Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.08.2017 y. 606-son "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.08.2017 y.

N 606



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA

VAZIYaTLAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI

GIDROMETEOROLOGIYa XIZMATI MARKAZI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 iyundagi PQ-3029-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari toʻrisidagi nizom (ustav)larni tasdiqlasin;

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 avgustdagi

606-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorining 1 - 8, 15, 16, 18 - 26-bandlari, shuningdek qarorga 1 - 6-ilovalar.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida" 2001 yil 2 martdagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QQT, 2001 y., 5-son, 22-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 1 maydagi 150-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2002 y., 5-son, 23-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya хizmatini takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 14 apreldagi 183-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004 y., 4-son, 37-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyati toʻrisida" 2004 yil 20 apreldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004 y., 4-son, 38-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi huzuridagi davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qaroriga 4-ilovasining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2005 y., 2-son, 12-modda).


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qarori ilovasining 37 va 38-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2010 y., 6-son, 27 modda).


8. Vazirlar Mahkamasining"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 26 dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda "Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2015 yil 31 dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)" 2016 yil 26 apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 69-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2016 y., 4-son, 28-modda).


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2017 yil 29 maydagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2001 y., 22-son, 428-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 14 avgust, 32-son, 818-modda