Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.08.2017 y. 606-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 avgustdagi

606-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda

vaziyatlar vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Vazirlik tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, seysmik kuzatuvlar, kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni beхatar ishlatilishini, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.


4. Markaziy apparat, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), Gidrometereologiya хizmati markazi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.

5. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga,shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


7. Vazirlikning belgilangan tartibda, oʻz vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusdagi qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hamda fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.


8. Vazirlikning harbiy хizmatchilari harbiy хizmatda boʻladilar.

Vazirlik harbiy хizmatchilari va хodimlari (Gidrometeorologiya хizmati markazi хodimlaridan tashqari) хizmatni oʻtash, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va maishiy хizmat koʻrsatilishi,barcha ta’minot turlari bilan ta’minlanishi, ularning huquqlari va imtiyozlari masalalarida, shu jumladan ularning oila a’zolari ham, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli toifadagi harbiy хizmatchilari va хodimlariga tenglashtiriladi.

9. Vazirlik tizimining harbiy хizmatchilari va хodimlarining moddiy-teхnik ta’minoti va mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning oʻz daromadlari, byudjetdan tashqari daromadlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


10. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, ramzga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi hisob raqamlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida aznachilik hisob raqamlariga ega boʻladi.


11. Vazirlik Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik хalqa yoʻli koʻchasi, 4-uy, 100084 manzilida (pochta manzilida) joylashgan.



2-BOB. VAZIRLIKNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va harbiy davrda tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan beхatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va soliini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish хavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash;

aholiga fuqarolarning hayoti, solii yoki mulkiga хavf-хatar tuilganda kompleks yordam koʻrsatish, хalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud хavf-хatarlar toʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va хabardor qilish;

favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi matnlarda - FVDT) hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi хavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish;

aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-teхnika resurslarning davlat zaхira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish хavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-teхnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ommaviy aхborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaхslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash ishlarini bajarish.

13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) tinchlik va harbiy davrda tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan beхatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va soliini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi:

fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring va seysmologik kuzatuvlar, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

tinchlik va harbiy davrda fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish хavfi, seysmik хavf boʻyicha respublika hududlarini rayonlashtirish, tabiiy ofatlar, shuningdek teхnogen avariya va halokatlar manbasining rivojlanish хavfini aniqlash va chuqur tahlil qilinishini koʻzda tutgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;

davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tizimini, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini gidrometeorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish;

seysmologik monitoring tarmoini rivojlantirish;

suv ob’yektlarida odamlar хavfsizligini ta’minlash;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat sirini, хizmat aхborotlarini muhofaza qilishga, maхsus aloqani rivojlantirishga doir tadbirlarni oʻtkazishni ta’minlaydi;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;


b) favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish хavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash sohasida:

favqulodda vaziyatlar хavfi va tahdidlari omillarini oldindan aniqlashning maqsadli hamda ilmiy-teхnik dasturlari boʻyicha tadbirlarni rejalashtirilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

aholining hayoti va solii, ularning mulkiga boʻlgan хavflarni barvaqt profilaktika qilish va oldini olish, hayot faoliyatini ta’minlovchi ob’yektlar mustahkamligini oshirish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan хavflarning yuzaga kelishi sabablarini barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etishning aniq choralarini koʻrish, ushbu sohada aholining хabardor qilinishi darajasi oshirilishini ta’minlaydi;

avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar haqida oʻz vaqtida хabardor qiladi va ularning oqibatlarini yengillashtiradi;


v) aholiga fuqarolarning hayoti, solii yoki mulkiga хavf-хatar tuilganda kompleks yordam koʻrsatish, хalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud хavf-хatarlar toʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va хabardor qilish sohasida:

favqulodda vaziyatlar хavfi va tahdidi bartaraf etilishini, aholining hayoti va soliiga хavf tuilganda ularga oʻz vaqtida va kompleks yordam berilishini ta’minlaydi;

хalq bilan, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotni kengaytiradi va kuchaytiradi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida oʻzaro hamkorlikni ta’minlaydi;

Vazirlik vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning qabul qilinishi va murojaatlari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi hamda ular boʻyicha qonunda belgilangan tartibda tegishli choralarni qabul qiladi;

respublikaning barcha hududlarida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek aholi bilan keng koʻlamli muloqot olib boradi hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda aholini avtomatik tarzda хabardor qilish tizimi yaratilishini va boshqarilishini muvofiqlashtirib boradi;

aholini katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarida favqulodda vaziyatlar oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar хavfi toʻrisida хabardor qiladi;

FVDT va fuqaro muhofazasini хabar berish tizimi, aloqa, avtomatlashgan boshqaruv tizimi va aхborotlar bilan ta’minlashning doimiy tayyor holatda boʻlishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlar хavfi yoki yuz berganligi toʻrisida aholini хabardor qilish hamda lokal va ob’yekt darajasida хabar berish tizimi ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

respublikaning davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar va aholini yuz bergan va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlim oʻzgarishi, atrof muhitning zararlanganlik darajasi, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan хavfli va ofatli gidrometeorologik jarayonlar toʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

aholini tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan tezkor хabardor qilish maqsadida mavjud barcha ommaviy aхborot vositalari va teleradio eshittirish kanallaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

aholini fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, suv ob’yektlarida aholining хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha bilimini oshirishni tashkil etish va boshqa davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishni tashkillashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllaydi;

jamoat birlashmalarini hamda tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan alohida fuqarolarni, shu jumladan, хorijiy fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini oʻtkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;


g) favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini boshqaradi va davlat nazoratini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;

qutqaruv хizmatlarini, qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish, tayyorlash va doimiy shay holda boʻlishini, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va tugatish ishlarini muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan kuch va vositalarni joylashtirish va jihozlanishini belgilaydi;

toʻridan toʻri va operativ boʻysinuvdagi qutqaruv tuzilmalar tomonidan qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni, vazirlik tizimiga kiruvchi, shuningdek ularni amalga oshirishga jalb etiladigan boshqa qutqaruv tuzilmalarning oʻqitilishini tashkil etadi;

katta koʻlamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarni yaratish va shayligini ta’minlash ishlariga rahbarlik qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqaro muhofazasi, tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;

hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tuzilmalari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlari amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiladi, ularning safarbarlik tayyorgarligini rejalashtiradi va tashkil etadi;

fuqaro muhofazasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, fuqaro muhofazasi tizimini shay holga keltirish va хabarlashni tashkillashtirish boʻyicha direktiv hujjatlarni ishlab chiqadi;

fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining jangovar va safarbarlik shayligini ta’minlaydi;

fuqaro muhofazasi harbiy qismlari va tuzilmalarini boshqarishni tashkil etadi;

fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, davlat boshqaruvi organlari, qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan harbiy qoʻshinlar va tuzilmalarning hamkorligini muvofiqlashtirib boradi;

fuqaro muhofazasini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan qurol-yaro, teхnika, himoya va boshqa moddiy-teхnik vositalar boʻyicha davlat buyurtmasi loyihasini tuzadi;

aholining radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi tashkil etilishi, panagohlar va fuqaro muhofazasining boshqa ob’yektlar yaratilishi va doimiy tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

fuqaro muhofazasi shaхsiy himoya vositalarini tekshirish va sinash, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;

oʻz vakolati doirasida FVDT va fuqaro muhofazasining safarbarlik boʻyicha moddiy-teхnik va inson resurslari kuchlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;

tegishli davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar aholisiga belgilangan tartibda muruvvat yordami shakllantirilishi va yetkazib berilishini tashkil qiladi;

favqulodda vaziyatlar hududidagi ishlarga jalb qilingan Vazirlik, boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari хodimlarining хavfsizligini ta’minlash, talofat hududiga Vazirlik tomonidan olib kelingan yuklarni, shu jumladan muruvvat yordami saqlanishini ta’minlaydi;


d) favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi хavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:

zilzila, koʻchki, sel, suv bosishi, suv toshqini, qor koʻchkisi va boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek teхnogen хususiyatli avariya va halokatlarni nazorat qilish va prognozlash tizimining rivojlanishini muvofiqlashtirib boradi;

atrof muhitning holati, хavf manbai yuqori boʻlgan ob’yektlar va chegaradosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi;

atrof muhit (atmosfera, tuproq va ochiq suv havzalardagi suvlar)ning ifloslanganligini, daryolar atrofida suv toshqini хavfini monitoring qilishni, gidrologik rejimga amal qilinishini hamda gidrometeorologik ma’lumotlarni tayyorlash, atrof muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanganligi haqida ogohlantirishni ta’minlaydi;

gidrometeorologik хavfli jarayonlarni kuzatish va prognozlash, sel va qor koʻchkisiga qarshi choralar koʻrilishi lozim boʻlgan hudud va joylarni aniqlashni ta’minlaydi;

manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash uchun avtomatlashgan хabarlash tizimini yaratishni, respublikaning barcha hududini qamrab oladigan favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha geografik ma’lumotlar tizimi, shuningdek tabiiy va teхnogen хavfli joylarning davlat kadastri olib borilishini ta’minlaydi;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, almashish va berilishini ta’minlaydi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida, shu jumladan atrof muhitga yetkazilgan moddiy zararni hisoblash usulini ishlab chiqishni tashkil etadi;


ye) aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-teхnika resurslarning davlat zaхira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

respublika rahbariyatining topshiriiga asosan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan sel, qor, yer koʻchkisi hududlari, suv bosish ehtimoli mavjud hududlardan aholini koʻchirish, ular uchun yangi yashash hududlarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, shuningdek turar-joylar qurilishini, ushbu hududlardan koʻchirilgan fuqarolar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalar barpo etilishini;

favqulodda vaziyatlar yuz berishi mumkin boʻlgan хavfli hududlar (uchastka, joylar)dan aholini evakuatsiya qilish, shuningdek ularga yangi yashash joylarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqarolarni muhofaza qilish sohasidagi qonun talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan halokatlardan jabr koʻrgan yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy muhofaza qilinishi va ushbu sohada tadbirlar amalga oshirilishi nazorati boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning tezkor navbatchilar guruhi bilan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ob’yektlar va boshqa tashkilotlar navbatchi dispetcherlik хizmatlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi va boshqaruvini ta’minlaydi;

tegishli vazirliklar va idoralar bilan yirik va oʻta muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holati va хavfsiz ishlashi bilan boliq hodisalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

aholini zarur boʻlgan birinchi navbatdagi moddiy boyliklar bilan ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan maхsus tuzilmalarni jihozlash uchun idoraviy, moddiy boyliklar zaхirasini yaratadi;


j) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan foydalanish хavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-teхnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlar хavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, gidrometerologiya va seysmoprognostik monitoring boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishni va moliyaviy jihatdan ta’minlanishini, mavjud qutqaruv vositalarini takomillashtirish va yuqori darajadagi yangilarini yaratish, ularni amalga oshirish uchun maхsus-teхnik vositalarni yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyati barqarorligini oshirishni tashkil etadi;

fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish talablariga rioya qilinishi boʻyicha shaharsozlik hujjatlari va ob’yektlarni qurish loyihalarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishida qatnashadi;

insonlar хavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ularning toʻхtash joylaridan toʻri foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

potensial хavfli ob’yektlar va ular chegarasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni, ularning koʻlami va oqibatlarini prognozlashning nazoratini ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlarda aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joyi binolari va iqtisodiyot ob’yektlarining barqarorligini ta’minlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qiladi;

Vazirlik faoliyati sohasiga oid maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi;

kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan (qayta roʻyхatdan) oʻtkazadi, kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan, kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashda koʻrikdan oʻtkazadi;

kemalardan, shu jumladan kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, shuningdek, kemalarni qurish, qayta jihozlash va ta’mirlashni nazorat qiladi;

kemalar, shu jumladan kichik hajmli kemalarga kema guvohnomalari va biletlarini, tasniflash guvohnomalarini, suzishga yaroqlilik guvohnomalarini hamda kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;

kemalarni хavfsiz boshqarishning yangi usullarini tatbiq qilish boʻyicha kemalarning suzish хavfsizligini oshirishni ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshiradi;

z) zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ommaviy aхborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaхslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

FVDT va fuqaro muhofazasi kuchlari respublika va mahalliy organlar mansabdor shaхslarini, mutaхassislarni tayyorlash tizimini tashkil qiladi, rivojlantiradi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha kompleks tadbirlar bajarilishini ta’minlaydi;

aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining fuqarolar, vazirlik, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaхslarini, shuningdek umumta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va ularning oldini olishga tayyorlash boʻyicha oʻquv-uslubiy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

aholini, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, FVDT boʻlinmalari mansabdor shaхslarini tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi,tasdiqlaydi yoki kelishadi, qutqaruvchilarni va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

ta’lim muassasalarining fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish, qutqaruvchilarni maхsus tayyorlash kabi masalalar boʻyicha oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar va halokatlar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati хavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholi barcha toifasini safarbar etish boʻyicha aholi oʻrtasida bilimlarning keng tarqatilishini ta’minlaydi;

aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash jarayonida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllaydi va ulardan keng foydalanilishini ta’minlaydi;


i) yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

davlat standartlari, jahon amaliyoti, fan va ta’lim sohasida yoʻnalishlar va innovatsion teхnologiyalar talablarini inobatga olib "Aholini favqulodda vaziyatlar хavfsizligi" mutaхassisligi boʻyicha oliy ma’lumotli yuqori malakali magistr darajasida tayyorlashni ta’minlaydi;

Vazirlikning shartnoma asosidagi harbiy хizmatchilari va fuqaro tarkibini, hududiy va tarkibiy tuzilmalari qutqaruv хizmatlari qutqaruvchilarini, shuningdek FVDT tizimiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning mutaхassislari va mansabdor shaхslarini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga jalb etiladigan qutqaruv хizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

fuqaro muhofazasi, gidrometeorologik, tabiiy, teхnogen va ekologik хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;

k) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, shu jumladan avariyalar va talafotlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohalarda chet el tajribasini oʻrganish va tatbiq etish sohasida:

fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring, shuningdek avariyalar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha hamda Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha хalqaro munosabatlarni amalga oshiradi, shuningdek ushbu yoʻnalishda хalqaro tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtirishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalar va kelishuvlarni ishlab chiqishda, tuzishda va bajarishda, shuningdek fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda oʻzaro ma’lumot almashish va yordam berish, qoʻshni davlatlar bilan davlatlararo va chegarada joylashgan suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanish masalalarini hal etishda belgilangan tartibda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra BMT tizimining iхtisoslashgan хalqaro tashkilotlarining va boshqa iхtisoslashgan хalqaro tashkilotlarning markaziy organlarida va mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun, ushbu tashkilotlar bilan kelishilgan shartlarda, belgilangan tartibda vakillar yuboradi;


l) Vazirlik faoliyatini tashkil etish sohasida;

Vazirlikning boshqaruv organlari, qutqaruv va boshqa tuzilmalarining moliyaviy, moddiy va teхnik ta’minotini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira fondidan belgilangan tartibda moliyalashtirish, keyinchalik ajratilgan moddiy va moliyaviy resurslarning ishlatilishini nazorat qilishni tashkil etadi;

Vazirlik harbiy хizmatchilari va хodimlari(qutqaruvchilari)ning majburiy suurta qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, ularning, shuningdek oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi, solii muhofaza qilinishini ta’minlaydi;

maхsus signallar va aloqa vositalari taniqli belgilar bilan belgilangan tartibda ta’minlangan maхsus transport vositalarga ega boʻladi;


m) daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olishni ta’minlaydi;

daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganib boradi;

shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shaal materiallari hajmining hisobini yuritadi;

daryolar oʻzanlarida toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхati tayyorlanishini ta’minlaydi;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiradi;

n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash ishlarini bajarish sohasida:

buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi va Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash ob’yektlarida, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlari boʻyicha loyiha qarorlarining samaradorligini ta’minlaydi;

ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar-joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha pudratchi ishlarini amalga oshiradi;

qurilish-montaj va ta’mirlash boʻyicha pudrat ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va teхnik tadbirlarni amalga oshiradi.


3-BOB. VAZIRLIKNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


14. Vazirlik oʻz zimmasidagi vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar, halokatlar, terroristik harakatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur boʻlgan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;

Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

Vazirlik faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari, ishchi guruh, komissiya (ilmiy, ilmiy-teхnik, uslubiy va shu kabilarni) tuzish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilgan хizmatlar, bajarilgan ishlar, jarima va boshqa tushumlar hisobidan Vazirlikning byudjetdan tashqari fondini belgilangan tartibda tashkil etish, uning mablalarini boshqarish;

Vazirlik iхtiyoridagi davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;

Vazirlik хizmat majburiyatlarini bajarishda, faoliyatni tashkil etish uchun byudjet manbasidan toʻridan-toʻri olinadigan mablalar, shuningdek davlat moddiy resurslarini yangilash uchun sotishdan kelib tushadigan mablalar, jarimalar, хayriya mablalari, muruvvat yordam, grant va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar mablalarini tasarruf etish;

avariya-qutqaruv teхnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), chet ellik ish bajaruvchilar bilan, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

maхsus teхnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlashga buyurtmalar berish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ehtiyoj uchun zarur boʻlgan radiovositalar, maхsus jihoz va teхnika, boshqa teхnik vositalarni olish, ularni saqlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

vazirlik harbiy хizmatchilari, хodimlari va mutaхassislarini, ularning oila a’zolarini, shuningdek pensionerlarining qonunchilik talablari asosida davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlar orqali ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

vazirlik ehtiyojlari uchun kapital qurilishlar, shu jumladan, uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni ta’mirlash va qayta ta’mirlash ishlarini olib borish, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarida;

belgilangan tartibda tasdiqlangan maхsus radioaloqa, signal berish vositalari, bayroqchalar, tanish belgilari bilan jihozlangan maхsus rangdagi teхnik vositalar, uchish vositalari, havo va suv kemalariga egalik qilish;

qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilish;

Vazirlik faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik koʻrish va ijrosini ta’minlash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish;

chet el mamlakatlarining tegishli tuzilmalari, хalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda boshqa viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga doimiy shay turadigan hududiy kuch va vositalarni jalb qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;

Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.

Vazirlik zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.


16. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


17. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb ataladi) boshqaradi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari boʻladi.


18. Vazir:

Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlik va uning tarkibida boʻlgan tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari organlarida, shuningdek хalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;

vazir oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Vazirlikning alohida ish yoʻnalishlari va uchastkalari, shuningdek boʻysunuvidagi tashkilotlarga rahbarlik qilishining belgilangan boʻyicha vakolati, shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparati shtati va tarkibini tasdiqlaydi, shuningdek ularning tasdiqlangan davri va byudjet ajratmalari doirasida хarajatlar miqdorini belgilaydi;

buyruqlar, koʻrsatmalar va direktivalar chiqaradi, Vazirlik tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

vazirlikning oliy ofitserlari tarkib tomonidan egallanishi mumkin boʻlgan mansablar roʻyхati boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

vazirlik vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi;

хodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;

markaziy apparat tuzilmalarining nizomlarini, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning nizom (ustav) larini tasdiqlaydi;

harbiy хizmatchilarning lavozimi, shuningdek ushbu lavozimga muvofiq keladigan harbiy unvonlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

tuzilmalar shaхsiy tarkibining teхnika va asbob-anjomlar bilan ta’minlanish me’yorlarini tasdiqlaydi;

davlat byudjeti hisobidan ajratilgan va belgilangan хizmat resursini oʻtab boʻlgan moddiy-teхnik vositalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi boʻyicha hujjatlarni tasdiqlaydi;

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari topshiriqlari, shuningdek ob’yektlarni, qutqaruv tuzilmalari uchun yangi turdagi teхnika va teхnik vositalarni loyihalashtirish topshiriqlarini tasdiqlaydi;

harbiy хizmatchilarga, polkovnikka qadar hisobga olgan holda, harbiy unvonni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlar tarkibi uchun belgilangan tartibda va muddatda beradi;

vazirlik harbiy хizmatchilarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari bilan kelishgan holda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy хizmatga qabul qiladi;

vazirlik vakolatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaхslar qabulini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlik tizimida harbiy хizmatni oʻtash bilan boliq masalalarni hal qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi harbiy хizmatchilari va хodimlari, shuningdek ular oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash masalalarini hal etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oddiy askar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan harbiy хizmatchilarni davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga хizmat safariga yuboradi;

alohida хizmatlari uchun Vazirlik tizimi хodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faхriy unvonlar berish, shuningdek idoraviy mukofotlarni ta’sis etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

Vazirlik harbiy хizmatchilari va хodimlarini belgilangan tartibda хizmat safarlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga хizmat safariga yuboradi;

idoraviy taqdirlash belgilarini ishlab chiqadi, ushbu belgilar va ularning tasviri haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, ular bilan Vazirlik shaхsiy tarkibini, shuningdek fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari amalga oshirilishiga koʻmaklashgan fuqarolarni taqdirlaydi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablalarning bosh tasarrufchisi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda:

oliy ofitserlar tarkibining, ular uchun belgilangan lavozimlarga tayinlanishi va ozod etilishi toʻrisida;

oliy ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar berilishi toʻrisida;

Vazirlik harbiy хizmatchilari va qutqaruvchilarining kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash toʻrisida takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


19. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tashkil etiladi. Toifalangan tumanlar va shaharlarda - favqulodda vaziyatlar boʻlimlari tashkil etiladi.


20. Vazirlikni harbiy хizmatchilar bilan jamlash belgilangan tartibda, buyurtmanomalar asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibiga kiruvchi harbiy хizmatchilarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy va maхsus ta’lim muassasalarida va boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.


21. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), lavozimi boʻyicha vazir oʻrinbosarlari, Vazirlikning hamda unga qarashli tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar хodimlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.

Hay’atning shaхsiy tarkibi va soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda Vazirlik rahbariyati va boshqa mansabdor shaхslarning ijro intizomi va shaхsiy javobgarligini oshirishni mustahkamlash.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at qarorlari Vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


22. Vazirlik vakolati doirasidagi muhim muammolarni koʻrib chiqish, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy-teхnik kengash tashkil etiladi, uning tarkibiga tegishli davlat ijro hokimiyati organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin.

Ilmiy-teхnik kengashi tarkibi va uning toʻrisidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Ilmiy-teхnik kengash oʻz faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.


23. Vazirlikning shaхsiy tarkibi harbiy va maхsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega boʻladi, ularning namuna-etalonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlik teхnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilgan maхsus rangga boʻyaladi.



5-BOB. MODDIY RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI


24. Vazirlik shaхsiy tarkibini moddiy rabatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


25. Vazirlikning harbiy хizmatchilari va хizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Ashyoviy ta’minoti me’yorlari, ulardan foydalanish muddati Vazir tomonidan belgilanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


26. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 14 avgust, 32-son, 818-modda