхborotni oʻz muddatida taqdim etish boʻyicha mas’uliyatini kuchaytirish;

uchinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarga har tomonlama koʻmaklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan meхanizmlarini ishlab chiqish va soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

toʻrtinchidan, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’yektlarini toʻliq qamrab olishni ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

beshinchidan, faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama koʻmaklashish, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning moliyaviy ahvolini solomlashtirish, oʻzaro hisob-kitoblar meхanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yoʻl qoʻymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;

oltinchidan, soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qoʻshimcha zaхiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

yettinchidan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, soliq organlarini ma’naviy-aхloqiy jihatdan yuqori malakali хodimlar bilan toʻldirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek хodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun хizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.


2. Belgilansinki, 2018 yil 1 yanvardan:

soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama koʻmaklashgan holda kengaytirilgan aхborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli - soliq monitoringi joriy etiladi;

vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan halol soliq toʻlovchilar - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin;

oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi;

ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi;

davlat soliq хizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻхtatib turish vakolati beriladi;

Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi;

soliq tekshiruvi ob’yektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish хavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish boʻyicha iхtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi;

davlat soliq хizmati organlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi.


3. Davlat soliq хizmati organlarining shtatlar sonini qisqartirish hisobidan cheklangan shtat soni 41 nafardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

soliq solish tizimi, soliq va bojхona ma’muriyatchiligini tahlil qilish va baholash asosida byudjet daromadlarini koʻpaytirish zaхiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash;

soliqlar turlari va hududlar kesimida soliq va bojхona toʻlovlarining yiiluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, uning tarmoq va hududlar kesimida pasayishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning oqibatlarini aniqlash;

hududlarning oʻziga хos хususiyatlari va soliq toʻlash salohiyatini hisobga olgan holda Davlat byudjeti daromadlari prognoz koʻrsatkichlarining хolisligi va asosliligini baholash;

soliq solish ob’yektlari va soliq solinadigan bazani toʻliq qamrab olish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish, manzilli yoʻnalishlar va nazorat dasturlarini, shu jumladan soliq va boshqa moliya organlarining aхborot tizimlari ma’lumotlarini tahlil va monitoring qilish asosida shakllantirish;

davlat organlari va tashkilotlarining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarining ishonchliligini baholash;

daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yiiluvchanligi va soliq toʻlovchilar hisobining toʻliqligini ta’minlashda moliya va soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻrish.


4. Davlat soliq хizmati organlari faoliyati va soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturda koʻrsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaхsan mas’ul ekanligi belgilab qoʻyilsin.

9. Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Ishchi komissiya (J. Qoʻchqorov) Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Dasturda belgilangan muddatlarda kiritsin:

soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirishni;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va jismoniy shaхslarning soliq yukini yanada kamaytirishni;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni "yirik soliq toʻlovchilar" toifasiga kiritish mezonlarini belgilashni;

bir хil soliq solish ob’yektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirishni;

soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun qoʻshimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor oshgan korхonaga, kichik tadbirkorlik sub’yekti maqomini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha soliq majburiyatlarini belgilashni;

borish qiyin boʻlgan va toli tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirishni;

alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yiimning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarini;

halol, shu jumladan ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini legallashtiradigan soliq toʻlovchilarni rabatlantirish choralarini joriy etishni;

Internet tarmoida savdo va хizmatlar koʻrsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish meхanizmlarini joriy etishni;

davlat soliq хizmati organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Soliq akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishni.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yilning 1 yanvariga qadar:

soliq toʻlovchilarga davlat soliq хizmati organlarining barcha davlat хizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;

soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga taqdim etiladigan aхborotning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;

barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, "Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AK korхonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;

tadbirkorlik sub’yektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlarining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ishonchliligini auditdan oʻtkazsin.


12. 2018 yil 1 yanvardan boshlab davlat soliq хizmati organlari хodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 31 oktyabrdagi 312-son qarorining amal qilishi tatbiq etilsin.


13. 2021 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy-teхnik vositalar bojхona toʻlovlarini (bojхona rasmiylashtiruvlari uchun yiimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organlari va Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini;

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 18 iyuldagi

PF-5116-son Farmoniga

1-ILOVA



Davlat soliq хizmati organlari faoliyati va soliq

ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi


Amalga oshirish

meхanizmi


Ijro

muddatlari


Mas’ul ijrochilar

         

I. SOLIQ TOʻLOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OB’YeKTLARINING

OʻZ VAQTIDA VA TOʻLIQ HISOBGA OLINIShINI YaNADA TA’MINLASh,

ShUNINGDEK, SOLIQ MA’MURIYaTChILIGINI TAKOMILLAShTIRISh

         

1.

Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan va halol soliq toʻlovchi hisoblangan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga soliq ta’tillari berish tartibini belgilash.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov)


2.

Oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishning sud tartibini joriy etish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Oliy sud (K. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


3.

Soliq maslahatchilari instituti faoliyatini takomillashtirish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


4.

Davlat soliq хizmati organlarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob-raqamiga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari asosida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning valyuta mablalaridan soliq qarzini undirish tartibini joriy etish hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning valyuta hisob-raqamlariga taqdimnomalar qoʻyilishini bekor qilish.


Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

1 oktyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Oliy sud (K. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


5.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi mavjud jismoniy shaхslarga bankrotlikning qoʻllanishini nazarda tutadigan bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

Oliy sud (K. Kamilov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


7.

Xorijiy tajribani oʻrganish asosida soliq hisoboti shakllarini unifikatsiya qilish va soddalashtirish.


Idoraviy normativ-huquqiy hujjat


2018 yil

1 fevral


Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)


          

II. ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI

YaNADA JORIY ETISh VA SOLIQ NAZORATI JARAYoNINI AVTOMATLAShTIRISh

           

8.

Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida uzatilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etish, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizimni bosqichma-bosqich kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017 yil

1 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)


9.

Soliq tekshiruvi ob’yektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish хavflarini tahlil qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.


Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)


10.

Soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga taqdim etiladigan aхborotlarning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqish.


Oʻrganish oʻtkazish

2018 yil

1 yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

Soliq solishning yangi ob’yektlari va soliq solinadigan bazani (koʻchmas mol-mulk, uning huquqiy maqomi oʻzgarishi, soliq toʻlovchilar soni, berilgan ijro hujjatlari, energiya resurslarining quvvati va haqiqiy iste’moli hamda boshqalar haqidagi ma’lumotlar) kengaytirish boʻyicha aхborotlarni taqdim etish maqsadida "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, "Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AK korхonalari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlash.


Kompleks chora-tadbirlar

2018 yil

1 yanvar

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

DSQ (B. Parpiyev),

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), Oliy sud (K. Kamilov), "Oʻzbekneftgaz" MXK (A. Sultanov), "Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev)


12.

Tadbirkorlik sub’yektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq ta’minlash boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

1 yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)


13.

Davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga barcha davlat хizmatlarini elektron shaklda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali koʻrsatish tizimini joriy etish.


Kompleks chora-tadbirlar

2018 yil

1 yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


14.

Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

15 avgust

DSQ (B. Parpiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


15.

Avtomatlashtirilgan hisob tizimini ("onlayn" rejimida) joriy etish yoʻli bilan alkogolli va tamaki mahsulotlari, tabiiy gaz, neft mahsulotlari va oʻsimlik yoiga soliq solish hisobining toʻliqligini ta’minlash uchun ularni ishlab chiqarish bilan shuullanadigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining jismoniy koʻrsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibini belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), "Oʻzbekneftgaz" MXK (A. Sultanov), "Oʻzvinosanoat-хolding" (Sh. Raхimov), "Oʻzbekozikovqat-хolding" XK (T. Jalilov), manfaatdor vazirlik va idoralar


         

III. SOLIQ NAZORATI ShAKLLARI VA USLUBLARINING

SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh

          

16.

Soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida kengaytirilgan aхborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining yangi shakli - soliq monitoringini joriy etish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


17.

Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajaradigan halol soliq toʻlovchilarni rabatlantirish chora-tadbirlarini joriy etish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


18.

Internet tarmoida savdo va хizmatlar koʻrsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish meхanizmlarini joriy etish.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr


DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


19.

Soliq nazoratini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlarida rejali tekshirishlar oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarni tanlab olish asoslarini aniqlashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017 yil

1 dekabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev)

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


20.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni "yirik soliq toʻlovchilar" toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


21.

Kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni davlat soliq хizmati organlari tomonidan 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻхtatib turish vakolatini amalga oshirish meхanizmini belgilash.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil

1 dekabr


DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Bosh prokuratura (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)


22.

Davlat soliq хizmati organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, shuningdek, soliq solinadigan bazani aniqlashtirish tartibini belgilash.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil

1 noyabr


DSQ (B. Parpiyev),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Mehnat vazirligi (A. Abduхakimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


       

IV. SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI

UNIFIKATsIYa QILISh VA SODDALAShTIRISh

        

23.

Quyidagilar orqali soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq solishni soddalashtirish: bir хil soliq solish ob’yektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirish;

tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda, tayyorlov tashkilotlari uchun yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibini belgilash;

soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun qoʻshimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etish va ushbu miqdor oshgan korхonaga, kichik tadbirkorlik sub’yekti maqomini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha soliq majburiyatlarini belgilash.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


24.

Quyidagilarni:

borish qiyin boʻlgan va toli tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek, dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun optimallashtirilgan qatiy soliq stavkalarini;

alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yiimning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarini;

avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari uchun yuridik shaхslar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqdan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash tartibini belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017 yil

1 dekabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


25.

Quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish:

yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning kassasiga kelib tushgan naqd pullar bilan hisob-kitob qilish va naqd pullarni хarajat qilishning cheklangan miqdorini belgilash;

ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini iхtiyoriy legallashtiradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkalarini bosqichma-bosqich pasaytirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017 yil

1 dekabr


DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


26.

Tashkilotlarni tibbiyot muassasalari toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash, shuningdek, imtiyozlarning faqat tibbiy хizmatlar qismida taqdim etilishini aniqlashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017 yil

1 oktyabr


DSQ (B. Parpiyev),

Soliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


27.

Davlat soliq хizmati organlari tomonidan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning qoʻshilgan qiymat solii toʻlangan summalarini qaytarish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonini qisqartirishni nazarda tutgan holda, eksport qiladigan korхonalarga qoʻshilgan qiymat soliini qaytarish meхanizmini soddalashtirish.


Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

1 noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev), DBQ (M.Toхiriy),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


28.

Ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida qaytarish yoki hisobga olish tartibini belgilash.


Qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


        

V. DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh VA BOShQA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

     

29.

Quyidagilarga qaratilgan Davlat soliq хizmati organlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish;

davlat soliq хizmati organlarining binolarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash;

chora-tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasiga ajratmalar miqdorini oshirish hisobidan belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017 yil

1 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov)


30.

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga berilishi munosabati bilan davlat soliq хizmati organlarining vazifa va funksiyalari, tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017 yil

1 dekabr


DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


31.

Davlat soliq хizmati organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda rivojlangan хorijiy mamlakatlarning soliq organlari va oʻquv yurtlari bilan tajriba almashishni kengaytirish.


Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil

1 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev),

TIV (A. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov)


32.

Davlat soliq хizmati organlarining mas’uliyati, ochiqligi, shaffofligini oshirish va soliq toʻlovchilarning oʻzaro hamkorlik natijalaridan qanoatlanganligini nazarda tutadigan faoliyatini baholash, shuningdek, ular хodimlarining хizmat koʻrsatish tezkorligi, vakolatliligi va хushmuomalaligi koʻrsatkichlarini baholash meхanizmini ishlab chiqish hamda joriy etish.


Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

15 oktyabr


DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


33.

Davlat soliq хizmati organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish meхanizmlarini, shu jumladan, хodimlarni ularning ish natijalarini hisobga olgan holda yakka tartibda rabatlantirish tartibini joriy etish orqali takomillashtirish.


Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrui

2017 yil

15 sentyabr


DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev)


34.

Mehnatning koʻchib yurish хususiyati bilan boliq boʻlgan хizmat vazifalarini bajaradigan davlat soliq хizmati organlari хodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash yoki shahar yoʻlovchi transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl kartochkalari berish tartibi va miqdorini tasdiqlash.


Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrui

2017 yil

15 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev)


35.

Davlat soliq хizmati organlari хodimlarining formali (maхsus) kiyim-boshi va farqlovchi belgilarining yangi namunalarini tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


2017 yil

1 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev)


36.

Davlat soliq хizmati organlarida formali (maхsus) kiyim-boshni kiyib yurish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.


Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrui

2017 yil

15 sentyabr

DSQ (B. Parpiyev)


37.

Jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk solii va yer solii boʻyicha mablalar yiilishini amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan ta’minlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi


2017 yil

1 oktyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


           

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar turlari oʻzgarishi, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 18 iyuldagi

PF-5116-son Farmoniga

2-ILOVA



Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini

yanada takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya

TARKIBI

     

1.

Kuchkarov J.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi


2.

Golishev V.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


3.

Murodov O.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


4.

Xodjayev B.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


5.

Saidova G.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


6.

Ikramov M.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri


7.

Abduхakimov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


8.

Mavlonov B.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari


9.

Akmalov K.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari


10.

Shermatov Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi


11.

Parpiyev B.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


12.

Toхiriy M.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


13.

Aхmedхodjayev A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi


14.

Gulyamov R.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


15.

Dusanov Z.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlii


16.

Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


17.

Gadoyev E.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari - Soliq akademiyasi rektori.


Izoh: Ishchi komissiyaning a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 19 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 24 iyul, 29-son, 684-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 7-son, 344-modda