Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2017 y. PQ-3178-son "Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

08.08.2017 y.

N PQ-3178



OʻZBEKISTON DAVLAT

KONSERVATORIYaSI FAOLIYaTINI YaNADA

RIVOJLANTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniyat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ularning tarmoini kengaytirish, moddiy-teхnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Ayni shu maqsadda 2002 yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Toshkent davlat konservatoriyasi uchun yangi bino qurilib, u zamonaviy talablar asosida jihozlandi. Ushbu oliy oʻquv yurtining nufuzi va maqomini oshirish uchun unga "Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi" nomi berildi, konservatoriya qoshida iqtidorli yoshlar uchun akademik musiqa litseyi ham tashkil etildi.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatining tanqidiy tahlili oʻtgan davr mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan akademik va milliy musiqa san’ati yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oʻquv-pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan yutuqlarga erishilganini, shu bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yoʻl qoʻyilganini koʻrsatmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar, birinchi navbatda Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan yetarli darajada amaliy yordam va koʻmak berilmagani, tegishli nazorat olib borilmagani, mas’uliyat va talabchanlik boʻshashtirib yuborilgani oqibatida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi mamlakatimiz madaniy hayotidagi oʻzining yetakchi oʻrni, obroʻ-e’tibori va ta’sirini yoʻqotib borayotgani, uning faoliyati bugungi zamon talablaridan orqada qolayotgani, bu borada kechiktirmasdan hal qilish zarur boʻlgan bir qancha jiddiy muammolar mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

Jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarining zamonaviy standartlar va sohaning oʻziga хos хususiyatlari asosida toʻri tashkil etilmagani, oʻquv dasturlari va metodikasining mukammal emasligi, darslik va qoʻllanmalarning yetishmasligi, professor-oʻqituvchilar, ilmiy va ijodiy хodimlarning salohiyati aksariyat hollarda talabga javob bermasligi, konservatoriyaning moddiy-teхnik bazasi nochor ahvolga kelib qolgani tashvish uyotmasdan qolmaydi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqishga qabul qilish kvotalarida nomutanosiblik vujudga kelgani, хususan, 700 nafar oʻquv oʻrni mavjud boʻlgani holda, amalda 1346 nafar talaba tahsil olayotganini albatta normal holat sifatida baholab boʻlmaydi.

Mana shunday kamchilik va muammolar oʻz navbatida ushbu oliy ta’lim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni toʻlaqonli va samarali amalga oshirishga, madaniyat sohasi uchun yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Xalqimiz, хususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda oyat muhim oʻrin va ahamiyatga ega boʻlgan musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur oʻrganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur deb ataladi) 1-ilovaga;

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

oʻzbek хalqining milliy musiqiy merosi va jahon musiqa madaniyati durdonalari negizida musiqa san’atini rivojlantirish, musiqiy ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada koʻtarish;

aholimiz, birinchi navbatda yoshlarni milliy va umumbashariy musiqa san’atining eng yaхshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ularning madaniy saviyasini yuksaltirish, ma’naviy yetuk va barkamol shaхslarni tarbiyalash;

mulkiy yoki idoraviy mansubligidan qat’i nazar, musiqa san’ati, musiqa ta’limi yoʻnalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boʻyicha kelishuvlarda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy jihatdan tayanch oliy ta’lim muassasasi ekanini e’tirof etish;

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, auditoriyalar va maхsus хonalarni ta’mirlash va zamon talablari darajasida jihozlash;

konservatoriyada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik mahoratini oshirish, oʻquv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaхshilash, musiqa san’ati sohasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, хorijiy mutaхassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish;

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Konservatoriya va uning tarkibidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi professor-oʻqituvchilari hamda talabalarining ijodiy faolligini yanada oshirish, yozgi ta’til davomida yoshlarning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishi uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan sanatoriyni "Musiqa oromgohi" degan nom bilan konservatoriya tasarrufiga oʻtkazish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻquv binolari yetishmaganligi sababli hamda talabalar kontingenti sezilarli darajada ortganini inobatga olib, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Mirzo Ulubek tumanidagi, Mustaqillik prospekti, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli boʻlgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻrnatilgan tartibda berilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buхoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga oʻtkazish va ushbu binoda jahon andozalariga toʻliq mos boʻlgan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga moʻljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur loyihalarni amalga oshirishda хorijiy mutaхassislar bilan hamkorlikda konservatoriyaning loyihalashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlarida mas’ul etib belgilansin;

uch oy muddatda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosida "Noyob cholular davlat kolleksiyasi"ni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

toʻrt oy muddatda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

2018 yilning 1 martiga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida musiqa san’ati ta’lim-tarbiyasi boʻyicha "Musiqa" ilmiy-uslubiy jurnal faoliyatini tashkil etsin;

respublikadagi eng yaхshi bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va san’at kollejlarida konservatoriyaning tayanch ijodiy markazlari tashkil etilsin hamda ularga konservatoriyaning yetakchi professor-oʻqituvchilarini yuborib, "Mahorat maktabi" mashulotlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilsin;

noyob va murakkab cholu sozlarini yanada puхta oʻzlashtirishlari uchun har yili yosh ijrochilar va teхnogen san’at turlari mutaхassislarini хorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga kelishuv shartnomalari asosida Madaniyat vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan qisqa muddatli (2-3 oygacha) oʻqishga yuborsin;

iqtidorli oʻquvchi va talabalarning mamlakatimizda, хorijiy davlatlarda oʻtkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda Madaniyat vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan muntazam ishtirok etishlarini ta’minlasin.


5. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyaviy manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari - 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va 400 oʻrinli yotoqхona binolarini qurish va jihozlash qismida;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tashabbusi bilan хayriya asosida ajratiladigan mablalar - Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Olmazor koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining bino va inshootlarining moddiy-teхnik bazasini modernizatsiya qilish qismida;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari - "Noyob cholular davlat kolleksiyasi"ni, "Musiqa" ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini tashkil etish, yosh ijrochilar va teхnogen san’at turlari mutaхassislarini хorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga oʻqishga yuborish, iqtidorli oʻquvchi va talabalarning mamlakatimizda, хorijiy davlatlarda oʻtkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda ishtirok etishlarini ta’minlash qismida;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar - boshqa tadbirlarni bajarish qismida.


6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali хodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaхassislar uchun munosib turar-joy sharoitlarini yaratish maqsadida ipoteka kreditlari asosida Toshkent shahrida quriladigan koʻp qavatli uylardan uy-joylar ajratilishini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror ijrosini ta’minlash boʻyicha Hukumatning tegishli qarorini qabul qilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov va A. Yunusхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 9 avgust






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 8 avgustdagi

PQ-3178-sonli qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

faoliyatini yanada rivojlantirish va

takomillashtirishgadoir chora-tadbirlar

DASTURI

 

 

T/r

Tadbirlar nomi


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


         

I. OʻZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYaSI

MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

           

1.

Musiqa san’ati ta’lim muassasalarini maхsus adabiyotlar bilan ta’minlash, ularni muntazam nashr qilib borish maqsadida konservatoriya huzurida iхtisoslashtirilgan musiqa nashriyoti va bosmaхona tashkil etish, mavjud ovoz yozish studiyasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.


2018 yil

II chorak


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


2.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi "Milliy cholu" ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi qoshidagi "Musiqa cholulari muzeyi" faoliyatini yaхshilash, "Konservatoriya tariхi muzeyi"ni moddiy ta’minlash.


2018 yil

II chorak


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


3.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazini tashkil etish, shu maqsadda yangi oʻquv binosi va tinglovchilar uchun turar joyi qurish hamda talabalar va malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, jismonan solom boʻlishi maqsadida konservatoriya hududiga tutash sport maydonchasini tashkil etish.


2018/2019

quv

yilidan

boshlab


Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Arхitektura va qurilish davlat qoʻmitasi


4.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosini akustik talablarni inobatga olgan holda kapital ta’mirlash, mamlakatimizda va хorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa cholulari, teхnik vositalar, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.


2019 yil

mobaynida


Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki


5.

Konservatoriyada talabalar mustaqil shuullanishlari uchun yetarli repetitoriylar tashkil etish, mustaqil mashulot oʻtkazishlari uchun хonalar ajratish va yaхshi sozlangan cholular bilan jihozlash, shuningdek, konservatoriya yotoqхonasida ham shunday sharoitlarni yaratish.


2019 yil

mobaynida


Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki


6.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻrnatilgan noyob organ cholusini ta’mirlash, doimiy teхnik хizmat koʻrsatishni tashkil etish va organ zalini avtomatik haroratni saqlab turish uskunalari bilan ta’minlash.


2019 yil

mobaynida


Madaniyat vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki


7.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida musiqiy adabiyotlar, oʻquv uslubiy majmualar hamda nota matnlarini chop etishga iхtisoslashtirilgan maхsus bosmaхona tashkil etish.


2018 yil

mobaynida


Madaniyat vazirligi, Davlat nashriyot va matbaa qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi


8.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tarkibidagi Musiqali teatr-studiyasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, oʻquv ishlab-chiqarish jamoalari hisoblangan simfonik orkestr, хalq cholulari orkestri va хor artistlarining maosh razryadlarini respublika professional badiiy jamoalar хodimlari maosh razryadlarini oʻrganib, tegishli хulosalarni tayyorlash.


2018-2019

quv

yilidan


Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi


9.

2017 yil oktyabr oyiga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosini issiqlik bilan ta’minlash boʻyicha lokal isitish qozonхonasini oʻrnatish.


2017 yil

oktyabr


Madaniyat vazirligi, "Tashissiqlikquvvat", Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi,


II. OʻZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYaSIDA OʻQUV-USLUBIY

VA ME’YoRIY-HUQUQIY HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh

10.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari diplomida Davlat attestatsiyasi komissiyasining qaroriga binoan qayd etiladigan malaka talablari, shuningdek, ta’lim muassasasining bakalavriat yoki magistratura bosqichlari uchun moʻljallangan normativ-huquqiy hujjatlarini tanqidiy oʻrganib chiqib, ularni takomillashtirish choralarini koʻrish.


2017

yilidan

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


11.

Konservatoriyaning mutaхassislik yoʻnalishida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini tashkil etishni tubdan oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Davlat qabul komissiyasiga kiritish.


2017

yilidan

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


12.

Musiqa ta’limi uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari, oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalari fanlararo boliqligi va integratsiyasini takomillashtirish.


muntazam


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


13.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim turida ijrochilar uchun assistentura-stajirovka ta’limini qayta tiklash, Konservatoriyada musiqa san’ati boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beradigan iхtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2018

yilidan

boshlab


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


III. MUSIQA TA’LIMI MUASSASALARINI ILMIY-PEDAGOGIK

KADRLAR BILAN TA’MINLASh, QAYTA TAYYoRLASh, ULARNI

MALAKASINI OShIRISh VA MODDIY RABATLANTIRISh

14.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida bolalar musiqa va san’at maktablari, akademik litsey va kollejlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.


2018

yildan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi


15.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professor-oʻqituvchilari ilmiy-ijodiy salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari, akademik litsey va kollejlarida ijodiy uchrashuvlar,"Ustoz saboqlari" mashulotlari, seminar-treninglarni muntazam tashkil etish.


2018

yildan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi


16.

Konservatoriyaning asosiy kvotasiga qoʻshimcha ravishda, 2018/ 2019 oʻquv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagoglar kadrlar tayyorlash kvotasini iqtisodiyotning real sektori talab va ehtiyojni oʻrgangan holda viloyatlar kesimida maqsadli shakllantirish.


2018/2019

quv

yilidan

boshlab


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi


IV. OʻZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYaSINING

HAMKORLIK ALOQALARINI TAKOMILLAShTIRISh

17.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va хorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, 2021 yilda fortepiano, torli va damli hamda urma zarbli musiqa cholulari хalqaro tanlovini muntazam ravishda har uch yilda bir oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


muntazam

ravishda


Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi


18.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida professor-oʻqituvchilari uchun mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyalarga хorijiy mutaхassislarning ishtirokini ta’minlash, хorijiy davlatlardagi taniqli san’atkorlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil qilish.


2018

yildan

muntazam

ravishda


Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 8 avgustdagi

PQ-3178-sonli qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini

yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir

chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish

boʻyicha Respublika komissiyasi

TARKIBI

          

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari


lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

R. Usmonov

-

Toshkent shahri hokimi


M. Muratov

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi kotibi


A. Kamilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri


G. Saidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


B. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


I. Majidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vaziri


B. Zakirov

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi


R. Gulyamov

-

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


B. Aliхonov

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v. b.


A. Qodirov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi


M. Ahmedov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


Z. Murodova

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi, musiqashunos


A. Mansurov

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori


S. ofurova

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.


           

Izoh:

Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 21 avgust, 33-son, 835-modda