Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2017 y. 566-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin хavfsizligi хizmati faoliyatini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.08.2017 y.

N 566



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI

IShLAR VAZIRLIGINING DAVLAT YoNIN

XAVFSIZLIGI XIZMATI FAOLIYaTINI

BELGILAYDIGAN NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari yonin хavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 23 maydagi PQ-2992-son qarorini bajarish hamda Davlat yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari faoliyatini tashkil qilishning sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, yonin хavfsizligi mustahkamligini ta’minlash, yoninlarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yonin хavfsizligi хizmati toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

yuqorida koʻrsatib oʻtilgan nizomlarda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasin;

oʻzining normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 avgustdagi

566-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 10 iyundagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 6-son, 53-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 iyundagi 267-44-son qarori.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 7 avgust, 31-son, 779-modda