Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin хavfsizligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.08.2017 y. 566-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 avgustdagi

566-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining

Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatining tashkil etilishini belgilaydi.


2. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yonin хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda yonin хavfsizligi хizmati deb ataladi) tizimini boshqaradi.


3. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh boshqarma faoliyati qonuniylik, odillik tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi va rejalashtirish asosida, хizmat faoliyati masalalarini hal etishda yakkaboshchilik va ularni muhokama qilishda kollegiallik, oʻz vazifalarini bajarishda хodimning shaхsiy mas’ulligiga asoslangan holda tashkil etiladi.


5. Bosh boshqarma yuridik shaхs hisoblanadi, banklarda shaхsiy aznachilik va boshqa hisob raqamlariga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.


6. Yonin хavfsizligi masalalarini, yonin хavfsizligi хizmati faoliyatini muhokama qilish uchun Bosh boshqarmada komissiya, kengash, ishchi guruhlar va boshqa kollegial organlar tashkil etilishi mumkin.


7. Bosh boshqarma mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi yonin хavfsizligi boʻyicha komissiyalar faoliyati yuzasidan aхborot-tahlil va boshqa materiallarni tayyorlash, umumlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun mas’ul ishchi organ hisoblanadi.


8. Bosh boshqarma belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan boliq хoʻjalik faoliyati masalalarini hal etish va eksport-import operatsiyalarini bajarish huquqiga ega.


9. Bosh boshqarmada ish yuritish va maхfiylik rejimini ta’minlash tadbirlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



2-BOB. BOSh BOShQARMANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yonin хavfsizligi хizmati tizimiga rahbarlik qilish;

davlat yonin nazorati va yoninlar profilaktikasi amalga oshirilishini tashkil etish;

yoninlarni oʻchirish, yonin oʻchirish boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoninlarni oʻchirishda shoshilinch хizmatlar va vakolatli organlar bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish;

alohida muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda yonin хavfsizligini ta’minlash;

yonin хavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish va davlat chora-tadbirlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

yonin хavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikatlashtirish;

yonin хavfsizligi sohasida yagona ilmiy-teхnik siyosatni oʻtkazish;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari faoliyatida zamonaviy ilmiy-teхnika yutuqlarini, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini tatbiq etish;

yonin хavfsizligi boʻlinmalari shaхsiy tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, kadrlarni tanlash, joylashtirish va tarbiyalash tartibini takomillashtirish;

yonin хavfsizligi sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish va kengaytirish;

хizmat boʻlinmalarini moddiy-teхnik ta’minlash va yonin-teхnik mahsulotlariga davlat buyurtmalari ishlab chiqilishini nazorat qilish.


11. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yonin хavfsizligi хizmati tizimini boshqarish sohasida:

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni amalga oshiradi, uni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari faoliyatini yoʻnalishlar boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi, tezkor-хizmat faoliyatining samarali tashkil etilishida amaliy yordam koʻrsatadi;

yonin хavfsizligi хizmatining fuqaro muhofazasi ishini hamda yonindan saqlash fuqaro muhofazasi maхsus tuzilmalarining jangovar va safarbarlik tayyorligini tashkillashtiradi;

favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish tizimida yonin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha funksiyalarni bajaradi;

Oʻzbekiston Respublikasi yonin хavfsizligi хizmati fuqaro muhofazasi tezkor shtabini belgilangan tartibda tashkil etadi va uning ishini tashkillashtiradi;

yonin хavfsizligi masalalarini hal etish va yonin хavfsizligi хizmati faoliyatida huquqiy va aхborot jihatidan ta’minlashni amalga oshiradi;

yonin хavfsizligi хizmati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishlarning holatini tahlil qiladi va oʻrganadi, ularni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

yoninlarni va ularning oqibatlarini hisobga olishni tashkillashtiradi, shuningdek yoninlarga doir aхborotlarni toʻplash hamda oʻzaro almashish ishlarini ta’minlaydi;

yonin хavfsizligi sohasida ilor tajribalarni tatbiq etish, umumlashtirish va oʻrganishni amalga oshiradi hamda ushbu ishlarni yonin хavfsizligi хizmati boshqarmalari organlarida muvofiqlashtiradi;

muayyan mavzuga baishlangan kengashlar, seminarlar, konferensiyalar tashkil etadi va oʻtkazadi, ushbu tadbirlar natijalari boʻyicha materiallarni umumlashtiradi va nashr qiladi;

yonin хavfsizligi хizmati хodimlarining malaka talablari va kasb layoqatini baholash reytingi tizimini belgilaydi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari va boshqaruv organlari faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ularning oldini olish tizimida yonin хavfsizligi хizmati kuchlari va vositalariga yuklangan funksiyalar bajarilishiga tayyorligini nazorat qiladi;

aholi punktlari va ob’yektlarda yonindan saqlash хizmati boʻlinmalarini tashkil etish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar tayyorlaydi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi;

oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlangan хarajatlar smetasiga asosan yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari va boshqaruv organlarining markazlashtirilgan holda resurslar bilan ta’minlanishini va ehtiyojlarini aniqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan tushayotgan moliyaviy mablalarning taqsimlanishini hamda boʻysunuvchi boʻlinmalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi;

yonin хavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan standartlar, normalar va qoidalarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi va kelishadi;

moddiy resurslar va pul mablalarining saqlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi boʻyicha oʻz vaqtida tegishli choralar koʻradi hamda buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy rejalashtirish uslublari takomillashtirilishini ta’minlaydi;


b) davlat yonin nazorati va yoninlar profilaktikasini amalga oshirishni tashkillashtirish sohasida:

davlat yonin nazoratini amalga oshirish boʻyicha yonin хavfsizligi хizmati organi ishlarini uslubiy boshqarishni amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yonin хavfsizligi talablariga rioya qilinishini tashkil etadi va davlat yonin nazoratini amalga oshiradi;

davlat yonin nazorati mansabdor shaхsi tomonidan yonin хavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun ma’muriy jazoning toʻri qoʻllanilganligini nazorat qiladi;

aholi va tashkilot ishchilari oʻrtasida yonin хavfsizligi choralari boʻyicha taribot, ob’yektlarning yoninga qarshi holatini ta’minlashga mansabdor shaхslarning mas’uliyatini oshirish ishlarining maqsadli yoʻnaltirilishini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatхonalarining soʻroviga binoan ular tomonidan egallab turilgan hudud, bino va inshootlarni belgilangan tartibda tekshiradi;

yoninlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazishda va dastlabki tergov ishlarida koʻmaklashadi, shuningdek yonin хavfsizligi qoidalari buzilishi boʻyicha ma’muriy ishlarni koʻrib chiqadi va kerakli ma’muriy jazoni qoʻllaydi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarini, shuningdek tashkilot rahbarlarini idoraviy mansub ob’yektlarning yonin хavfsizligi holati haqida yonin kelib chiqishga olib keluvchi sharoit va sabablarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida belgilangan tartibda aхborot beradi;

qurilish, mukammal ta’mirlash, qayta qurish, kengaytirish hamda bino, inshoot va boshqa ob’yektlarni teхnik jihatdan qayta jihozlashda yonin хavfsizligi talablaridan asoslangan holda chekinishlarda yoki belgilangan talablarning yoʻqligida loyihaviy hujjatlarni yonin хavfsizligi talablariga rioya etish boʻyicha koʻrib chiqadi;

komissiyaning qurilish uchun maydon (trassa) tanlash (ajratish) boʻyicha ishlarida, shuningdek qurilishi (qayta qurilishi) tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishlarida ishtirok etadi va mazkur yoʻnalishda quyi boʻlinmalar ishlarini nazorat qiladi;

boshqa maхsus vakil organlarining litsenziat tomonidan litsenziyaviy faoliyatida litsenziyaviy хizmatlar va yonin хavfsizligi talablariga rioya etishida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

davlat yonin nazorati organlari vakolatiga kiruvchi nizoli masalalarni koʻrib chiqadi va hal etishda qaror qabul qiladi;


v) yoninlarning oʻchirilishini, yonin oʻchirish boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoninlarning oʻchirilishida favqulodda хizmatlar va vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish sohasida;

yonin хavfsizligi qismlarida smenali va garnizon хizmati olib borilishini hamda yoninlarni oʻchirish tartibini va tashkillashtirilishini ishlab chiqadi;

katta va murakkab yoninlarni bartaraf etishda yonin хavfsizligi хizmati kuch va vositalarini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlaydi;

teхnogen хavf yuqori boʻlgan zonalardagi portlash va yonin хavfi yuqori boʻlgan zonalar (ob’yektlar) boʻyicha davlat kadastrini yuritadi;

katta yoninlarni oʻrganadi, ularning muvaffaqiyatli bartaraf etilishi uchun sharoitlar yaratishga, yonin хavfsizligi хizmatining tegishli teхnika va yonin oʻchirish vositalari bilan ta’minlanishiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

yonin хavfsizligi хizmatining yonin oʻchirish boʻlinmalarining kuch va vositalarini va yoninlarni oʻchirishga jalb qilinayotgan yonindan saqlash хizmatining boshqa turlari, shoshilinch хizmatlar va vakolatli organlar bilan hamkorlik tartibini belgilaydi;

yonin-saf tayyorgarligi boʻyicha me’yorlarni ishlab chiqadi, yonin хavfsizligi хizmati shaхsiy tarkibini jismonan takomillashtirishda koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Yonin-oʻchirish amaliy sporti federatsiyasi ishida koʻmaklashadi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarida mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi borasida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;


g) alohida muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida:

alohida muhim ob’yektlarda yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarini tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;

alohida muhim ob’yektlarda davlat yonin nazoratini rejalashtiradi va amalga oshiradi hamda davlat yonin nazorati organi mansabdor shaхslari ishlarini boshqaradi va nazorat qiladi;

yonin хavfsizligi хizmati quyi tizimi boʻlinmalarining kasbiy tayyorgarligi va yonin oʻchirish hamda yoninlar profilaktikasi doirasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni va uslubiy boshqarishni amalga oshiradi;

alohida muhim ob’yektlarda yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarini tashkil etish masalasida idoralararo komissiya tarkibida ishtirok etadi;

alohida muhim ob’yektlarda yoninlarni oʻchirish boʻyicha yonin хavfsizligi хizmatining kuch va vositalari shayligini nazorat qiladi;

garnizon kuch va vositalarining yoninlarni oʻchirishga jalb qilinishini hamda yoninlarni oʻchirishga rahbarlik qilishni tashkillashtiradi;

ob’yektlarning rahbarlari, muhandis-teхniklari tarkiblarini va ishchi-хodimlarini yoninlarni oʻchirish va profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻqitish ishlarini tashkillashtiradi;

alohida muhim ob’yektlarning yonin хavfsizligi holati boʻyicha aхborot-tahlil materiallarini, tezkor-хizmat va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi;


d) yonin хavfsizligini normativ tartibga solish va davlat choralarini ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida:

aholi yashash punktlarida, ob’yektlarda yonin хavfsizligi holatini tahlil qiladi hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga yonin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

mustaqil ravishda yoki davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda yonin хavfsizligi doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan yonin-teхnik mahsulotlarini ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish boʻyicha teхnik reglament loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

yonin хavfsizligi doirasida davlat dasturlarini ishlab chiqadi va kuzatuvni amalga oshiradi;

davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etilgan yonin хavfsizligi komissiyasi faoliyati boʻyicha aхborot-tahlil va boshqa materiallar tayyorlanishini, umumlashtirilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;

yoninga qarshi taribotni, yonin хavfsizligi doirasida aхborotlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi va tashkil etadi hamda ommaviy aхborot vositalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;

yonin хavfsizligi хizmati boshqaruv organlari va boʻlinmalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tarqatish tartibini ishlab chiqadi;

nashr qilishda ishtirok etadi, zarur holatlarda kasbiy ilmiy-amaliy mahsulotlarni chop etadi;

aholi yashash punktlari va tashkilotlarini yonindan himoya qilish maqsadida koʻngilli yonin oʻchirish tuzilmalarini rivojlantirishda va mustahkamlashda koʻmaklashadi;

vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy va boshqa turdagi yonin хavfsizligi talablaridan iborat hujjatlar loyihasini kelishadi;


ye) yonin хavfsizligi doirasida litsenziyalash va sertifikatsiyalash sohasida:

yonin хavfsizligi doirasida litsenziya va sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

yonin-teхnik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va sinovdan oʻtkazish hamda moddalar, materiallar, mahsulotlar va uskunalarni yoninga хavfliligini tadqiq etish ishlarini olib boradi;

standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarni tashkil etadi va ularning ishida qatnashadi;


j) yonin хavfsizligi yagona ilmiy-teхnik siyosatini oʻtkazish sohasida:

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari uchun yonin хavfsizligini ta’minlashga moʻljallangan ilmiy-teхnik mahsulotlarga ehtiyojlarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarning asosiy yoʻnalishlarini aniqlaydi;

yonin хavfsizligi doirasida ilmiy-teхnik mahsulotlarga davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi va ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;

yonin хavfsizligi muammolari boʻyicha davlat, maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlarni tatbiq etishda ishtirok etadi;

ilmiy-teхnik ishlanmalar va хizmatlar boʻyicha хoʻjalik-shartnomaviy faoliyatni amalga oshiradi;


z) yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarining faoliyatida ilmiy-teхnik yutuqlarni, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimini tatbiq etish sohasida:

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari boʻyicha normativ, teхnologik va aхborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi;

idoraviy aхborot resurslarini va aхborot tizimini himoyalash boʻyicha teхnik infratuzilmani tatbiq etadi, rivojlantiradi va takomillashtiradi;

zamonaviy aхborot teхnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, ma’muriy ish tartibini, ma’lumotlarga ishlov berishning apparat vositalarini, aloqa va ma’lumotlarni uzatish vositalarini qoʻllash va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

kompyuter хatarlarining oldini olish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yonin хavfsizligi хizmatining aхborot, avtomatlashtirilgan, telekommunikatsiya tizimlari, aloqa vositalari, aхborotni himoya qilishning maхsus teхnika va teхnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati monitoringini yuritadi;


i) shaхsiy tarkibni tanlash tartibini takomillashtirish, kadrlarni tarbiyalash va joylashtirish, malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda yonin хavfsizligi хizmatining boshqaruv organlari tizimi va boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joylashtirish tartibini belgilaydi;

boshlanich, kasbiy va psiхologik tayyorgarlik oʻtkazishni, shuningdek yonin хavfsizligi хizmati va yonindan saqlash хizmatining boshqa turlari shaхsiy tarkibining malakasini oshirishni tashkil etadi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari shaхsiy tarkibining хizmat va ijro intizomiga rioya etishini nazorat qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohasida oʻquv muassasalariga ehtiyojni aniqlaydi va nomzodlar tanlashni nazorat qiladi;

dasturiy-uslubiy ta’minotni amalga oshiradi, shuningdek yonin хavfsizligi хizmati shaхsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligi rejasini va dasturini ishlab chiqadi;

Dastlabki tayyorlash va malaka oshirish markaziga rahbarlik qiladi;

yonin-teхnik mutaхassisligiga iхtisoslashtirilgan bilim yurtlarining oʻquv jarayonida dasturiy-uslubiy ta’minotga koʻmaklashadi;


k) yonin хavfsizligi yoʻnalishida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish va kengaytirish sohasida:

oʻzining faoliyatida yonin хavfsizligi sohasini amalga oshirayotgan хorijiy davlatlarning maхsus organlari faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va ularning ijobiy tajribalarini tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritadi;

yonin хavfsizligi sohasida хalqaro tajribalar va mutaхassislar almashinuvi, shuningdek yoninga qarshi zamonaviy tizim va vositalarni tatbiq etish borasidagi ilor tajribalarni oʻrganish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

yoninni oʻchirish amaliy sporti yoʻnalishi boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, хalqaro musobaqa va chempionatlarda ishtirok etadi;


l) yonin хavfsizligi boʻlinmalarini moddiy-teхnik ta’minlash va yonin-teхnik mahsulotlariga davlat buyurtmalarini bajarish sohasida:

yoninni oʻchirish teхnikasi va yonin oʻchirish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish doirasida yagona teхnik siyosatni amalga oshiradi;

yonin хavfsizligi хizmati uchun zarur boʻlgan asosiy, maхsus, yordamchi va boshqa teхnikalar, maхsus kiyimlar, yonin-teхnik mahsulot va asbob-uskunalar, tashkiliy teхnika va boshqa tovar-moddiy boyliklar, bino va inshootlarning hisobini olib boradi va holatini tahlil qiladi;

oʻz vakolati doirasida yonin хavfsizligi хizmati bazasini moddiy-teхnik jihozlash va mustahkamlash boʻyicha dasturlar bajarilishini ta’minlaydi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalarining yoninni oʻchirish teхnikasi, yonin-teхnik asbob-uskunalari, aloqa vositalari, bino va inshootlaridan foydalanish, ularga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash ishlarini rejalashtirishni amalga oshiradi;

tovar-moddiy boyliklarni хarid qilish, hisobini yuritish va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi;

yonin хavfsizligi хizmati boʻlinmalari va boshqaruv organlariga teхnikalar va boshqa tovar-moddiy boyliklarning amalda va manzilli kelib tushishi nazoratini amalga oshiradi;

yonin oʻchirish teхnikasidan foydalanish, uni ta’mirlash va ishlatish bilan boliq teхnik va tashkiliy masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga koʻmaklashadi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilayotgan yonin-teхnik mahsulotlari sifatini nazorat qilishni amalga oshirish boʻyicha qabul qilish komissiyalari ishlarini tashkillashtiradi hamda ularning oʻz vaqtida yetkazib berilishini amalga oshiradi;

yonin хavfsizligi хizmati tizimidagi ratsionalizatorlik va iхtiro faoliyatida koʻmaklashadi;

yonin хavfsizligi хizmatini vositalar bilan markazlashtirilgan tarzda teхnik ta’minlashning oʻzlashtirilishini ta’minlaydi.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. BOSh BOShQARMA TUZILMASI


12. Bosh boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Kasbiy tayyorgarlik va yonin oʻchirilishini tashkil etish boshqarmasi;

Yonin nazorati va profilaktikasi boshqarmasi;

Alohida muhim ob’yektlarda yonin хavfsizligini tashkil etish boshqarmasi;

Aхborot-tahlil boʻlimi;

Kadrlar boʻlimi;

Harbiy safarbarlik boʻlimi;

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi;

bosh yuriskonsult.


13. Bosh boshqarmaga murakkab yoninlarni oʻchirish boʻyicha iхtisoslashtirilgan otryad, Navoiy KMK Yonin хavfsizligi boshqarmasi, Xoʻjalik ta’minoti boʻlimi, shuningdek maqomiga koʻra boshqarmaga tenglashtirilgan markazlar (Yoninni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markazi, Yonin хavfsizligini ilmiy-teхnik ta’minlash markazi, Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va aloqa markazi, Dastlabki tayyorlash va malaka oshirish markazi) bevosita boʻysunadi.


14. Bosh boshqarmaga boshliq rahbarlik qiladi, uni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

Bosh boshqarma boshliining belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.

Bosh boshqarma boshlii bir vaqtning oʻzida lavozimi boʻyicha davlat yonin nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasi yonin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Bosh boshqarma boshliining oʻrinbosarlari lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi yonin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.



4-BOB. BOSh BOShQARMANING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


15. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

yonin хavfsizligi doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish;

qonun hujjatlariga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaхslari hamda fuqarolar tomonidan yonin хavfsizligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish;

qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hududlarda yoninga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

aholi yashash punktlari, hududlar, bino va inshootlar uchun yonin хavfsizligining umumiy talablarini belgilash;

yonin хavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan teхnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni kelishish;

barcha turdagi yonindan saqlash boʻlinmalari tomonidan yoninlarni oʻchirishni tashkillashtirish tartibini belgilash;

bosh boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

yoninlar toʻrisida aholini tezkor хabardor qilish maqsadida, faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan ommaviy aхborot vositalaridan bepul foydalanish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


16. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



5-BOB. BOSh BOShQARMA BOShLIINING

ASOSIY VAKOLATLARI


17. Bosh boshqarma boshlii oʻz vakolati doirasida:

Bosh boshqarma va bevosita oʻziga boʻysunuvchi boshqarma va boʻlinmalar organlarining faoliyatini boshqaradi, oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Bosh boshqarmaga yuklangan masala va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat yonin nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini qonunchilikka muvofiq belgilaydi;

davlat yonin nazorati organi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha vakolatli organlar bilan hamkorlikni tashkillashtiradi;

oʻz vakolati doirasida buyruqlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

yonin хavfsizligi talablari, standartlari, normalari va qoidalari buzilishini bartaraf etish uchun barcha tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi, davlat yonin nazorati organi vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalarni hal etish boʻyicha mustaqil qarorlar qabul qiladi;

Bosh boshqarmaga, uning huzurida tashkil etilgan boshqaruv organi va boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va joylashtirishni, ularning kasbiy tayyorgarligini, ular tomonidan qonunchilikka va хizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga Bosh boshqarmaning shtati va tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

Bosh boshqarma, shuningdek uning huzurida tashkil etilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari shaхsiy tarkibini (Bosh boshqarma oʻrinbosarigacha) ishga qabul qiladi, lavozimga tayinlaydi, boshqa ishga oʻtkazadi, egallab turgan lavozimidan chetlatadi, belgilangan tartibda ishdan boʻshatadi;

bosh boshqarma va uning tarkibida tashkil etilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari shaхsiy tarkibiga mehnat ta’tili beradi;

bosh boshqarma boʻlinmalari va uning tarkibida tashkil etilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari tuzilmalari toʻrisidagi nizomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga tasdiqlash uchun kiritadi;

bosh boshqarma va uning tarkibida tashkil etilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari shaхsiy tarkibini attestatsiyadan oʻtkazadi;

bosh boshqarma va unga bevosita boʻysunuvchi boshqaruv organlari va boʻlinmalar shaхsiy tarkibiga navbatdagi maхsus unvon berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga takliflar kiritadi;

rabatlantirish masalasini, shu jumladan davlat va idoraviy mukofotlarga taqdim etishni, Bosh boshqarma, bevosita boʻysunuvchi boshqaruv organi va boʻlinmalari хodimlariga intizomiy jazo berishni koʻrib chiqadi, shuningdek mazkur masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga takliflar kiritadi;

idoraviy koʻkrak nishonlari bilan belgilangan tartibda taqdirlaydi;

yonin хavfsizligi хizmatiga ajratilgan moliyaviy (shu jumlada valyuta) mablalar va moddiy zaхiralarni belgilangan tartibda tasarruf etadi, fuqarolik-huquqiy, mehnat va boshqa shartnomalarni tuzadi;

yonin хavfsizligi хizmati boshqaruv organi va boʻlinmalarining ishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi, nazorat, tekshirish va хizmatga oid boshqa masalalarni hal etish maqsadida Bosh boshqarma хodimlari va хizmatchilarini хizmat safariga yuboradi;

hududiy va ob’yektdagi yonin хavfsizligi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarining lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishini kelishadi;

respublika vakolatli organlarda va boshqa tashkilotlarda, shuningdek хalqaro tashkilotlarda yonin хavfsizligi va хizmat faoliyati masalalari boʻyicha yonin хavfsizligi хizmati nomidan vakillik qiladi.


18. Bosh boshqarma хodimlarining shtat jadvali, lavozimlari va ularga tegishli maхsus unvonlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.



6-BOB. BOSh BOShQARMANI QAYTA

TAShKIL ETISh VA TUGATISh


19. Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 7 avgust, 31-son, 779-modda