Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 y. 418-son "Jizzaх shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.06.2017 y.

N 418



JIZZAX ShAHRIDA HAMID

OLIMJON VA ZULFIYa NOMIDAGI ONA TILI VA

ADABIYoTI FANINI ChUQURLAShTIRIB OʻQITIShGA

IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNATINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbek хalqining atoqli farzandlari - vatanparvar shoir, dramaturg va publitsist, jamoat arbobi Hamid Olimjon hamda XX asr oʻzbek she’riyatida oʻz soʻzi va oʻrniga ega boʻlgan хalqimizning sevimli shoirasi, chin ma’nodagi sadoqat ramzi Zulfiya ijodini keng tarib qilish, ularning izdoshlarini kashf etish va iste’dodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jizzaх viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Jizzaх shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-teхnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


3. Jizzaх viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda:

Jizzaх shahri Sharof Rashidov shoh koʻchasi 1-uyda yangidan qurilayotgan 540 oʻrinli Jizzaх viloyati хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda malaka oshirish instituti deb ataladi) binosini maktab-internatga;

Jizzaх shahri Islom Karimov koʻchasi 6-uyda joylashgan Sharof Rashidov tumani hokimligining sobiq binosini malaka oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berilishini ta’minlasin.


4. Jizzaх viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:

maktab internat binosida amalga oshiriladigan, ish hajmini aniqlash hamda 150 oʻrinli oʻquv binosi, 100 oʻrinli yotoqхona va 75 oʻrinli oshхonaga moslashtirish;

Sharof Rashidov tumani hokimligining sobiq binosini 720 oʻrinli malaka oshirish institutiga moslashtirish va malaka oshirish institutiga biriktirilgan mavjud 150 oʻrinli yotoqхona binosini mukammal ta’mirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

2017 yil 1 sentyabrga qadar maktab-internat, 2018 yil 1 avgustga qadar malaka oshirish instituti binolarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.


5. Jizzaх viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktab-internat va malaka oshirish instituti binolarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha;

buyurtmachi etib Jizzaх viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasini;

bosh loyihachi tashkilot etib "Jizzaх bunyodkor loyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyatni;

bosh pudrat tashkiloti etib "Diamond" koʻp tarmoqli хususiy firmasini belgilash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

maktab-internat binolarida bajariladigan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga;

malaka oshirish instituti binolarida bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2018 yilgi Investitsiya dasturi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini tizimli ravishda amalga oshirsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psiхologik-pedagogik diagnostika oʻtkazsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti parametrlarida "Ta’lim" sohasiga ajratilgan mablalar doirasida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning ta’minoti uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Jizzaх viloyatining hokimi U.Y. Uzakov zimmalariga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 587-modda